O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Xarid markazining tarkibi va roli



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə39/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Xarid markazining tarkibi va roli. Sanoat firmasida xaridga oid eng muhim
qarorlar, odatda, xarid guruhi yoki xarid markazi deb ataladigan kishilar guruhi
tomonidan qabul qilinadi. Xarid markazi xarid vazifalaridan ko‘zlangan maqsadlarni
amalga oshirish uchun harakat qiladigan kishilardan tarkib topadi. Xarid markazining
tarkibi qabul qilinayotgan qarorlarning muhimligiga qarab o‘zgarib turadi va bir yoki
bir necha kishi bajaradigan beshta vazifani o‘z ichiga oladi.
Xaridor - rasmiy huquqqa ega bo‘lib, muqobil savdo markalari va etkazib
beruvchilarni tanlash uchun javobgardir, shuningdek, u xarid shartlarini aniqlash va
shartnomalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun ham mas’uldir. Odatda, bunday
funksiyalarni ta’minot menejeri bajaradi.
Foydalanuvchi - tovardan foydalanuvchi, masalan, ishlab chiqarish muhandisi
yoki axborot xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mas’ul shaxsdir. Odatda, foydalanuvchilar
xarid qilinadigan tovarlarni baholashda eng yaxshi imkoniyatlarga egadirlar.
Nufuzli shaxs tovarlarni tavsiya qiladi, texnik talablarni va tanlash mezonlarini
belgilaydi. Bu toifaga tadqiqotchi – muhandislar, konstruktorlar, ekspert va
maslahatchilarni kiritish mumkin.
Mahsulotlarni tanlashda yakuniy huquq va mas’uliyatlar qaror qabul qiluvchi
shaxs zimmasiga yuklanadi. Muhim xaridlarda bu funksiyani firma rahbariyati
amalga oshiradi.
• “Darvozabonlar” – guruhining axborot oqimlarini saralovchi va xarid
jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsata oluvchi a’zolardir.
Xarid markazining tarkibi xarid bosqichiga va qabul qilinayotgan qarorlarning
murakkabligi va mavhumligiga qarab o‘zgarib turadi (2.1-jadvalga qarang). Bunda
uch xil vaziyatni ko‘rsatish mumkin:
- yangi vazifa. Buyurtmachi tashkilot uchun yangi bo‘lgan tovarlar sinfiga
mansub yangi tovarni xarid qilish;
- takroriy xaridning o‘zgarishi. Muammo va tovar ma’lum, ammo xarid
vaziyatining ba’zi elementlari o‘zgargan;
- takroriy xarid. Firma foydalanishda ma’lum bir tajribaga ega bo‘lgan, hech
qanday o‘zgarishlarga uchramagan, ma’lum tovarni xarid qilish.




53

Dastlabki ikki holda xarid markazining funksiyalari to‘liq amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, etkazib beruvchi xarid jarayonining barcha ishtirokchilarini
aniqlab olish muhimdir, chunki u kommunikasiya siyosatining maqsadlarini belgilab
olishi lozim. SHuningdek, ushbu ishtirokchilarning o‘zaro qanday munosabatda
bo‘lishini va ularning motivasiyasi qanday ekanligini aniqlash ham muhimdir.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin