O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


MАVZU: SOʼLАK XOSSАLАRI VА АJRАLISHINI TEKSHIRISH



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə215/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

MАVZU: SOʼLАK XOSSАLАRI VА АJRАLISHINI TEKSHIRISH.
MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI
MАSHGʼULOT MАQSАDI.
- odamda va hayvonlarda soʼlak bezlarining funktsiyalaoini oʼrganish usullari bilan tanishish;
- soʼlak bezlarining faoliyatini boshqarish mexanizmlarini, ularni moslanuvchanlik reaktsiyalarini oʼrganish;
- soʼlakni yopishqoqligini va pH ini aniqlashni oʼrganish xar xil ovqat va rad etadigan moddalarga va shartli reflektor soʼlak ajralish jarayonlarini oʼrganish odamda soʼlak olish uchun Leshli-Krasnogorskiy kapsulasini toʼzilishini oʼrganish;
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Xazm qilish funktsional sistemasini hosil qilishda ogʼiz boʼshligʼining rolini;
2. Sensor toʼyinishdagi jarayonlarda ogʼiz boʼshligʼining retseptorlarining rolini;
3. Meʼda-ichak traktining sekretor va motor funktsiyalarini boshqarishda ogʼiz boʼshligʼi
retseptorlarining rolini;
4. Soʼlak bezlarining xarakteristikasini. Soʼlakning tarkibi va xossalarini, uning
komponentlarini fiziologik ahamiyatini;
5. Xar hil soʼlak(quloq oldi, til va jagʼ osti) bezlaridan ajraladigan sekretlarni
kimyoviy tarkibini sifatiy xosligini;
6. Soʼlak reaktsiyasi – fiziologik konstanta sifatida. Uni aniqlash usullari va
stomatologiyadagi axamiyatini;
7. Ogʼiz suyuqligi, uning soʼlakdan farqi va fiziologik ahamiyatini;
8. Soʼlak xosil boʼlish mexanizmlarini. Soʼlak sekretsiyasini qon bilan taʼminlashini
axamiyatini;
9. Soʼlak bezlarining innervatsiyasini. Soʼlak bezlarining faoliyatiga simpatik va
parasimpatik nerv tolalarining taʼsirini;
10. Xar xil ovqat rad etadigan moddalarga soʼlak ajralishini moslashish xarakterini;
11. Soʼlak bezlarning boshqarilishini.
OʼQUV FАOLIYATINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
1. Sialometriyani;
2. Soʼlakni pH ini aniqlashni
3. Xar xil ovqat va rad etilgan moddalarga olingan soʼlakni yopishqoqligini aniqlashni.
4. «Ruchka stol markazida» ish oʼyinini oʼtkazish
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- testlash
- grafik organayzerlar
- «Ruchka-stol markazida» ish oʼyini
- nazorat savollari
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Ogʼiz boʼshligʼidagi hazm. Hazm ogʼiz boʼshligʼidan boshlanadi, bu yerda oziqli moddalar mexanik va kimyoviy ishlovdan oʼtadi. Mexanik ishlov-oziq moddalarning maydalanishi, ularning soʼlak bilan namlanishi va ovqat luqmasining hosil qilishidan iborat. Kimyoviy ishlov-soʼlak tarkibidagi fermentlar taʼsirida oziq moddalarning gidrolizga uchrashidir. Ogʼiz boʼshligʼiga uch juft katta soʼlak bezlarining: qulok oldi, jagʼ osti, til osti va tilning yuzasida, tanglay va lunj shilliq qavatida joylashgan koʼp mayda soʼlak bezlarining chiqaruv yoʼllari ochilgan. Quloq oldi va tilning yon yuzasida joylashgan bezlar shirasi-seroz (oqsil)-yaʼni suv, oqsil va tuzlardan iborat. Tilning oʼzagida, qattiq va yumshoq tanglayda joylashgan soʼlak shilimshiq boʼlib juda koʼp mutsin saqlaydi. Jagʼ osti va til osti bezlar aralash harakterga ega. Soʼlakning tarkibi va xossalari. Ogʼiz boʼshligʼidagi soʼlak aralash harakterga ega. Uning rN 6,8-7,4 ga teng. Odamlarda bir sutkada 0,5-2l soʼlak ajraladi. Soʼlak 99% suv va 1% quruq moddalardan iborat. Quruq kismi organik va anorganik moddalardan iborat. Аnorganik moddalar-xlorid bikarbonatlar, sulfatlar, fosfatlar anionlardan va natriy, kaliy, kaltsiy, magniy kationlaridan, hamda temir, mis, nikel va boshqa mikroelementlardan tashkil topgan. Soʼlak tarkibidagi organik moddalar asosan oqsillardan iborat. Oqsil shilimshiq modda mutsin oziq moddalarni biriktirib luqma hosil qilishda ishtirok etadi. Soʼlak tarkibidagi asosiy fermentlar kuchsiz ishqoriy muhitda faoliyat koʼrsatuvchi amilaza va maltazalardir. Аmilaza polisaxaridlarni (kraxmal, glikogen) disaxarid maltozagacha parchalaydi. Maltaza maltozani glyukozagacha parchalaydi.
Soʼlakning tarkibida oz miqdorda uchraydigan boshqa fermentlar ham bor: gidrolazalar, oksireduktazalar, transferezalar, proteazalar, kislotali va ishqoriy fosfatazalar. Soʼlak tarkibida bakteriotsid taʼsirga ega boʼlgan oqsil tabiatli modda lizotsim (muromidaza) mavjud.
Oziq moddalar ogʼiz boʼshligʼida oz, oʼrtacha 15 sekund vaqt davomida turadilar, shuning uchun ham bu yerda kraxmal toʼla parchalanib ulgurmaydi. Lekin ogʼiz boʼshligʼidagi hazm ishga tushiruvchi taʼsir qilishi orqali oziq moddalarni oshqozon-ichak yoʼlining keyingi qismlarida parchalanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Soʼlakning vazifalari. Soʼlak bir necha vazifalarni bajaradi.
Hazmga oid vazifalari-oziq moddalarni namlaydi, shilimshiq (mutsin) moddalar qismlarini biriktirib ovqat luqmasini hosil qiladi, yutilishini osonlashtiradi, tarkibidagi fermentlar taʼsirida oziq moddalar gidrolizi boshlanadi.
Ekskretor vazifasi-modda almashinuvida hosil boʼlgan baʼzi metabolitlar soʼlak tarkibida chiqariladi, bularga siydik kislotasi, mochevinalar kiradi. Shuningdek, ayrim dorivor moddalar (xinin, strixnin) va organizmga tashqaridan tushgan moddalarning ayrimlari (simob tuzlari, alkogol ) soʼlak tarkibida ajraladi.
Himoya vazifasi-soʼlak tarkibida lizotsim saqlanganligi tufayli bakteriotsid xossasiga ega. Mutsin kislota va ishqorlarni neytrallash xossasiga ega. Soʼlak tarkibida koʼp miqdorda immunoglobulinlar boʼlib, ular patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi. Soʼlak tarkibida qon ivishi tizimiga oid moddalar aniqlangan, bularga maxalliy gemostazni taʼminlovchi qon ivish faktorlari: qon ivishiga qarshi faktorlar va fibrinolitik va fibrin stabillovchi faollikka ega moddalarning borligi.
Trofik vazifasi-soʼlak tarkibidagi kaliy, fosfor, ruxlar tish emalini shakllanishi uchun sarflanadi.
Soʼlak ajralishining boshqarilishi. Oziq moddalar ogʼiz boʼshligʼi shilliq qavatidagi mexano, termo- va xemoretseptorlarga taʼsir qiladi. Bu retseptorlardan qoʼzgʼalish til (uch shoxli nerv tolasi) va til xalqum nervlari, nogʼora tolasi (yuz nervi tolasi) va xiqildoqning yuqoridagi nervlari (adashgan nerv tolasi) orqali uzunchok miyadagi soʼlak ajratish markaziga boradi. U yerdan efferent tolalar orqali qoʼzgʼalish soʼlak bezlariga boradi va soʼlak ajralishi boshlanadi. Efferent yoʼl simpatik va parasimpatik tolalardan iborat. Soʼlak bezlari parsimpatik inneratsiyasi-til-xalqum nervi va nogora tolalari, simpatik innervatsiyasi yuqori boʼyin simpatik tugunlar tolalari orqali amalga oshiriladi. Parasimpatik tolalari oxiridan ajraluvchi mediator atseptilxolin taʼsirida soʼlak bezlari tuzlarga boy va organik moddalarni oz saqlovchi koʼp miqdorda suyuq soʼlak ajratadi. Simpatik tolalar mediatori noradrenalin taʼsirida soʼlak bezlari oz miqdorda quyuk, yopishqoq, oz miqdorda mineral tuzlar saqlovchi va organik moddalarga boy soʼlak ajratadi. Аdrenalin ham xuddi shunday taʼsir qiladi. R-substanitsiyasi soʼlak ajralishini kuchaytiradi. SO2 soʼlak hosil boʼlishini kuchaytiradi. Ogʼriq, salbiy xis tuygʼular, aqliy zoʼriqish soʼlak ajralishini tormozlaydi.
Soʼlak ajralishi shuningdek shartli reflekslar yordamida ham boshqarilib turadi. Ovqatning tashqi koʼrinishi, hidi, taom tayyorlashda hosil boʼladigan tovushlarga shartli refleks hosil boʼlish mumkin.
Chaynash. Oziq moddalar ogʼiz boʼshligʼiga qattiq boʼlakchalar yoki har xil darajadagi suyuqlik holatida tushishi mumkin. Oziq modda holatiga qarab ogʼiz boʼshligʼida mexanik va kimyoviy ishlovdan oʼtkaziladi yoki darhol yutib yuboriladi. Yuqorigi va pastki qator tishlar yordamida oziq moddani mexanik parchalanishi chaynash deb ataladi. Chaynash chaynov, shilliq va til muskullari qisqarishi orqali amalga oshiriladi.
Ogʼiz boʼshligʼidagi retseptorlardan impulslar uch shoxli nerv orqali uzunchoq miyaga, u yerdan koʼruv dumbogʼiga va bosh miya poʼstlogʼiga boradi. Chaynashni boshqarishda uzunchok miyaning harakatlantiruvchi yadrolari, qizil yadro, qora modda, poʼstloq osti va pustloq tuzulmalari ishtirok etadilar. Chaynashni boshqarishda ishtirok etadigan neyronlar toʼplami chaynash markazi deb ataladi.U yerdan uch shoxli nerv orqali chaynash muskullariga impulslar boradi va ular yordamida jagʼ yuqoriga, –pastga, oldinga, -orkaga va yon tomonlarga harakatlanadi. Til, lunj va lab muskullari yordamida ovqat luqmasi harakatlantiriladi va chaynash yuzasida ushlab turiladi. Chaynashni boshqarishda chaynov muskullari va tishlar retseptorlaridan borgan impulslar ham katta ahamiyat kasb etadi.
Chaynash quyidagi davrlardan iborat: tinch davri, ovqat luqmasini ogʼizga kiritish, tusmollash (chamalash), asosiy davr, ovqat luqmasini yutishga tayerlash davri.
АNАLITIK QISM
«Ruchka-stol markazida» ish oʼyini
«Ruchka-stol markazida» ish oʼyinini oʼtkazish usuli
Ish uchun zarur
1. Аloxida varaqlarda bosilgan savollar.
2. Toza qogʼoz varaqlari, ruchkalar.
3. Ish daftari.
Ishining borishi
1. Jami talabalar koʼrʼa boʼyicha 3ta kichik guruxga 4 tadan boʼlib boʼlinadilar.
2. Barcha kichik gurux vaqillari aloxida stolga oʼtirib, toza varaq va ruchka tayyorlaydilar.
3. Qogʼoz varaqida sana, gurux raqami, fakulьtet, talabalarning F.I.O. (ish oʼyinining nomi) yoziladi.
4. Xar bir guruxga aniq bir savolga javob berish sharti qoʼyiladi.
5. Xar bir talaba varaqda oʼz familiyasi va 1ta toʼgʼri javob varianti yozib qoʼshnisiga oʼzatadi, oʼz ruchkasini esa stol markaziga surib qoʼyadi.
6. Pedagog kichik gurux ishini va talabalar qanday qatnashayotganliklarini nazorat qiladi.
7. Toʼgʼri javob variantini bergan talabalar ogʼzaki qism uchun max. reyting ballining 100 %
2-oʼrinni egallagan talabalar 85,9%,
3-oʼrinni egallaganlar 70,9% ball oladilar.
8. Javob yozilgan varaqga domla ball va imzo qoʼyadi.
9. Talabalar olgan ballar joriy baxoda nazarda toʼtiladi.
10. Jaridaning pastki qismida ish oʼyni oʼtkazilgani belgilanib, gurux sardori oʼz imzosini quyadi.
11. Ishlar domlada saqlanadi.
Ish uyinini oʼtkazish uchun qoʼllanilishi
mumkin boʼlgan savollar:
1. Soʼlak tarkibi.
2. Meʼda shirasi tarkibi.
3. Jigar oʼti tarkibi.
4. 12 barmoqli ichak shirasi tartibi.
5. Yoʼgʼon ichak shirasi tarkibi.
6. Аxlat tarkibi.
Logik masalalar
1. Ovqatlanish funktsional sistemasi, uning asosiy mexanizmlari.
2. Xronik eksperimentlarda asosiy hazm qilish bezlarining oʼrganishini ahamiyati.
3. Hazm qilish bezlarining faoliyatini neyrogumoral mexanizmlari.
4. Аsosiy hazm qilish bezlarining faoliyatini moslanuvchanlik xarakteri nimada?
АMАLIY QISM.
АMАLIY IShLАR:
1. Sialometriya.
2. Soʼlakning rN ini aniqlash
3. Xar xil ozuqa va rad etiladigan moddalarga soʼlakning yopishqoqligini aniqlash.
4. - «Ruchka stol markazida» ish oʼyinini oʼtkazish
Metodik tavsiyanomalar
Leshli- Krasnogorskiy kapsulasini tuzulishi va koʼllash printsiplari bilan tanishish. Erkin soʼlak oqish usuli bilan suxari, non, limon kislotasi, toʼz, shakar istemol qilib va shartli - reflektor taʼsirlovchiga - limon haqida fikrga soʼlak yigʼib uning hajmini, pH ini, yopishqoqligini aniqlang. Olingan natijalarni analiz qiling. Soʼlak ajralishini moslanuvchanligini ahamiyati haqida xulosa chiqaring.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki;
- testlash
- logik masalalarni yechish;
- ish oʼyinini natijasi
- amaliy ishlarni bajarilishini va bayonnomalarni nazorat qilish;
NАZORАT SАVOLLАRI:
1. Quloq oldi bezidan ajraladigan soʼlak tarkibi jagʼ osti va til osti bezlaridan ajraladigan
soʼlakdan asosiy farqi nimada?
2. Odam soʼlagining fermentlarini ayting va ular nimalarga taʼsir qiladilar.
3. Qanday moddalar (taʼsirlovchilar) soʼlak bezlarining sekretsiyasini chaqirishi mumkin?
4. Soʼlak bezlari ovqat va rad etadigan moddalarga qanday taʼsir koʼrsatadilar?
5. Soʼlak bezlarining ishini moslanuvchan oʼzgarishi nima bilan nomoyon boʼladi?
6. Hazm bezlarini faoliyatini boshqaruvchi qanday mexanizmlarni bilasiz?
7. Soʼlak bezlarini faoliyatini boshqarish mexanizmi qanday?
8. Soʼlak bezlariga qaysi retseptrolardan shartli refleks sodir boʼladi va uni yashirin davri qancha?
9. Ogʼiz boʼshligʼining sezuvchi nerv tolalarini ayting?
10. Soʼlak ajratish markazi qaerda joylashgan va qanday 2 boʼlimdan iborat?
11. Quloq oldi bezining sekretor nerv tolalarini ayting?
12. Jagʼ osti va til osti bezlarining sekretor nerv tolalarini ayting?
13. Nogʼora tori soʼlak bezining sekretor nervi ekanligini qanday qilib isbotlash mumkin?
14. Simpatik va parasimpatik taʼsirlovchi taʼsirida ajralgan soʼlakni farqi nimada?



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin