Nazorat savollari. 1. Bosh miya katta yarim sharlarini o’rganish usullari?
3. Miya po’stlog’ining hujayra strukturasi (arxiotektonika)?
4. Katta yarim sharlar po’stlog’idagi elektr hodisalari?
5. Elektroentsefalogramma ritmlari?
6. Narkoz vaqtida elektroentsefalogramma?
7. Gipoksiya vaqtida elektroentsefalogramma?
8. Somatik va vistseral sezuvchanlikning yarim sharlardagi vakilligi?
9. Katta yarim sharlar po’stlog’ining assotsiativ zonalari?
10. Katta yarim sharlar po’stlog’ining motor zonalari?
11. O’rta miyaning rostlash reflekslari?
12. Stato-kinetik reflekslar?
13. Miya o’zanining retikulyar formatsiyasi?
14. Retikulyar formatsiyaning orqa miyaga va proprioretseptorlarga ta’siri?
15. Retikulyar formatsiya bilan katta yarim sharlar po’stlog’i o’rtasidagi (retikulo-kortikal) munosabatlar?
16. Miyachaning elektr faolligi?
17. Miyachaning turli qismlariga ta’sir etish effektlari?
18. Miyachani olib tashlash natijalari?
19. Organizmning harakat funktsiyalariga miyachaning ta’sir ko’rsatish mexanizmi?
20. Talamus funktsiyalari?
21. Talamusning spetsifik yadrolari?
22. Talamusning assotsiativ yadrolari?
23. Talamusning nospetsifik yadrolari?
24. Sezgilarning shakllanishida talamusning ishtiroki?
25. Gipotalamus?
26. Bazal yadrolar?
27. Limbik tizim?
MAʼRUZA № 8. ANALIZATORLAR UMUMIY FIZIOLOGIYASI. KO‘RUV ANALIZATORLARI. ESHITUV ANALIZATORI. VESTIBULYAR APPARAT. Reja: 1. Sensor tizimga umumiy tavsifnoma. 2. Retseptorlarning sinflanishi. 3. Ko’rish sensor tizimi.
Sensor tizimning umumiy fiziologiyasi. Sensor tizimga umumiy tavsifnoma Sensor tizim (I.P.Pavlov bo’yicha analizator) nerv tizimining bir qismi hisoblanib, u qabul qilishga ixtisoslashgan elementlar – sensor retseptorlar deyiladi, ular tashqi va ichki muhitdan ta’sirotlarni qabul qiluvchi, retseptorlardan olingan axborotni miyaga o’tkazuvchi nerv yo’llari va olingan axborotni qayta ishlovchi bosh miyadan iboratdir. Sensor tizim bosh miyaga axborotni yetkazib beradi. Har qanday sensor tizimning ishi turli ko’rinishda qabul qilingan ta’sirotlarni nerv impulslariga aylantirib, ularni neyronlar zanjiri orqali markaziy nerv tizimiga yetkazib berishdan iborat bo’ladi. Impulslar kelishi tufayli bosh miya katta yarim sharlari sezgilar, idroklar, tasavvurlar, ya’ni tashqi olam xissiy in’ikosining turli shakllari yuzaga chiqadi. Bosh miya yarim sharlariga kelgan axborotlar oddiy reflekslardan tortib, to insonning ruxiy faoliyati uchun zarurdir. Shuning uchun I.M.Sechenov «Bosh miya reflekslari» asarida «Psixik akt ongda tashqi hissiy qo’zg’alishdan tashqari xosil bo’la olmaydi» - deb yozgan edi.
I.P.Pavlov retseptorlarni – analizatorning periferik bo’g’ini, afferent neyronlar o’tkazuvchi yo’llar bo’limini tashkil etsa, katta yarim sharlar po’stlog’i analizatorlarning markaziy oxirlari deb hisoblanadi.
Sensor tizimning tekshirish usullari. Sensor tizimning elektrofiziologik, neyrokimyoviy, morfologik hamda asosan sog’lom va nosog’lom insonlarda qabul qilishning psixofiziologik analizi o’tkaziladi, bundan tashqari, sensor tizimni o’rganishda modellashtirish va protezlash usullari ham qo’llaniladi.
Modellashtirish – sensor tizimning biofizik va kompyuter modellaridir, hozircha eksperimental usullar bilan o’rganib bo’lmaydigan vazifalarni va xossalarni modellashtirish orqali o’rganiladi.
Protezlash - sensor tizim faoliyatini qanday darajada bilishimizni tekshiradi. Elektrofosfen ko’ruv protezlari bunga misol bo’la oladi.
Sensor tizim tuzilishining umumiy tarzlari. Hayvon va shu jumladan insonlarda sensor tizim quyidagi tarzlar asosida tuzilgan.
1. Ko’pqatlamlilik-sensor tizim ko’p qatlamdan iborat topgan nerv hujayralaridan tashkil topib, ularning birinchisi retseptorlar bilan bog’ hosil qilsa, oxirgisi bosh miya katta yarim sharlaridagi neyronlar bilan bog’lanadilar. Sensor tizimning bu xossasi organizmning turli xildagi axborotlarga tezda javob berishini ta’minlaydi.