42
ehtiyojning iqtisodiy yoki xayoldagi xulq-atvorni belgilashiga ko‘ra yaqqol va
yashirin ehtiyojlar; individning retrospektiv jarayonlari bilan bog‘liqligiga ko‘ra
anglangan yoki anglanmagan ehtiyojlar (2.4-rasm). Merrey o‘z reestrida shu
mezonlar asosida ehtiyojlarning 37 xilini keltiradi.
2.4-rasm.
Merreyning inson ehtiyojlari reestri
Merreyning fikricha, ehtiyojlar barcha kishilarda bir xil edi, biroq u yoki bu
ehtiyojlar turli kishilar uchun shaxsiy omillar va muhit omillarining ta’siriga ko‘ra
turlicha namoyon bilishini e’tirof etar edi. Ehtiyojlar ichki va tashqi stimullar
tomonidan vujudga kelishi va turli paytlarda kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin.
Ehtiyojlar uch xil holatda bo‘ladi: (1)
refraktor holat, bunda ehtiyojning
uyg‘onishiga hech qanday rag‘bat ta’sir qilmaydi; (2)
ishontiruchi holat, bunda
ehtiyoj passiv bo‘lsada, biroq uni qo‘zg‘atish mumkin; (3)
faol holat, bunda
organizmning xulq-atvorini shu ehtiyoj belgilaydi (Merrey). SHunday qilib,
marketing sohasidagi faoliyat his qilinadigan ehtiyojlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.
Niyat mayillarini tadqiq etishdan maqsad - iste’molchilarning bozordagi
xulqini oydinlashtirish, ya’ni nega odamlar unday emas, bunday qiladilar - degan
savolga javob topish, shuningdek ularni zarur hatti-harakat qilishga undashdan iborat.
Merreyning inson
ehtiyojlari reestri
Yaqqol ehtiyoj
Latent ehtiyoj
Anglangan ehtiyoj
Anglanmagan
ehtiyoj
Birlamchi ehtiyoj
Ikkilamchi ehtiyoj
Ijobiy ehtiyoj
Salbiy ehtiyoj
43
Niyat (motivasion) tadqiqotlarda gap asosan iste’molchilarning fikriy, iqtisodiy
nuqtai nazari bilan aloqasi bo‘lmagan xatti-harakatlar, iste’molchi huquqining
motivlarini ochib berish haqida bormoqda. SHu sababli niyatlarni o‘rganish
tadqiqotlarida psixologik usul eng ko‘p qo‘llaniladi. Psixologlar tomonidan inson
motivasiyasining bir qator nazariyalari yaratilgan. Ularning orasida Z. Freydning
“Motivasiya nazariyasi” va A. Maslouning “Ehtiyojlar ierarxiyasi” nazariyalari
mashhurdir.
Z. Freydning fikricha, odamlar o‘z xulqlarini shakllantiradigan real ruhiy
kuchlarni anglamaydilar. YOsh ulg‘aygan sayin mayllarning ko‘pi to‘la yo‘qolib
ketmaydi, balki ongda saqlanib qoladi. SHu sababli, kishilar o‘z motivasiya
manbalari jihatidan o‘zlariga oxiriga qadar hisobot bermaydilar.
A. Maslou esa muhimligi darajasiga qarab inson ehtiyojlarini bir-biriga o‘zaro
bo‘ysinish bosqichlari tartibini ishlab chiqadi. Bu tartib quyidagicha:
-fiziologik ehtiyojlar (ochlik, tashnalik);
-o‘z-o‘zini muhofaza qilish ehtiyojlari (xavfsizlik, himoyalanganlik);
-ijtimoiy ehtiyojlar (ma’naviy yaqinlik, his-tuyg‘u, muhabbat);
-hurmat izzatga ehtiyojlar (obro‘ darajasi, maqomi);
-o‘z-o‘zini qaror toptirishga ehtiyojlar (o‘zini namoyon etish).
Inson birinchi navbatda eng muhim ehtiyojlarini qondirishga intiladi, bu
ehtiyojlar qondirilgandan keyin harakatlantiruvchi motivlar so‘nadi, so‘ngra qolgan
ehtiyojlarni qondirish harakati yuzaga keladi (2.5-rasm.)
A. Maslouning fikricha ehtiyojlarni ahamiyati bo‘yicha saralash mumkin: biz
keyingi toifaga o‘tishdan avval asosiy ehtiyojlarni qondirishga urina boshlaymiz.
Quyi tabaqadagi ehtiyojlarni qondirish yuksakroq ehtiyojlarga - xulq-atvor uchun
motivator bo‘lib xizmat qilish va unga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Qondirilgan
ehtiyojlar intensivligi susayib boradi va hali qondirilmagan yuksak ehtiyojlar
intensivligi ortadi. Shaxs umumiy yashab qolish yoki hayot minimumini ta’minlash
kabi maqsadlardan turmush tarzi yoki sifatiga taalluqli yuksakroq maqsadlarga
o‘tganda uning rivojlanishiga bog‘liq ravishda ehtiyojlar tarkibining evolyusiyasi yuz
beradi.