O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Sanoat asbob-uskunalarga bo‘lgan talab



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə62/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Sanoat asbob-uskunalarga bo‘lgan talab. Sanoat tovarlarining so‘nggi toifasi
- asbob-uskunalar, shu jumladan dastgohlar, prokat stanlar, korxonalar va ishlab
chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalardir. Gap uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlar to‘g‘risida borayotganligi tufayli, shunga o‘xshash iste’mol
tovarlaridagi kabi, birinchi marta sotib olinayotgan asbob-uskunalar bilan
almashtirilayotgan asbob-uskunalarni bir-biridan farqlash kerak. Asbob-uskunalarga
bo‘lgan birlamchi talab quyidagi omillarga bog‘liq:
-asbob-uskunalar bilan jihozlangan korxonalar soni (o‘lchamiga qarab);
-ishlab chiqarish quvvatlarining o‘sishi;
-yangi foydalanuvchilar soni (iste’mol darajasiga qarab);
-shu korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari.
Almashtirishga bo‘lgan talabni baholashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan
omillar: mavjud asbob-uskunalar miqdori;
-asbob-uskunalar parkining yoshiga ko‘ra tarkibi va uning texnologik darajasi;
mahsulotning xizmat muddatini taqsimlash (texnik va iqtisodiy eskirish); almashtirish
sur’ati; mahsulotning o‘rnini bosish effekti (yangi texnologiyalar); ishlab chiqarish
quvvatlarining kamayish samarasi.
Sanoat asbob-uskunalariga bo‘lgan talab bevosita mijoz-korxonalarning ishlab
chiqarish quvvatlariga bog‘liq bo‘ladi, va aynan mana shu bog‘liqlik sanoat
asbob-uskunalariga bo‘lgan talabning o‘zgarishini izohlaydi.
O‘sish imkoniyatlarini qidirish. Birlamchi talabning joriy va mutlaq
darajalari o‘rtasidagi farq bozorning rivojlanganligi yoki rivojlanmaganligini
ko‘rsatadi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, global talabning o‘sish potensiali
shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, bu farq qanchalik kichik bo‘lsa, to‘yinish
darajasiga shunchalik yaqin bo‘ladi.



91



4.3. Tovarning hayotiylik davri modeli 

Bozorning salohiyati shu tovar bozori ega bo‘lgan iqtisodiy imkoniyatlarning


ko‘lamini belgilaydi. Bu jalb qiluvchanlikning birinchi va mohiyat jihatdan miqdoriy
o‘lchovi bo‘lib, unga dinamik baho qo‘shimcha qilinishi mumkin. Ushbu dinamik
baho uning davomiyligini, ya’ni potensial talabning vaqt davomidagi evolyusiyasini
tavsiflaydi. Odatda, bu evolyusiyani tavsiflash uchun tovarning hayotiylik davri
(THD) modeliga murojaat qilinadi, u S-simon logistik egri chiziqdir. Bu hayotiylik
davri modelida to‘rt asosiy bosqich mavjud: tovarning bozorga kiritish, o‘sish-
turbulentlik, etuklik-to‘yinish va tushish bosqichidir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin