O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Orqa miya reflekslari (spinal reflekslar)



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə234/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Orqa miya reflekslari (spinal reflekslar). Terining og’ritilishiga, masalan, igna sanchilishiga javoban ro’y beruvchi bukish reflekslari (fleksor reflekslar) orqa miya ko’ndalangiga to’la qirqib qo’yilgach boshqa reflekslardan ertaroq tiklanadi. Bukish refleksi to’la tiklanganda oyoqni bukuvchi muskullar qisqarishi bilan bir vaqtda retsiprok (payvasta) tormozlanish natjisida yozuvchi muskular bo’shashadi. Ayni vaqtda qarama-qarshi-kontralateral - oyoqni yozuvchi muskullar qisqarib, bukuvchi muskullar bo’shashadi. Terining turli qismlariga ta’sir etib, bukish refleksini yuzaga chiqarish mumkin. Ayni vaqtda javob reaktsiyasining xarakteri har xil bo’lishi, ya’ni unda turli muskul guruxlari qatnashuvi mumkin. Bir reflektor aktning ta’sirot joyiga bog’liq bo’lgan xususiyatlari refleksning mahalliy belgilari deb ataladi.
Spinal hayvonda oyoq panjalarining kaft yostiqchalari sal-pal bosilganda yozish refleksini, tananing yon yuzasiga ta’sir etilganda qashish refleksini, shuningdek muskul payiga urilganda shu muskulning cho’zilishiga javoban bir qancha miotatik reflekslarni ham kuzatish mumkin. Ayrim hollarda kuchli ta’sirotga javoban almashinish (otdacha) fenomeni kelib chiqishi tufayli (kuchli ta’sirot bukish refleksini yuzaga chiqaradi) oyoqning ritmik harakatlari vujudga keladi. Spinal itning tanasi osib qo’yilganda oyoqlaridan birining panjasi bosilsa to’rttala oyoqni bosib qadamlash tipidagi reflektor harakatlar kelib chiqadi (Filippson refleksi). Ichki organlarning ba’zi reflekslari: siydik chiqarish defekatsiya, tomir harakatlantirish reflekslarini ham orqa miya markazlari yuzaga chiqaradi.
Orqa miya yuqoriroqdan qirqib qo’yilib, markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlaridan ajratib qo’yilgach boya aytilgan reflekslarning hammasi saqlanib turgani uchun bu reflekslarning markazlari orqa miyaning qirqilgan joyidan pastroqda, degan xulosa chiqishi tabiiy: orqa miyaning ko’pchilik qismi yuqoridagi ko’krak segmentlaridan boshlab pastdagi bel segmentlarigacha umurtqa pog’onasining kanalidan sitib chiqarilgach orqa miyaning barcha reflekslari yo’qoladi. Orqa miyaning muayyan qismlari yemirilganda yoki ularga mos keluvchi orqa miya ildizlari qirqib qo’yilganda ham muayyan reflekslar yo’qoladi.
Odamning orqa miyasi uzilgach bir necha vaqtdan keyin bukish reflekslaridan tashqari, tizza refleksi va axill refleksi yaqqol ko’rinadi. Tizza refleksi shundan iboratki, son to’rt bosh muskulining payiga urilganda oyoq tizza bo’g’imidan yoziladi, axill refleksi shundan iboratki, axill payiga urilganda oyoq boldir-panja bo’g’imidan yoziladi. Bu reflekslar «spinal» odamda ayniqsa kuchaygan bo’ladi. Odam orqa miyasi to’la uzilgandan keyin bir necha vaqt o’tgach siydik chiqarish va defekatsiya reflekslari tiklanadi, qovuq va to’g’ri ichak ma’lum darajada cho’zilgach shu reflekslar yuzaga chiqadi. Erkakning jinsiy olati ta’sirlanganda reflektor erektsiya va eyyakulyatsiya kelib chiqishi, ya’ni jinsiy olat bo’rtib, urug’ otishi mumkin.
Orqa miyasi uzilgan odamda qo’zg’alish jarayoni orqa miyaga keng yoyilgani sababli barcha spinal reflekslar normal chegaralanganlik va joylashganlik xususiyatlaridan mahrum bo’ladi. Bu miya o’zanining tormozlovchi ta’siri kelmaganligi sababli reflektor reaktsiyalar koordinatsiyasi juda buzilganligini ko’rsatadi. Har qalay orqa miyadagi koordinatsiya hayvondagiga nisbatan odamda kamroq rivojlangan, chunki markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlarida ro’y beruvchi koordinatsiya jarayonlari kataroq ahamiyat kasb etadi.
Odam orqa miyasining chekli ayrim qismlari zararlanganda shu qismlarning joylashishiga qarab turli reflekslar yo’qolishini kuzatsa bo’ladi. Masalan, orqa miyaning ko’krak segmentlaridan bir nechtasi zararlanganda ko’krak va qorinning tegishli metamerlarida teri sezuvchanligi yo’qolib, ter ajratish va tomir harakatlantirish reaktsiyalari yuzaga chiqmaydi, shuningdek ayrim muskul guruxlarining harakat falaji ro’y beradi. Bunday ko’pgina mushohаdalar orqa miya markazlarining nisbiy segmental tartibda joylashganligidan guvohlik beradi.
Orqa miyadagi bir qancha markazlarning segmentar joylashishini qayd qilar ekanmiz, butun orqa miyaning funktsional butunligini ta’minlaydigan segmentlar aro a’loqalar orqa miyada ko’p ekanligini ta’kidlab o’tmoq kerak.
Vegetativ nerv sistemasiga mansub bo’lgan bir qancha effektor markazlar: ko’z muskullarining spinal markazi, tomir harakatlantirish va ter ajratish markazlari, siydik- tanosil organlari bilan to’g’ri ichak funktsiyalarini boshqarish markazlari va hokazolar ham orqa miyada bu markazlarning joylanishi vegativ funktsiyalarning boshqarilishi haqidagi bobda ko’zdan kechiriladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin