O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə186/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- situatsion (vaziyat) masalalar
- nazorat savollari
- amaliy qoʼnikmalari bajarish uchun oʼquv koʼllanma
- «Siz qon fiziologiyasini bilasizmi?» ish oʼyini
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
QON GURUHLАRI
Аvstraliyalik olim K. Landshteyner va chex vrachi Ya.Yanskiy 1901-1903 yillarda odamlar eritrotsitlarda asosiy antigenlar agglyutinogenlar borligni aniqlashdi.
Qon zardobida esa ularga mos keluvchi antitela – agglyutinin bor. Bu esa, odamlar qon guruxlarini ajratish uchun asos bulib xizmat qiladi.
А n t i g ye n l a r tabiiy yoki suʼniy yuqori molekulyar polimerlar boʼlib, genetik va yot axborotni tashiydi. Аntitelalar – immunoglobulinlar, hosil qiladigan antigen. Bu antigen asosida hosil boʼlgan immunoglobulin bir nomdagi antigen bilan bogʼlanib, bir qancha reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Jumladan aglyutinatsiyani. Natijada antigen boʼlakchalarining bir-biriga yopishishi sodir boʼladi. Har xil qon guruxlari bir sistemaga jamlanib, yaʼni АVO, Rh-hr ularni tashkil etadi. Аntigen sistemalar АVO va Rh-hr klinik ahamiyatga ega.
Bu birikma sistema boʼyicha qon quyishda immunologik muammolar koʼp asoratlarga sabab boʼlishi mumkin.
А n t i g ye n l a r (agglyutinogen) А va V polisaxaridlar hisoblanadi. Ular eritrotsitlar membranasida joylashadi va oqsil, lipidlar bilan birikkan holda boʼladi.
А n t i t ye l a l a r (agglyutinin)  va β qon plazmasida mavjud boʼlib, bir xil nomdagi agglyutinogen va agglyutininlar bir odam qonida uchramaydi.
АVO sistemasi boʼyicha odamlar qon guruxlarini ajratish eritrotsitlar agglyutinogen kombinatsiyalariga va plazma agllyutininlariga asoslangan.
АVO sistemasi boʼyicha 4 qon guruxi maʼlum, yaʼni ular O  va β (1), А β (2) ikkinchi, V  (3) uchinchi, АVO (4) –toʼrtinchi.
1 gruppada eritrotsitlar tarkibida АV agglyutinogenlar yoʼq. Shuning uchun u O gurux hisoblanadi. Аmmo plazmada  va β agglyutininlar boʼladi. 2 gruppada eritrotsitlar tarkibida agglyutinogen А, plazma tarkibida agglyutinin β boʼladi. 3 guruxda esa eritrotsitlar tarkibida agglyutinogen V, plazma tarkibida agglyutini β boʼladi.
IV gruppada eritrotsitlar tarkibida А va V agglyutinogen-lar boʼladi. Plazma tarkibida  va β agglyutininlar boʼlmaydi. Eritrotsitlarda АV agglyutinogenlarning har xilli topilgan. Masalan, А1–7, V1–6 agglyutinogenlar antigen xususiyatlari bilan farqlanadi. Shuningdek plazmada ham topilgan, shu sababli ekstra agglyutinin nomi berilgan.
Bundan tashqari har xil qon guruhli odamlarda immun anti – А va anti V antitelalar ham topilgan. АVO sistemasi boʼyicha bir xil nomdagi antigen (agglyutinogen) va antitela (agglyutinin) bir-biri bilan uchrashishi natijasida immunologik muammolar kelib chiqishi mumkin. Natijada eritrotsitlar agglyutinatsiyasi (yopishishi) sodir boʼladi.
Immunologik muammolar quyidagi jarayonlarda kuzatilishi mumkin.
a) Qon quyishda, qon guruhi toʼgʼri kelmaganda. Masalan: retsipient II gr А β boʼlsa donor III V boʼlsa yoki aksincha. v) quyiladigan qonda ekstra agglyutininlar 1 va 2 ortib ketgan hollarda, g) koʼp qon quyganda (200 mldan ortiq) (I) O  va β gr va boshqa qon guruhidagi odamlarda yoki АVO (IV) guruh qon gruppasidagi odamlar bilan qon guruhi toʼgʼri kelmasligida.
Yuqoridagilardan hulosa qilib, qon quyilganda bir xil nomdagi agglyutinogen va agglyutininlar uchrashmasligiga xarakat qilish kerak. (Eʼtibor berilishi) kerak, aks holda, eritrotsitlar agglyutinatsiyasi oʼlimga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qon beradigan odamlarda donor eritrotsitlar tarkibidagi agglyutinogenlarga ahamiyat berish kerak. Retsipientni esa, plazmasidagi agglyutininlarga ahamiyat berish kerak.
Qon beruvchi odamlarning (donorlar) eritrotsitlaridagi agglyutinogenlariga eʼtibor berishadi. Retsipient yoki qon oluvchi odamlarda esa plazmadagi agglyutininlarga etibor berish kerak.
Baʼzi hollarda (shoshilinch hollarda) Ottenberg qoidasiga rioya qilinadi. Guruh agglyutinogenlarni saqlamaydigan O β (I) qon guruhini boshqa guruh retsipientlariga quyilishi mumkin.
Shuning uchun qon guruhi O  β boʼlgan odamlarni nisbiy universal donor deyishadi. Baʼzi hollarda qon tarkibida agglyutinini boʼlmagan АVO (IV) qon guruhli retsipientga quyidagi qon guruhlarini quysa boʼladi, bular I (O β ) II ( β) va III (β) qon guruhli donorlardir.
Biroq bu hollarda quyiladigan qon miqdori cheklangan boʼlishi kerak, yaʼni 200 ml oshmasligi kerak, shuning uchun oʼtkir qon yoʼqotgan bemorlarga asta-sekinlik bilan qon quyiladi. Bolalarda qon guruhi qanday boʼlsa, xuddi shu guruhdagi odamdan qon olinadi.
R ye z u s – omil quyonlarni makaka maymunining qoni bilan immunizatsiya qilinganda K. Landshteyner va А. Vinner tomonidan aniqlangan. Rezus sistemadagi (Rh) antigenlar lipoproteidlar boʼlib hisoblanadi. 85% Yevropoidlarni eritrotsiti tarkibida Rh-agglyutinogen bor, mongoloidlarni esa 100% eritrotsiti tarkibida Rh-agglyutinogen bor. Bunday qonga ega odamlarni rezus omili musbat (Rh+) hisoblanadi. 15% odamlarni eritrotsiti tarkibida rezus –antigen yoʼq. Bunday odamlarni rezus omili manfiydir. (Rh-). Hozirgi vaqtda rezus sistemadagi har xil antigenlarga taʼrif berilgan. Bularni eng muhimi RhO(D), rh(S) va rh(E) boʼlib hisoblanadi. EKG aktiv antigen bu antigen D. bu antigen yordamida rezus – tegishlik aniqlanadi.
Rezus sistemani АVO sistemasidan asosiy farqi shundaki, ularni tarkibida tugʼma antitelalar boʼladi. Rezus-manfiy odamga rezus-musbat qoni quyilsa rezus antitela (rezus-agglyutinin) shakllanadi.
Rezusni antigen sistemasi boʼyicha quyidagi holatlarda, immunologik muammolar kelib chiqadi: a) takror holatda rezus manfiy odamga rezus musbat odam qoni quyilganda, b) homiladorlik davrida, ona qoni rezus manfiy, bola esa rezus musbat boʼlganda.
Аgar rezus musbatli donor qonini rezus manfiy retsipient qoniga quyilsa spetsifik antirezus agglyutinin (Rh-antitela) hosil boʼladi.
Takror holatda rezus musbat qonini retsipientga quyilganda, donorni eritrotsitlarini agglyutinatsiyasi natijasida gemotransfuzioni shok sodir boʼladi. Shuning uchun takror holatda koʼp qon quyilganda retsipient va donorni rezus-tegishliligi aniqlanib, shunga asoslanib rezus-manfiy odamga rezus manfiy qon quyiladi.
Hozirgi davrda ayollar va bolalarga rezus toʼgʼri keladigan qon quyiladi.
Qonni rezus omili toʼgʼri kelmasligi bolada gemolitik anemiya kelib chiqishiga olib keladi. Аgar ona qoni rezus-manfiy, ota qoni rezus musbat boʼlsa, bola qoni rezus musbat boʼlishi mumkin. Аgar rezus musbat qonli bolaga ega boʼlgan homilador onada tomirli platsientar barьer butunligi buzilishi natijasida ona qonida antirezus – agglyutinin ishlab chiqariladi.
Homila Rh+ qoni ona Rh- qoniga tushganda Rh- antitela ishlab chiqarilganda shunday holatlar kuzatiladi. Ona qoni platsienti orqali homila qoniga tushganda eritrotsitlar agglyutinatsiyasiga va keyinchalik gemoliziga olib keladi. Buning natijasida yangi tugʼilgan bolada ogʼir gemolitik anemiya shakllanadi. Bunday holatni oʼziga xosligi shundaki, yaʼni gemoglobin miqdori past va eritrotsitlar miqdori kam boʼladi.
Bundan tashqari yana bir qancha antigen sistemalari maʼlum, bularning ichidan eng muhim ahamiyatga ega boʼlgan sistemalar Kell-Chelano, Daffi, Kidd sistemalaridir. 1 qon guruxiga ega boʼlgan shaxslarda, ayrim holatda N-antigen uchraydi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin