Nazorat savollari. 1. Tashqi va o’rta quloqning tuzilishi va vazifalari?
2. Ichki quloq tuzilishi va vazifalari?
3. Eshituv retseptsiyasi mexanizmlari?
4. Eshituv sezgilari va adaptatsiyasi?
5. Muozanat sensor tizmi?
6. Vestibulyar tizimda elektrik xodisalar va kompleks reflekslar?
7. Vestibulyar tizimning vazifalari?
8. Ta’m bilish sensor tizimi, retseptorlari, elektrik potentsiallari, markazi va o’tkazuvchi yo’llari, adaptatsiyasi?
9. Hid biluv sensor tizimi, axborotlarini kodlash, markaziy proektsiyasi?
10. Muskul-bo’g’im sezgisi?
11. Taktil bosim sezgilari, retseptsiyasi, adaptatsiyasi, lokalizatsiyasi?
12. Og’riq sezgisi, Og’riqni sezuvchi retseptor apparatlar?
14. Og’riq retseptorlarining adaptatsiyasi. Og’riq reflekslari?
MAʼRUZA № 9. OLIY NERV FAOLIYATI. XULQNING TUG’MA VA ORTTIRILGAN SHAKLLARI. SHARTLI REFLEKSLAR. OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI. Reja: 1. Oliy nerv faoliyati haqida tushincha. 2. Shartsiz va shartli reflekslar. 3. Shartli reflekslarning xosil bo’lish asoslari va mexanizmlari. 4. Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. 5. Shartli reflekslarning tormozlanishi. 6. Dominanta va shartli reflekslar. 7. Dinamik stereotip.
Tayanch iboralar: shartsiz va shartli reflekslar, dominanta, dinmik stereotip,tormozlanish. Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i va unga yaqin tuzilmalar (po’stloq ostidagi tuzilmalar) markaziy nerv sistemasining oliy bo’limi bo’lib, organizmning xulqatvori bu bo’limning ishlashiga bog’liq. Organizm xulqatvori oliy nerv faoliyati hisoblanadi, shu faoliyat natijasida organizm bilan tashqi muhit nisbati o’zgaradi.
Oliy nerv faoliyatiga qarama-qarshi o’laroq, quyi nerv faoliyati organizm ichidagi funktsiyalarni birlashtiradigan, integrallaydigan reaktsiyalarning yig’indisidan iborat.
Oliy nerv faoliyati katta yarim sharlar po’stlog’i va unga yaqin tuzilmalar (po’stloq ostidagi tuzilmalar)ning muqarrar ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan murakkab reflektor reaktsiyalarda namoyon bo’ladi.
Bosh miya faoliyatining reflektor xarakteri haqidagi tasavvurni birinchi marta vatanimiz fiziologiyasining asoschisi I.M.Sechenov «Bosh miya reflekslari» («Refleksi golovnogo mozga») degan kitobida keng va mukammal rivojlantirgan. Bu klassik asarning g’oyaviy ustanovkasi senzuraning zo’ri bilan o’zgartirilgan dastlabki nomi — «Psixik protsesslarga fiziologik asoslar kiritish yo’lidagi urinish»da o’z ifodasini topgan. I.M.Sechenovga qadar fiziologlar va nevrologlar psixik protsesslarni ob’ektiv ravishda, nuqul fiziologiya nuqtai nazaridan analiz qilish mumkin degan masalani o’rtaga qo’yishga jur’at etmagan edilar. Psixik protsesslar butunlay sub’ektiv psixologiyaga qaram bo’lib qolgan edi.
I.M.Sechenov ideyalari I.P.Pavlovning ajoyib asarlarida porloq ravishda taraqqiy topdi. I.P.Pavlov katta yarim sharlar po’stlog’ining funktsiyalarini ob’ektiv eksperimental metod bilan tekshirish yo’llarini topdi va oliy nerv faoliyati haqida muntazam ta’limotyaratdi.
Markaziy nerv sistemasining quyi bo’limlarida - po’stloq ostidagi yadrolar, miya stvoli, orqa miyada - reflektor reaktsiyalar irsiyat yo’li bilan mustahkamlangan tug’ma nerv yo’llari orqali yuzaga chiqsa, katta yarim sharlar po’stlog’ida nerv aloqalari hayvonlar bilan odamning individual hayot protsessida, organizmga sonsanoqsiz sharoitlar ta’sir etishi natijasida vujudga kelishini I.P.Pavlov ko’rsatib berdi.