Renta munosabatlari - yerdan foydalanish natijasida vujudga keladitan qo'shimcha sof daromadni xaqsimlash va o'zlashtirish bilan bog'likliqda vujudga keladigan munosabatlar.
Differensial renta— yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
Differensial renta I yerlarning tabiiy uiumdorligi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
Differensial renta II— yerlarning iktisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
Absolut repta — qishloq xo'jaligida yerga bo'lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o'rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta— alohida tabiiy sharoitga ega bo'lgan, noyob qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.