Iqtisodiyotni barqarorlashtirish tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, jamiyat boyliklarini o'zlashtirish va ularni tasarruf qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish— mulkdorlik huquqining mulk egasi qo'lida saqlanib turishi va yaratilgan boyliklardan o'zlashtirishning ijtimoiy shaklidir.