O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev iqtisodiyot nazariyasi


-§. Inflatsiya, uning mohiyati va turlari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə219/268
tarix01.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#50513
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   268
Iqtisodiyot nazariyasi-fayllar.org

2-§. Inflatsiya, uning mohiyati va turlari
Inflyatsjya makroiqtisodiy beqarorlikning ko'rinishlaridan biri hisoblanadi.

Inflatsiya tushunchasi birinchi marta G'arbiy Amerikada, (1861-1865 yilllardagi fuqarolar urushi davrida) ishlatila boshlagan va qog'oz pul muomalasining ko'payib ketishi jarayonini bildirgan. Iqtisodiy adabiyotlarda inflatsiya tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.



Inflatsiya bu qog'oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarinipg o'sishidir.

Inflatsiya bozor xo'jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug'diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.

Qog'oz pul tovarlarga, oltinga va o'z qadrini barqarorligini saqlab qolgan chet el valutalariga nisbatan qadrsizlanadi.

Inflatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan, iste'molchilik tovarlariga narx indeksi 1995 yil 113, 6; 1996 yil - 118,3 ga teng bo'lsa, inflatsiya sur'ati quyidagicha bo'ladi.

118,3 -113,6

Inflatsiya sur'ati =-------------------*100 = 4,1%

113,6
Kelib chiqish sabablari va o'sish sur'atlariga qarab, inflatsiyaning bir qancha turlarini mavjud.

1. Talab inflatsiyasi. Narx darajasining an'anaviy o'zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko'paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to'liq foydalanilgan bo'ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflatsiyasini keltirib chiqaradi.

2. Taklif inflatsiyasi. Inflatsiya ishlab chiqarish harajatlari va bozordagi taklifning o'zgarishi natijasida qam kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajaglarining o'sishi keltirib chiqadigan inflatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko'payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.

Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlariling ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmjsh qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o'z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va energiya narxlarning o'sishi hisobsha ortib boradi.

Inflatsiyaning a) me'yoridagi; b) o'rmalab boruvchi v) gaper inflatsiya kabi turlari ham mavjud. Inflatsiyaning birinchi turida baholar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dai 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda o'sishi kuzatiladi.





Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin