181
investitsiyalarga qaratilgan strategiyadir. Quyidagi shartlar ushbu strategiyani
ta’minlashga qaratilgandir:
• talab narx bo‘yicha juda elastik ustunlik segmentlari mavjud emas, shuning
uchun ham yagona strategiya - keng doiradagi sotib oluvchilarni qondirish maqsadida
etarli darajadagi narx bilan butun bozorga murojaat etish;
• sotuvning katta hajmi hisobiga mahsulotning bir-biriga ketadigan past
xarajatlarga erishish imkoniyatlari mavjud;
• yangi tovarga bozorga chiqqandan so‘ng tez orada keskin raqobatning
yuzaga kelish xavfi paydo bo‘ladi;
• qimmat tovarlar segmenti to‘yingan bo‘ladi, u holda bozor rivojlanishidagi
yagona siyosat bu “yorib kirish” strategiyasidir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Narxning marketing strategiyasidagi rolini izohlab bering.
2. Raqobat narx bo‘yicha strategik qaror qabul qilishda qanday rol o‘ynaydi?
3. Yangi tovarlar uchun qaysi narx strategiyalaridan foydalaniladi?
4. Narxga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
5. Narxning egiluvchanligi deganda nimani tushunasiz?
6. Narxni hisoblash chiqish jarayoni haqida tushuncha bering.
7. Narx belgilashda talabning ta’siri qanday bo‘ladi?
8. Narxga raqobat omili qanday ta’sir ko‘rsatadi?
9. Narxni yorib kirish strategiyasi haqida tushuncha bering.
10. Qaymog‘ini olish strategiyasining mazmuni nimadan iborat?