O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə66/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

O‘sish-turbulentlik bosqichi. Agar tovar birinchi bosqichda sinovdan
muvaffaqiyatli o‘tsa, u savdo tez rivojlanadigan o‘sish bosqichiga o‘tadi. Tovarning
hayotiylik davri modeliga ko‘ra, bunday o‘sishga quyidagilar sabab bo‘ladi:
- dastlabki qoniqqan foydalanuvchilar o‘z xaridlarini takrorlaydilar va og‘zaki
kommunikasiya orqali boshqa potensial xaridorlarga ta’sir ko‘rsatadilar;
- bozorni qamrab olish darajasi tez ortadi;
- tovarning sotish joylarida mavjudligi uni sezilarli qilib qo‘yadi, bu ham uning
bozorda tarqalishiga imkon beradi.
- bozorga yangi raqobatchilarning chiqishi talabga jami marketing bosimining
oshishiga olib keladi, bu paytda talab kengayuvchan va juda moslashuvchan bo‘ladi.
Ushbu bosqichning muhim jihati mahsulot hajmining ortishi va paydo bo‘lib
kelayotgan tajribaning samarasi hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarining muntazam
kamayib borishidir. Narxlar pasayib boradi, bu esa asta-sekin butun potensial bozorni
qamrab olishga imkon beradi. SHuning uchun marketing xarajatlari tez o‘sib
borayotgan savdo hajmiga taqsimlanadi.
Iqtisodiy va raqobat muhitining tavsifnomalari tez o‘zgaradi:
- savdo o‘sib boruvchi sur’atlarda ortib boradi;




96

- endilikda maqsadli guruh yangilikni erta qabul qiladigan kishilar segmenti
bo‘ladi;
- yangi raqobatchilar bozorga ko‘p miqdorda chiqadilar;
- texnologiya bozorda keng tarqaladi.
Ushbu vaziyatdan unumli foydalanish uchun marketingning ustuvor maqsadlari
ham quyidagicha o‘zgarishi kerak bo‘ladi:
-bozorni talab kengayib borayotgan sharoitlarda kengaytirish va rivojlantirish;
-bozorni qamrab olish darajasini imkon qadar kengaytirish;
-markaning kuchli obrazini yaratish;
-markaga qiziquvchanlikni yaratish va qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu yangi maqsadlarga erishish uchun marketing dasturi yangilanishi, ya’ni
quyidagilarga qaratilishi lozim:
-tovarni avvalo unga, yangi xususiyatlar qo‘shish orqali yaxshilash;
-intensiv savdoga o‘tish va sotish tarmoqlarining sonini ko‘paytirish;
-xaridorlarning yangi guruhlarini jalb qilish uchun narxni pasaytirish;
-kommunikasiya vositasida markaning yangi obrazini yaratish.
Birlamchi talabni ishlab chiqishdan maqsad odatda katta moliyaviy xarajatlarni
talab qiladi, vaholanki, agar pul oqimi musbat bo‘lib, rentabellik yaxshilanib
borayotgan bo‘lsa-da, moliyaviy muvozanat chegarasiga etilmasligi ham mumkin.
Bunday bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan firma o‘zining o‘sishini moliyaviy
ta’minlash uchun anchagina katta moliyaviy bazaga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu bosqichda talab kengayib borganligi tufayli, raqobatchilar ko‘p bo‘lgan
taqdirda ham raqobat muhiti o‘zgarishsiz qoladi. Har bir firmaning marketing
harakatlari bozorning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, bozor bilan hamqadam
o‘sib borish maqsadi barchaga to‘g‘ri keladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin