O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Reja: 1. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining predmedi maqsadi vazifasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə2/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Reja:
1. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining predmedi maqsadi vazifasi.
2. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanini o’rganish usullari.
3. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanini qisqacha rivojlanish tarixi.
4. Organizmda funktsiyalarning boshqarilishi.


Tayanch iboralar: fiziologiya, evolyutsiya, gomeostaz, gumoral boshqaruv, nerv boshqaruv, eksperiment, ekstirpatsiya, transplantatsiya, denervatsiya, ligatura, fistula, kateterizatsiya, vivisektsiya, perfuziya.
Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining predmedi maqsadi vazifasi.
Fiziologiya (yunoncha fizis–tabiat, logos–ta’limot, fan) tirik organizmning funksiyalarini, unda sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganadi. Bu fan tizimlar, a’zolar, to’qimalar, hujayralar funksiyalarini va ularni boshqarilish mehanizmlarini, organizmni tashqi muhit bilan aloqasini ta’minlanishini o‘rganuvchi fandir.
Fiziologiya predmeti. Fiziologiya tirik organizm, undagi a’zolar, to’qimalar, hujayralar va hujayra tarkibiy elementlarining hayot faoliyati (funktsiyasi) jarayonlarini, organizmning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.
Fiziologiya funktsiyalarning turda va individda rivojlanishini, ularning doimo o’zgaruvchan tashqi sharoitiga moslanishini o’rganadi.
Funktsiyalarni chuqur o’rganish va shu tariqa faol ta’sir ko’rsatib, ularni zaruriy tomonga yo’naltirish fiziologiyaning asosiy maqsadidir.
Fiziologiya mustaqil bo’lgan, bir-biri bilan bog’langan bir qancha fanlarga bo’linadi. Fiziologiyani avvalo umumiy va hususiy solishtirma va evolyutsion, shuningdek, ixtisoslashgan (yoki amaliy) va odam fiziologiyalariga bo’lish mumkin.
Umumiy fiziologiya – muhit ta’siriga tirik organizm javob berishining umumiy qonunlarini, har bir organizmga xos bo’lgan hayotiy jarayonlarni o’rganadi.
Xususiy fiziologiya – to’qimalar (muskul, nerv va b.), a’zolar (miya, yurak, buyrak va b.), tizimlar (hazm, qon aylanish, nafas va b.) funktsiyasini o’rganadi.
Solishtirma fiziologiya – har xil turlarga mansub bo’lgan organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funktsiyasining o’ziga xosligini o’rganadi.
Evolyutsion fiziologiya – funktsiyalarni tur va individda rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Ixtisoslashgan (yoki amaliy) fiziologiya ixtisosiga, bajarayotgan ishiga yoki yashayotgan muhitiga qarab organizm funktsiyalarini o’zgarish qonuniyatlarini o’rganadi. Qishloq xo’jalik hayvonlari fiziologiyasi va ba’zan odam fiziologiyasining ayrim qismlari (aviatsion, kosmik, suv osti fiziologiyalari va b.) ixtisoslashgan fiziologiyaga misol bo’lishi mumkin.
Odam fiziologiyasi – amaliy tibbiyotning nazariy asosi hisoblanadi, fiziologik jarayonlarning normal holatini bilgandagina kasallikni davolashda organizm faoliyatining dastlabki holatiga qaytara olishi mumkin.
Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Fiziologiya o’z tadqiqotlarida fizika va kimyo qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish usullaridan unumli foydalanadi. Organizmdagi barcha faoliyat modda va energiya almashinuvi, ya’ni kimyoviy va fizikaviy jarayonlarining amalga oshishi bunga sabab bo’ladi. Bu ikki yo’nalish yordamida juda ko’p ma’lumotlar to’plandi, organizmda fizik va kimyoviy jarayonlar o’tishining o’ziga xos qonuniyatlari aniqlandi, bu jarayonlarni o’rganish uchun maxsus texnikaviy usullar ishlab chiqildi va natijada mustaqil biologik fizik va biokimyo fanlari vujudga keldi.
Fiziologiyadagi biofizik yo’nalishining muhim tarmoqlaridan biri-elektrofiziologiya sinalib, bu sohada hayvonlar organizmida nerv, muskul va to’qimalari qo’zg’alganda ro’y beruvchi elektr hodisalarini o’rganadi.
Fiziologiya morfologik fanlar-anatomiya, gistologiya, tsitologiyaga chambarchas (uzviy) bog’liq. Organizm va qismlarining shakli, tuzilishi va ularning funktsiyasi o’zaro bog’liq, ularning makroskopik, mikroskopik va submikroskopik tuzilishini va muayyan funktsiya yuzaga chiqayotgan paytda bu tuzilish o’zgarishini bilmay turib organizm funktsiyalarini chuqur o’rganib bo’lmaydi.
Fiziologiya umumiy biologiyaga, evolyutsion ta’limotga va embriologiyaga ham tayanadi, chunki har qanday organizm faoliyatini o’rganish uchun uning taraqqiyot tarixi – filogenezi va ontogenezini bilish lozim.
Fiziologiya barcha tibbiyot fanlariga uzviy bog’liq. Sog’lom organizmda ro’y beruvchi fiziologik jarayonlar bilib olingandagina turli kasalliklarda organizmdagi funktsiyalarning buzilganligini tushunish, kasalliklarni davolashning to’g’ri yo’llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin. Masalan, qon guruxlarining kashf qilinishi, qon quyish kabi tibbiyot uchun muhim tadbirlarga fiziologiya fani asos bo’ldi.
Tibbiyot ham o’z navbatida fiziologiyaga g’oyat ko’p imkoniyatlarni yaratib berdi. Odamning turli kasalliklarini o’rganish ko’pchilik normal fiziologik jarayonlar mexanizmini tushunishga va ba’zi a’zolar funktsiyasini aniqlashga yordam beradi. Tibbiyot amaliyoti fiziologik eksperiment oldiga yangi vazifalar qo’yadi va shu bilan birga yangi fiziologik dalillarning boy manbai bo’la oladi.
Fiziologiya psixologiya va pedagogikaga ham bog’liq. I.P.Pavlovning yaratgan oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limot psixologiya va pedagogikaning tabiiy-ilmiy asosidir.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin