O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


-rasm. Iste’mol tovarlari turkumini tashkil etuvchi tovarlar tarkibi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə60/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

4.4-rasm. Iste’mol tovarlari turkumini tashkil etuvchi tovarlar tarkibi 

Alohida talabdagi tovarlar - xaridor uchun o‘ta qadrli sanalayotgan, o‘ta


nufuzli, mashhur firmalar tovari bo‘lib, ular uchun xaridor tayinli vaqt va harakatlarni
ayamaydi.
Masalan, xususiy uylar uchun maxsus mebellar, jihozlar yoki bo‘lmasa,
Mersedes-bens, BMV, Volvo avtomobillarining ayrim turlari bo‘yicha ishtiyoqli




85

xaridorlar talabi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Passiv talabdagi tovarlar - xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam
o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Masalan, yaqin o‘n yil ichida mamlakatimiz
aholisi uchun mikroto‘lqinli pechlar, idish yuvish mashinalari notanish edi. Ushbu
tovarlarning reklamasi, sotuvda ko‘p tarqalishi natijasida u keng xaridorlar ommasiga
etib bordi. Bundan tashqari, dafn marosimi uchun anjomlar, hayot sug‘urtasi kabi
passiv talabdagi tovarlar ham aynan shu guruhga kiradi.
F. Kotler iste’mol tovarlari turkumiga ushbu yuqorida qayd etilgan 4 katta
guruhga bo‘lib o‘rganishni va ular bilan savdo qilishda sezilarli natijalar berishini
asoslaydi.
Tez sarflanadigan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab. Uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlarga bog‘liq bo‘lmagan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni
quyidagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin:
-potensial iste’mol qiluvchi birliklar soni;
-real foydalanuvchilarning potensial iste’mol qiluvchi birliklar ichidagi ulushi
(qamrov darajasi);
-bitta real xaridorga to‘g‘ri keladigan birlik iste’mol darajasi (kirib borish
darajasi).
“Qamrov darajasi” bilan “kirib borish darajasi” o‘rtasidagi farq bozorga ta’sir
ko‘rsatishning ustuvor maqsadlarini aniqlab olish uchun muhimdir: maqsad yo
foydalanuvchilar sonini oshirish yoki bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan iste’mol
hajmini oshirishdir.
Bozorning mutlaq salohiyati qamrov darajasi 100 %ga teng, kirib borish
darajasi esa har bir foydalanish holati uchun maqbul deb olingan holda aniqlanadi.
Talabning joriy darajasi xarid paytidagi barqaror ko‘nikmalarni kuzatish orqali
aniqlanishi mumkin. Zarur ma’lumotlarni ba’zan professional uyushmalardan yoki
rasmiy statistika axborotlaridan ham olish mumkin. Biroq, ko‘pincha, iste’molchilar
komissiyalaridan («panellaridan») olingan dastlabki ma’lumotlarni chetlab o‘tib
bo‘lmaydi.
Agar iste’mol tovari uzoq muddat foydalaniladigan tovar bilan bog‘liq bo‘lsa




86

(masalan, kir yuvish kukuni va kir yuvish mashinasi), iste’molchilarning qamrov
darajasi uzoq muddat foydalaniladigan shu tovarning qamrov darajasi bilan
almashtiriladi. Bu erda qo‘shimcha ko‘rsatkichni tovarga qilinadigan murojaatlar
orasidagi vaqtni ham kiritish zarurdir. Natijada biz quyidagi ko‘rsatkichlar to‘plamiga
ega bo‘lamiz:
- sarflanayotgan tovar birligining potensial miqdori;
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarning qamrov darajasi;
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarga murojaatlar tezligi;
- sarflanayotgan tovarning uzoq muddat foydalaniladigan tovarga nisbatan
birlik murojaatga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmi (texnik koeffitsient).
Sarflanayotgan
tovarlarning
potensial
iste’moli
ular
bajarayotgan
funksiyalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qolgan zarur ma’lumotlar so‘rovlar
yoki kuzatishlar orqali olinishi lozim, bunga bir murojaatdagi sarf hajmi kirmaydi,
chunki u texnik sabablar bilan belgilanadi.
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarga bo‘lgan talab.
Bu holda birlamchi talab bilan almashuvga bo‘lgan talab o‘rtasidagi muhim
farqni ajratib olish zarur. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarga bo‘lgan birlamchi
talab quyidagi ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi:
- aniq iste’mol qiluvchi birliklar soni va ularning uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlari bilan jihozlanganlik darajasining ortishi;
- yangi iste’mol qiluvchi birliklar soni va ularning uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlari bilan jihozlanganlik darajasining ortishi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning maqsadli xaridorlar orasida
diffuziyalanish tezligi ham muhim ko‘rsatkichdir. Uni aniqlash uchun o‘xshash
tovarlarning avvalgi davrlarda bozorga kirib borish egri chiziqlari juda foydalidir.
Almashtirishga bo‘lgan talabni baholash birmuncha qiyinroqdir; buning uchun
quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:
-uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning mavjud miqdori;
-ularning xizmat qilish muddati bo‘yicha taqsimlanishi;
-tovarning xizmat qilish muddati bo‘yicha taqsimlanishi (jismoniy, iqtisodiy




87

yoki ma’naviy eskirish);
-tovarni almashtirish tezligi;
-almashtiriladigan yangi muqobil tovarlarning (yangi texnologiyalar) paydo
bo‘lish samarasi;
-iste’mol qiluvchi birliklarning yo‘qolish samarasi.
Almashtirishga bo‘lgan talab uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning
miqdori va xizmat qilish muddatiga bevosita bog‘liqdir. Almashtirish tezligi xizmat
muddatining tugash tezligi bilan mos kelishi shart emas, bunda iste’moldan chiqib
ketadigan uzoq muddat foydalaniluvchi tovarlarning ulushi tushuniladi. Har bir narsa
eskirishi mumkin, chunki uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lib qoladi yoki
foydalanuvchilarning fikricha, u modadan qolgan bo‘ladi.
Umuman olganda, xizmat muddatining tugash tezligi bu muddatning
uzoqligiga teskari proporsionaldir. Masalan, o‘rtacha xizmat muddati 12 yilga teng
bo‘lsa, bu muddatning o‘rtacha tugash tezligi 8,3 %ni tashkil qiladi.
Xizmat muddatining yana davom ettirilishi birlamchi talabga taalluqli bo‘lgan
baholarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, Fransiyada avtomobillarning real xizmat muddati 10-11 yilni tashkil
qiladi. Agar bu muddat 12,5 yilga etsa, xizmat muddatining tugash tezligi taxminan 8
%ga teng bo‘ladi, bu esa 1,7 mln.ga yaqin mashinani almashtirishga bo‘lgan talabga
to‘g‘ri keladi. Agar, aksincha, o‘rtacha xizmat muddati 9 yildan oshmaydi, deb faraz
qilsak, xizmat muddatining tugashi taxminan 11,1 %ni tashkil qiladi, bu esa 2,1 mln.
mashinani almashtirishga bo‘lgan talab, demakdir.
Avtomobil bozorida texnologik xizmat muddati uzluksiz ortib boradi.
Shvetsiyada
o‘tkazilgan
tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha,
ba’zi
rusumdagi
avtomobillarning xizmat muddati 1965 yildan buyon 65 %ga uzaygan.
Talabni baholash uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlar, masalan, mavjud
tovarlar miqdori va ularning muddatlar bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi
ma’lumotlarni o‘tgan yillardagi savdo faoliyatini tahlil qilish natijasida olish
mumkin. Masalan, xizmat muddati bo‘yicha taqsimlanishning bahosi o‘zlaridagi
buyumni almashtirish bilan band bo‘lgan tovar egalarini tanlab olish yo‘li bilan




88

aniqlanishi mumkin. Bunday yo‘l bilan aniqlangan almashtirish tezligi eskirishning
tovarni almashtirishga sabab bo‘ladigan turli turlarini farqlashga imkon bermasligi
tabiiydir. Texnik jihatdan yaroqli bo‘lgan tovar iqtisodiy (masalan, agar yangi
tovarlarning ekspluatasiya xarajatlari keskin kamaygan bo‘lsa) yoki hissiy (masalan,
agar foydalanuvchi yangi modellarning estetik xususiyatlariga katta ahamiyat bersa)
sabablarga ko‘ra almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, almashtirish paytida
foydalanuvchi shu funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiyaga asoslangan
tovarga murojaat qilishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik kerak.
Tejamliroq “past haroratli” qozonlar ishlab chiqilishi natijasida markaziy isitish
sohasida katta taraqqiyotga erishildi, bu esa iqtisodiy sabablarga ko‘ra almashtirish
sur’atlarining tezlashishiga olib keldi. Ayni paytda boshqa texnologiyalar, masalan,
issiqlik nasoslari ham rivojlandi va ular ko‘p hollarda ba’zi maxsus sohalarda
mazutda ishlaydigan qurilmalarning o‘rnini egalladi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar sektoridagi savdo hajmlarining katta
qismi almashtirishga bo‘lgan talabga to‘g‘ri keladi, bu ayniqsa, uy xo‘jaliklarining
bunday tovarlar bilan jihozlanish darajasi juda yuqori bo‘lgan hamda aholi sonining
o‘sish darajasi past bo‘lgan g‘arb mamlakatlarida kuzatiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin