III-semestr 1-mavzu: Tashqi nafas. Gazlarni qon bilan tashilishi. Nafasning boshqarilishi. Gazlarning qon bilan tashilishi. Nafas yo‘llari fiziologiyasi, ular kengligining boshqarilishi. Hilpillovchi epiteliyning ahamiyati. Tashqi muhitning turli sharoitlaridagi nafas xususiyatlari. Gipoksiya va uning turlari.
2-mavzu: Moddalar va energiya almashinuvi Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha. Assimilyasiya va dissimilyasiya. Oziq moddalarning plastik va energetik roli. Organizmda oqsillar, yog‘lar, uglevodlar almashinuvi va spetsifik sintezi haqida umumiy tushuncha. Vitaminlar, mineral moddalar, mikroelementlar, ularning fiziologik roli. Organizmning energiya balansi. Asosiy almashinuvni aniqlash usullari.
3-mavzu: Hazm va uning turlari. Og‘iz bo‘shlig‘ida va me’dada ovqat hazm bo‘lishi. Hazm fiziologiyasi. Hazm a’zolarinmg vazifalari. Hazmning turlari. Og‘iz bo‘shlig‘ida va me’dada ovqat hazm bo‘lishi, ularning bolalardagi xususiyatlari. Oshqozon-ichak yo‘lining harakat faoliyati. Odamda oshqozon- ichak yo‘li faoliyatini o‘rganish usullari.
4-mavzu: Ingichka va yo‘g‘on ichakda ovqat hazm bo‘lishi. Ingichka ichakda ovqat hazm bo‘lishi. O‘t-safroning hazm jarayonidagi vazifasi. Me’da osti bezining hazm jarayonidagi ishtiroki. Oziq moddalarning hazm yo‘lida so‘rilishi. Yo‘g‘on ichakdagi hazm xususiyatlari.
5-mavzu: Ayiruv tizimining fiziologiyasi. Buyraklar funksiyalari. Organizmdagi ayiruv jarayonlari va ularning bolalardagi xususiyatlari. Ayiruv a’zolarining gomeostazni ta’minlashdagi ishtiroki. Siydik hosil bo‘lishi jarayonlari, ularning boshqarilishi va bolalardagi xususiyatlari. Nefronning tuzilma-faoliy tavsifi. Buyraklarning sekretor faoliyati. Buyraklar faoliyatini o‘rganish usullari.
6-mavzu: Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi. Fiziologik jarayonlarning gormonal boshqarilishi. Ichki sekretsiya bezlarining organizm funksiyalarini boshqarishdagi ishtiroki. Ichki sekretsiya bezlarining nerv tizimi bilan bog‘liqligi. Gipotalamo-gipofizar tizim. Gormonlarning umumiy xossalari va tasnifi. Ichki sekretsiya bezlarini o‘rganish usullari. Gipofiz gormonlari. Qalqonsimon bez gormonlari. Me’da osti bezi gormonlari. Buyrak usti bezi gormonlari. Jinsiy gormonlar. Epifiz, timus va yo‘ldosh gormonlarining fiziologik roli.