O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə68/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Etuklik–to‘yinish bosqichi. Birlamchi talabning o‘sishi sekinlashishda davom
etib borib, YAMMning yoki aholi sonining real o‘sish sur’atiga tenglashib qoladi.
Tovar etuklik bosqichiga qadam qo‘yadi. Rivojlangan iqtisodiyotda sanoat




98

sektorlarining ko‘pchiligi odatda eng uzun bo‘lgan ushbu bosqichda bo‘ladi.
Birlamchi talabning barqarorlashishiga quyidagilar sabab bo‘ladi.
-bozorni qamrab olish va unga kirib borish darajasi juda yuqori bo‘lib,
uning yanada o‘sish ehtimoli juda kichik bo‘ladi;
-bozorning savdo tarmoqlari bilan qoplanishi jadal bo‘lib, bundan ham
kattalasha olmaydi;
-texnologiya barqarorlashdi; endi tovar sezilarli darajada yangilanmaydi.
Ushbu bosqichda bozor kuchli darajada segmentlangan bo‘ladi, firmalar ko‘p
sonli ehtiyojlarning barchasini qondirishga urinadilar. Aynan shu bosqichda takroriy
texnologik takomillashish ehtimoli eng yuqori bo‘ladi, chunki raqobatchilar tovarning
hayot davrini uzaytirishga intiladilar.
Etuklik bosqichida iqtisodiy va raqobat muhitining asosiy tavsifnomasi
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- talab kengaymay qo‘yadi va global iqtisodiy o‘sish sur’atlarida ortib boradi;
-uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga bo‘lgan talabda almashtirishga
bo‘lgan talab ustunlik qiladi;
- bozorlar o‘ta segmentlangan bo‘ladi;
- tovar bozorlarida bir necha kuchli raqobatchilar ustunlik qiladi va bozorning
tuzilmasi oligopoliyaga mos keladi;
- texnologiyalar standartlashtiriladi.
Bundan kelib chiqqan holda firmaning ustuvor strategik maqsadi o‘z bozor
ulushini saqlab qolish va iloji bo‘lsa, kengaytirish hamda bevosita raqobatchilar
oldida barqaror raqobatli ustunlikka erishishdan iborat bo‘ladi. Ushbu maqsadlarga
erishish uchun qo‘llaniladigan vositalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tovarlarni sifat bo‘yicha differensiasiyalash, bozorga yangi xususiyatlarni
taklif qilish;
- bozor bo‘shliqlarini yoki segmentlarini qidirish;
- tovardan boshqa turli marketing o‘zgaruvchilaridan: imidj, talabni
rag‘batlantirish va narxdan foydalangan holda raqobatli ustunlikka erishishdir.
Talabning o‘sishidagi sekinlashish raqobat muhitiga muqarrar ravishda ta’sir




99

ko‘rsatadi. Raqobatning kuchayishiga ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlarining paydo
bo‘lishi sabab bo‘ladi. Narx bo‘yicha raqobat tobora ko‘proq uchraydi; u narx
bo‘yicha noelastik bo‘lib borayotgan global talabga sust ta’sir ko‘rsatadi yoki
mutlaqo ta’sir etmaydi. SHuning uchun narx kurashi faqatgina bozor ulushlarining
safi tobora kamayib borayotgan raqobatchilar o‘rtasida qayta taqsimlanishiga olib
keladi. Tarmoq narx kurashlariga qanchalik kam uchraganligiga qarab, ushbu bosqich
rentabellik eng yuqori bo‘lgan davr bo‘lib, bozor ulushi qanchalik katta bo‘lsa,
rentabellik shunchalik yuqori bo‘ladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin