O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə134/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

2. Ko’p kanallik-sensor tizim axborotni bir vaqtning o’zida juda ko’p kanal orqali (har bir kanalda o’n mingdan milliongacha nerv hujayralari bo’ladi) ular o’zaro bir-birilari bilan bog’langan bo’ladi. Sensor tizimdan bir-biriga bunday parallel joylashgan kanallarning bo’lishi, axborotlarni uzatish va qayta ishlashini aniq va atroflicha sintezini ta’minlaydi.
3. Qo’shni qatlamlarda, elementlarning har xil bo’lishi «sensor voronkalari»ni hosil qiladi. Ko’zning to’r pardasida 130 mln ga yaqin fotoretseptorlar mavjud, to’r pardaning ganglioz hujayralari qavatida esa 100 marotaba kam neyronlar topilgan (torayuvchi voronka). Ko’ruv tizimining keyingi qismida esa «kengayuvchi voronka» kuzatiladi. Po’stloqning birlamchi ko’ruv qismida to’r pardaning ganglioz qavatiga nisbatan neyronlar soni ming marotaba ko’p.
4. Sensor tizimning vertikal va gorizontal bo’yicha shakllanishi:
Sensor tizimning vertikal bo’yicha shakllanishining ma’nosi shundan iboratki, bir necha neyron qavatlari maxsus bo’limlarni hosil qiladi. Shunday qilib bunday bo’lim yirik morfofunktsional tuzilma bo’lib hisoblanadi. Har bir bo’lim (masalan, hidlov piyozchasi, eshituv tizimning xoxlear yadrosi yoki tizzasimon tana) muayyan aniq bir vazifani amalga oshiradi.
Sensor tizimning gorizontal bo’yicha shakllanishida retseptorlar va neyronlar orasidagi bog’lanish shu qavatlar ichida yuz beradi.
Sensor tizimning asosiy vazifalari. Sensor tizim quyidagi asosiy vazifalar yoki operatsiyalarni amalga oshiradi.
1) signallarni topish (aniqlash),
2) signallarni bir-biridan ajratish,
3) signallarni o’tkazish va o’zgartirish,
4) ma’lumotlarni kodga solish,
5) signallarning u yoki bu xossalarini detektorlash,
6) obrazni topish.
Signallarni topish. Bu hodisa maxsus hujayra-retseptorlarda rỷyobga chiqadi. Bu hujayralar fizik va kimyoviy shakldagi ta’sirotlarni nerv impulslariga aylantiradi.
Signallarni bir-biridan ajratish. Sensor tizimning o’ziga xos hususiyati shundan iboratki, bir vaqtda yoki ketma-ket berilayotgan turli ta’sirotlarni bir-biridan ajrata oladi. Signallarni bir-biridan ajratish retseptorlardan boshlanadi va bu jarayonda sensor tizimning barcha neyronlari ishtirok etadi. Ta’sirotning o’sishi sezilarli darajada bo’lishi uchun u ilgarigi ta’sirotdan muayyan qismgacha ortiqroq bo’lishi kerak degan qonunni 1834 yilda E.Veber ta’riflab berdi. Veber o’z tajribalarida qo’l terisiga muayyan vaznli yuk qo’ydi. Ilgari ta’sir etgan yukning vaznidan muayyan miqdorda ortiq bo’lgan qo’shimcha yuk qo’yilgandagina bosim sezgisi kuchayadi. Masalan, odam qo’l terisini 100 g vaznli qadoq tosh bosib tursa, shu bosim sezgisini kuchaytirish uchun 3 g vaznli qadoq tosh qo’shish kerak. Terini 200 g vaznli qadoq tosh bosayotgan bo’lsa, bosim oshganligining minimal sezgisi kelib chiqishi uchun 6 g vaznli qadoq tosh qo’shish kerak, teriga 600 g vaznli qadoq tosh ta’sir etayotgan bo’lsa, 18 g yuk qo’shiladi. Veber aniqlagan bog’lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:

∆ J
------=K


J
bu yerda
J–ta’sirot,
∆ J–ta’sirotning o’sishi
K–doimiy miqdor.
G.Fexren sezgi ta’sirot kuchiga bog’liq ekanligini qo’shimcha tekshirib va olingan ma’lumotlarni matematik tahlil qilib, Veber qonunini bir oz boshqacharoq ifodalaydigan ushbu formulani chiqardi:

E=α ∙ log J + b


bu yerda
Ye-sezgi miqdori,
J-ta’sirot miqdori,
a va b doimiy miqdorlar.
SHunday qilib, Fexner formulasiga muvofiq, sezgi ta’sirot kuchining logarifmiga proportsional ravishda olib boradi.
Signallarni o’tkazish va o’zgartirish. Sensor tizimda signallarni o’zgartirish va o’tkazish jarayonlari bosh miyani oliy bo’limlariga shunday muhim axborotni olib boradiki, u yerda tez va aniq axborotning tahlili amalga oshadi. Signallarni o’zgartirish shartli ravishda ikki turga bo’linadi: fazoviy va vaqtga nisbatan. Fazoviy o’zgartirishlar ichida signallarning turli qismlarini bir biriga nisbatan o’zgarishi muhim o’rin tutadi. Ko’ruv va somatosensor tizimni po’stloq bo’limida, signallarning miqyosi yoki nisbatini o’zgartirish ko’proq uchraydi. Masalan, to’r pardada ozgina joyni egallagan markaziy chuqurcha miya po’stlog’idagi ko’ruv sohasiga to’r pardaning ancha katta bo’lgan chet qismidan ko’proq joyga impulslar yetkazadi. Axborotni vaqtga nisbatan o’zgartirilishi retseptorlarning uyg’un ritmdagi tonik impulsatsiyasini bosqichli, dastalangan impulsatsiyaga aylantirishdan iborat bo’ladi. Keragidan ortiq axborotlarni chegaralash va muhimini ajratib o’tkazish axborotlar o’zgartirilishining yana bir turidir. Bunga torayuvchi voronkada ikkinchi darajadagi axborotlarni ajrata boshlanishi misol bo’lishi mumkin. Katta retseptiv sohadan yuzaga chiqadigan va uzoq vaqt davom etadigan impulslarni ham uzluksiz ravishda sensor markazga o’tkazish shart emas. Masalan, taktil retseptorlar og’ir kiyim kiyganda va yechilganda kuchli qo’zg’aladi va rag’bat ta’siri boshlanishi va tugashi to’g’risida axborot beradi. Bu xildagi miyaga o’tkazuvchi axborot hajmini kamaytirish boshqa sensor tizimlarida ham uchraydi.
Ikkinchi darajadagi axborotlarni sensor tizimining periferik va o’tkazuvchi qismlarida taxlil qilib, yuqori markazlarga o’tkazmasligi bu markazlarni ortiqcha ishdan xalos kiladi.
Axborotlarni kodlash. Retseptorlar berilayotgan turli ko’rinishdagi ta’sirotlarni sensor tizimning po’stloq markazi qabul qilib olishi uchun uni miyaga mukammal va «tushunarli» bo’lgan nerv impulslariga aylantirishi kerak. Kodlash deb axborotlarni ma’lum qoidalarga asoslanib o’zgartirilishi, ya’ni shartli shaklga aylantirilishi tushuniladi. Ta’sirotlarni kodlashda, eng avvalo, rag’batning bor-yo’qligi belgilanishi kerak. Bu vazifani odamda analizatorlarning po’stloq osti qismidagi on-va off-neyronlari bajaradi. Masalan, ko’ruv analizatorlarida yorug’lik paydo bo’lishini (on-neyronlar) va yorug’lik yo’qolishini (off-neyronlar) qayd qiladigan yoki yorug’lik paydo bo’lganida va yo’qolganida qo’zg’aladigan on-, off neyronlar bor. Kodlash jarayonida faqat retseptorlar emas, balki sensor tizim zanjirining keyingi xalqalari ham ishtirok etadi.
Tashqi ta’sirotlarni saralash va kodlash birinchi galda, retseptorlarning tuzilish xususiyatlarini, ularning ma’lum rag’batni qabul qilishga ixtisoslashganligini ta’minlaydi. Masalan, nurni qabul qilishga moslashgan ko’ruv analizatori tovushga nisbatan befarq.
Shunday bo’lsa ham, barcha neyronlarning harakat potentsiallari deyarli bir xil bo’lsa, qanday qilib markazlar turli tabiatli ta’sirotlarning farqini bir-biridan ajratadi, degan savol tug’ilishi tayin. Ma’lumki, tabiati bir bo’lgan ta’sirlovchilarni qabul qiladigan retseptorlarda ham o’ziga xos farq bor. Demak, sensor tizim ta’sirlarning turli belgilarini tahlil qilishda bir xil retseptorlardan emas, balki bir necha xil retseptorlardan markazga kelgan axborotlar inobatga olinadi.
Kodlashning keng tarqalgan muhim usuli impulslarni boylamlar shaklida vujudga keltirish va har qaysi boylamda impulslar soni va joylashish tartibini o’zgartirishdan iborat. Bunday kodlash ta’sirlovchi xossalari to’g’risidagi axborotni boylamdagi impulslar soniga, boylamlar oralig’idagi masofaga, impulslarni boylamning bosh qismida, o’rtasida yoki oxirida zichrok bo’lishiga bog’lab sensor markazga yetkazilishini ta’minlaydi.
Signallarni detektorlash. Hozirgi zamon aloqa tizimlari axborotlar ma’lum manzilga uzatilishidan avval kodga solinadi, manzilga yetganida esa koddan chiqariladi. Masalan, telefon go’shagidagi mikrofonga aytilgan gap kodlanib elektr impulslarga aylanadi, simning narigi uchida impulslar dekodlanib, asli holiga–tovush to’lqinlaridan iborat nutqqa aylantiradi.
Sensor tizimlarda dekodlash, masalan, tovush retseptorlardan impuls shaklida markazga yetib kelganda yana tovushga aylanmaydi. Bu tizimlarda detektorlanish sodir bo’ladi, ya’ni ta’sirlovchining ayrim belgilari tahlil qilinadi va ularning biologik ahamiyati baholanadi. Bu taxlilni maxsus ixtisoslashgan detektor neyronlar bajaradi.
Obrazni tanish. Bu sensor tizimning oxirgi va o’ta murakkab operatsiyasidir. Bu jarayon obrazning sinflanishi bilan davom etib, uni oldin uchratgan va tanish bulgan ob’ektlarning qaysi biriga mansubligini aniqlashdan iboratdir. Sensor tizimning oliy bo’limi, neyron-detektorlardan qabul qilingan ta’sirlardan «obraz» ni yaratadi va xotirada saqlanayotgan boshqa obrazlar bilan solishtiradi.
Obrazni tanish, organizmning qaysi ob’ekt yoki vaziyat bilan uchrashgani to’g’risida xulosa qilish bilan tugaydi, ya’ni oldimizda kim yoki nima turganini, kimning ovozini eshitayotganimizni, qanday hid yoki ta’m sezayotganimizni idrok etish imkoniyatini yaratib beradi.
Obrazni tanish signalning o’zgarishiga bog’lik bo’lmagan holda ro’y beradi. Masalan, ko’ruv maydonida predmetni qanday yoritilganligi, rangi, o’lchami, joylashuvi turlicha bo’lishiga qaramasdan ishonchli tarzda obrazni taniy olamiz.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin