Tahlil va sintez usuli.Tahlil — bu o'rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez — bu o'rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo'l bilan o'rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.