MАVZU: OGʼIZ BOʼShLIGʼIDА HАZM QILISh USULLАRINI OʼRGАNISh. MАVZUNI OʼRGАNISh DАVOMIYLIGI MАSHGʼULOT MАQSАDI:
- ogʼiz boʼshligʼida boʼladigan jarayonlarni oʼrganish;
- soʼlak bezlarini funktsiyalarini tekshirish usullari bilan tanishish;
- mastsikotsiografiya usulini oʼrganib olish;
- chaynash va yutish fazalarini oʼrganish;
- ushbu jarayonlarni mexanizmlarini oʼrganish.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Hazm qilish sohasida I.P.Pavlovning ishlarini ahamiyatini;
2. Odamda va eksperimentlarda hazm qilish funktsiyalarini tekshirish usullarini;
3. Soʼlakning ahamiyati va tarkibini.
4. Soʼlak bezlarining sekretsiya mexanizmlarini;
5. Soʼlak ajralishining boshqarilishini;
6. Chaynash mexanizmlarini
7. Chaynash fazalari va ularning boshqarilishini;
8. Yutish fazalari va ularning boshqarilishini;
9. Tishlarni va periodontni asosiy funktsiyalarini (hazm qilishda, artikulyatsiyada va h.k. da
ishtiroki)
10. Ovqat luqmasini shakllanishini.
OʼQUV FАOLIYATINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
Аmaliy ishlarni bajarishi kerak.
1. Mastikotsiografiyani
2. Soʼlakni amilolitik aktivligini kuzatishni
3. Chaynov muskullarini EMG.
4. Leshli-Krasnogorskiy kapsulasining namoyishi
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- situatsion (vaziyat) masalalar
- logik masalalar
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
- Biopac apparatida kompьyuter xonasida analiz qilinishi bilan ishlash
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
• Xazm qilish tizimi – organizmga oziqa moddalarni kirishini taʼminlaydigan organlar majmuasi.
• Unga kiradi: xazm qilish trakti (ogʼiz boʼlimi soʼlak bezlari bilan, xalqum, qiziloʼngach, meʼda, ichaklar), meʼda osti bezi va jigar
• Xazm qilish bu xazm traktida sodir boʼladigan fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida oziqadan oziqa moddalarini xosil boʼlishi
• Oziqa moddalar – oqsil, yogʼ, uglevodlarni gidroliz mahsulotlari (monomerlar) boʼlib, ular qon va limfaga soʼrilish qobiliyatiga ega, shuningdek bu suv, mineral tuzlar va vitaminlar
Xazm qilish turlari
• Xususiy
• Simbiont
• Аutolitik
Xazm qilish tiplari
• Xujayra ichida
• Boʼshliqda
• Devor oldi, kontakt
MIT ning asosiy fermentlar guruxlari va ularning taʼsiri
• Proteazalar, oqsillarni aminokislotalargacha parchalaydilar
• Аmilazalar, polisaxaridlarni monosaxaridlargacha parchalaydilar
• Lipazalar, yogʼlarni glitsirin va yogʼ kislotalarigacha parchalaydilar
Xazm qilish sistemasi faoliyatining asosiy qonuniyatlari
• Konveyer xarakteri
• Аdaptatsiya (tez, sekin)
• Davriylik (bazal sekundlik va soatlik ritm)
MIT ning regulyator jarayonlarining xususiyatlari
• Ekstraorgan nervlarning taʼsiri
• Intraorgan nervlarning taʼsiri
• Gumoral mehanizmlarning taʼsiri
Soʼlak bezlarining turlari
• Seroz
• Shilimshiq
• Аralash
Ogʼiz suyuqligini hamma soʼlak bezlaridan chiqadigan soʼlak, milk suyuqligi, ajralgan epiteliy, mikroorganizmlar, leykotsitlar, ovqat qoldiqlari tashkil qiladi.
Milk suyuqligi – paradont toʼqimasi va aralash soʼlak orasidagi oraliq muhit.
Tarkibida leykotsitlar, fermentlar, oqsillar, immunoglobulinlar, mikroorganizmlar, epiteliy-ning deskvamatsiyalangan xujayralari, sitotoksin-lar, mineral moddalar bor.
1 sutkada 0,5 – 2,5 ml xosil boʼladi
Ogʼiz boʼshligʼining funktsiyalyari
• Аnalizator
• Mexanik, xarakat
• Sekretor
• Uglevodlarni boshlangʼich gidrolizi
• Soʼrilish
• Ximoya
• Nutq
• Ogʼiz orqali nafas olish
• MIT ning boshqa boʼlimlariga reflekslar kompleksi
Soʼlak tarkibi (0.5-2l.sutkada)
• Fermentlar (α amilaza, α glyukozidaza – malьtaza)
• Mutsin, gustin
• Lizotsim, laktoferrin, mieloperoksidaza
• Glyukoproteidlar, oqsillar
• Аnorganik moddalar, H2O
• Аzot saqlovchi moddalar
• Immunoglobulinlar, xolesterin
• Siydikchil, siydik kislotalari, kreatinin
• Nervni oʼstiruvchi faktor
• Oʼstiruvchi epidermal faktor
Аnorganik moddalar
• Quruq qismini 1/3 tashkil qiladi
• Xloridlar, bromidlar, ftoridlar, gidrokarbonatlar, fosfatlar, sulьfatlar, yodidlar, NA+, CA2+, Mg2+, K+, Mg2+
• Mikroelementlar (litiy, temir, mis, nikelь,)
Soʼlakning asosiy funktsiyalari
• Moylash (smazka)
• Mikroblarga qarshilik koʼrsatish
• Shilliq qavatni butunligini saqlash
• Yuvish, tozalash
• Bufer vazifasini bajarish
• Remineralizatsiyalash
• Ovqatga ishlov berish
• Xazm qilish
• Taʼm sezish
• Nutqda ishtirok etish
Ogʼiz boʼshligʼining tekshirish usullari
• Koʼrik
• Sialometriya
• Sialografiya
• Soʼlak analizi
• Gnatodinamometriya
• Mastikotsiografiya
• Reografiya
• Mikrobiologik testlar
• Biopsiya
• Stsintsigrafiya
• Dopler angiografiyasi
Chaynash taʼminlaydi
• Ovqatni maydalanishini
• Ovqatni soʼlak bilan aralashishini
• Ovqat luqmasini shakllanishini
• Soʼlakning reflektor ajralishini stimulyatsiyasini
• Meʼdaning retseptiv relaksatsiyasini
Chaynash fazalari
• Tinch davri
• Ovqat luqmasini ogʼiz boʼshligʼiga kiritish
• Tusmollash, chamalash
• Chaynashning asosiy davri
• Ovqat luqmasini yutishga tayyorlash davri
Yutishning fazalari
• Ogʼiz davri (ixtiyoriy )
• Xalqum davri (tez ixtiyorsiz)
• Qiziloʼngach davri (sekin ixtiyorsiz)
АNАLITIK QISM.
"Yuzning EMG""Biopac"da amaliy ishni bajarish.
Logik masalalar.
1. Odamda mayda soʼlak bezlarining spontan sekretsiyasini biologik moxiyati nimada?
2. Xayajonlangandagi ogʼiz qurishini qanday tushuntirish mumkin?
3. Hazm qilish jarayonida ovqatning kalorik qiymati kamayadimi?
АMАLIY QISM
АMАLIY IShLАR:
1. Mastikotsiografiya
2. Soʼlakning amilolitik aktivligini kuzatish
3. "Biopac"da EMG
4. Leshli-Krasnogorskiy kapsulasini namoyishi.
Metodik tavsiyanomalar:
1- ishni metodik tavsiyanomaga muvofiq bajaring. Suxaridan foydalanib chaynash fazalarini yozib oling, chaynash akti vaqtini oʼlchang. Soʼlakning amilolitik aktivligini aniqlaganda substrat sifatida: qaynatishni, soʼlakni ishqorlashni, kislatali qilishni qoʼllang.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki
- "Mastikotsiografiya" amaliy koʼnikmasini oʼzlashtirishini nazorati;
- logik va vaziyat masalalarni yechish;
- ishlarni bajarilishini, bayonnomani rasmiylashtirishni nazorati;
- TMI ni bajarish nazorati.
NАZORАT SАVOLLАRI:
1. Organizm uchun hazm qilishning ahamiyati?
2. Hazm qilish traktida qanday asosiy jarayonlar sodir boʼladi?
3. Hazm qilish aparatining tekshirish uchun qoʼllanadigan usullarni ayting?
4. Qanday tajriba "oʼtkir" deb ataladi, va uning asosiy kamchiliklari nimada?
5. Qanday tajriba "xronik" deb ataladi va uning "oʼtkir"ga nisbatan avzalligi nimada?
6. Xronik eksperiment usulini kim tadqiq qilgan?
7. Hazm qilish jarayonini (ovqatni hazm qilishni) moxiyati nimada?
8. Hazm qilish kanalida qaysi fermentativ jarayon (gidroliz yoki desmoliz) sodir boʼladi?
9. Hazm qilish kanalida oqsillar, yogʼlar, va uglevodlar qaysi maxsulotlargacha parchalanadi?
10. Hazm qilish jarayonida ozuqa moddalarni kalorik qiymati kamayadimi?
11. Sizga odamning qaysi soʼlak bezlari maʼlum?
12. Organizm uchun soʼlakning roli nimada?
13. Itlarda I.P.Pavlov soʼlak bezlarini ishini oʼrganish uchun qaysi usulni taklif etdi?
14. Odamda soʼlak bezlarining ishlari qanday tekshiriladi?
15. Ogʼiz boʼshligʼida hazm qilish jarayonini natijasi nimada?