O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə117/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Sotish kanalining funksiyalari nimalardan iborat?
2. Vertikal marketing tizimi deganda nimani tushunasiz va uning qanday turlari
mavjud?
3. Bozorni qamrab olish strategiyasining mazmunini tushuntirib bering.
4. Eksklyuziv sotish tizimi deganda nimani tushunasiz?
5. Franshiza nima va uning qanday turlarini bilasiz?
6. Sizga basseynlardagi suvni tozalash uchun kimyoviy reagentlarni sotishni
tashkil qilish topshirilgan. Ushbu tovarni qanday savdo tarmoqlari orqali o‘tkazish
mumkin?
7. Xorijiy mamlakatlarda tovar sotishni qanday ilg‘or shakllaridan foydalanadi?
8. Taqsimlash strategiyasini ishlab chiqish bosqichlari xaqida tushuncha bering.
9. Taqsimot kanallarining qanday bosqichlari mavjud?
10. Bevosita marketing deganda nimani tushunasiz?





172



9-BOB. NARXNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA
STRATEGIK QARORLAR 

9.1. Marketing strategiyasidagi narxning roli 

Har bir tovar o‘z narxiga ega, ammo hamma firmalar ham o‘z tovarini


sotmoqchi bo‘lgan narxni mustaqil belgilashga qodir bo‘lavermaydi. Agar tovarlar
differensiyalanmagan bo‘lib, raqobatchilari soni ko‘p bo‘lsa, firma bozorda
salohiyatga ega bo‘lmaydi va bozor belgilagan narxni qabul qilishga majbur bo‘ladi.
Agar firma strategik marketingni rivojlantirib, shu tufayli bozorda ma’lum bir
salohiyatga erishgan bo‘lsa, narxni belgilash tanlangan strategiyaning muvaffaqiyati
uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. YAqin paytlargacha ham narx
to‘g‘risidagi qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinib kelar edi,
ya’ni narxlar asosan xarajatlar va rentabellik nuqtai nazaridan belgilanar edi.
Iqtisodiy turbulentligi inqirozli yillarning ahvolni o‘zgartirib yubordi: yuqori
inflyasiya, xom ashyo narxlarining o‘sishi, foiz stavkalarining o‘sishi, narxlarning
nazorat
qilinishi,
raqobatning
kuchayishi,
xarid
qobiliyatining
pasayishi,
konsyumerizm omillarning barchasi narx shakllanishining strategik rolini kuchaytirib
yubordi. Narx belgilashning marketingdagi ahamiyatini qayd etib o‘tgan holda,
xarajatlar, raqobat va talabdan kelib chiqadigan narx strategiyalarini izchillik bilan
tahlil qilib chiqamiz.
Firma miqyosida narx ikki xil rol o‘ynaydi: bir tomondan u reklamaga o‘xshab
talabni rag‘batlantirish vositasi bo‘lsa, shu bilan birga ayni paytda u uzoq muddatli
rentabellikning asosiy omili hamdir. SHuning uchun, narx strategiyasini tanlashda
xarajatlar va rentabellik bilan bog‘liq ichki cheklashlarni ham, bozorning xarid
qobiliyati va raqobatchi tovarlarning narxlari bilan bog‘liq tashqi cheklashlarni ham
hisobga olish lozim. Undan tashqari, narxlarga oid qarorlar tovarni pozitsiyalashga
oid qarorlar bilan va sotish strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Tovarni xarid qilishning to‘la qiymati. Ilgari aytib o‘tilganidek, xaridorning asl
xarajatlari faqat to‘langan narx emas, balki ayirboshlash shartlari bilan ham




173

belgilanadi. Bu xarajatlar egalik huquqining o‘tishidagi muayyan jarayonni: to‘lov
tartibi, etkazib berish shartlari va muddatlari, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish va
hokazolarni to‘lig’icha qamrab oladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin