O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə121/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Raqobatdagi narx. Firmaning narx strategiyasini tanlashdagi erkinligi ikki
omilga: sektordagi raqobatchilar soniga bog‘liq bo‘lgan raqobat vaziyati va
xaridorlar tomonidan his qilinadigan tovar qiymatining roliga bog‘liqdir.
Raqobat vaziyati: monopoliya sharoitida firmaning narx mustaqilligi juda
katta bo‘lib, sof raqobatda eng kichik bo‘ladi. Oligopoliya va monopolistik raqobat
bu ikki vaziyatning oralig‘idan o‘rin oladi.
Tovarning his qilinadigan qiymati: firmaning tashqi raqobatli ustunlikka
erishish maqsadida differensiasiyaga intilish bilan belgilanadi. Agar xaridor
differensiasiya elementini qiymat deb his qilsa, u yuqoriroq narxni to‘lashga ham
tayyor bo‘ladi. Demak, firma narxga nisbatan ma’lum darajada mustaqillikka
erishadi.
Ushbu ikki omil ikki xil darajada ko‘rib chiqiladi, u esa narx belgilash
muammosi turlicha hal qilinadigan to‘rt xil vaziyatni ajratib olishga imkon beradi.
Real voqelikda bu oson kechmasa ham, o‘z tovari uchun ushbu to‘rt kvadratdan
birida joy topish narx belgilash muammosini to‘g‘ri tushunish uchun foydadan holi
bo‘lmaydi:
• agar raqobatchilar kam bo‘lsa va tovarning xis qilinadigan qiymati katta
bo‘lsa, vaziyat monopoliya yoki differensiallangan oligopoliyaga yaqin bo‘ladi;
• raqobatchilar ko‘p bo‘lib, tovarlar bir xil bo‘lsa, vaziyat sof yoki
mukammal raqobatga yaqin bo‘ladi, bozor narxi talab va taklifning o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘ladi;
• raqobatchilar kam
va
his
qilinadigan
qiymat
past
bo‘lsa,
differensiallanmagan oligopoliya yuzaga keladi. Bunda peshqadamga yaqinlashib
olib, unga ergashish taklif qilinadi;
• ko‘plab raqobatchilar tomonidan kuchli differensiallanmagan tovarlar taklif
qilinayotgan bo‘lsa, monopolistik yoki nomukammal raqobat vujudga keladi, narx
belgilashdagi erkinlik raqobatning keskinligiga bog‘liq bo‘ladi;
Raqobatchilarning xatti-harakatini oldindan bilish uchun ko‘pgina vaziyatlarda




179

raqobatchilar bir-biriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi va ular uchun asosiy bo‘lgan “bozor
narxi” mavjud bo‘ladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin