O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə14/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Аnalitik yoʼnalish
• Har bir hujayra organlar faoliyati alohida oʼrganilgan
• Oʼrganiladigan hodisani juda chuqur boʼlib oʼrganish bilan harakterlanadi.
Sintetik yoʼnalish
• Yaxlit bir butun yoʼnalish organizm – bir butun tizim sifatida oʼrganiladi.
Fiziologik tizimlarning ishonchliligi
• Bir – birini takrorlash
• Organizmda struktura elementlarini rezervi va ularning funktsional mobilligi (harakatchanligi)
• Organ va toʼqimalarning jarohatlangan qismini regeneratsiyasi va yangi struktura elementlarini sintezi
• Tashqi muhitning har xil sharoitlariga organizmni aktiv faoliyatga adaptatsiyasi.
Аdaptatsiya – Tashqi muhit va ish faoliyatini oʼzgarishlariga organizm moslashuvini taʼminlovchi mehanizmlar va reaktsiyalar majmui
• Filo va ontogenezda organlar strukturasini takomillashishi
• Organ va tizimlarni ishlab turishini tejamliligi
• Regulyator mehanizmlarni ishonchliligi
• Markaziy Nerv sistemasining plastikligi
MАSning plastikligi – nerv elementlari va ularning uyushmalarining oʼzgartirish qobiliyati:Organizmni kislorod bilan taʼminlanishi.
Boshqarish mexanizmlari: nerv orqali, gumoral (gormonlar, metabolitlar, mediatorlar) miogen.
Turli ta’sirlarga organizm va xujayralarning strukturasini oʼzgarishi bilan bergan javobi – biologik reaktsiyalar deb aytiladi. Ularni yuzaga chiqaradigan ta’sirlarni esa ta’sirlovchilar yoki stimullar deb yuritishadi. Xujayralar reaktsiyasi, shakli, strukturasi, oʼsish va boʼlinish protsesslarining oʼzgarishida ulardan turli kimeviy birikmalar hosil boʼlishida potentsial energiya kinetik energiyaga aylanishida namoyon boʼladi.Tashqi muhitni yoki organizm ichki holatining har qanday oʼzgarishi ta’sirlovchi boʼla oladi.
Ta’sirlovchilarni uch guruhga ajratish mumkin.
Fizikaviy ta’sirlovchilar
Kimeviy ta’sirlovchilar
Biologik ta’sirlovchilar.
Ba’zi xujayra va toʼqimalar (nerv, muskul, bez xujayralari) ta’sirotga tez reaktsiya koʼrsatishga maxsus moslashgan. Bunday xujayra va toʼqimalar qoʼzgʼaluvchan deb aytiladi.
Organizm, organ, toʼqima yoki xujayrani bergan ta’sirotga aktiv spetsifik reaktsiya bilan javob qaytarishi – qoʼzgʼaluvchanlik deyiladi. Spetsifik reaktsiya (Nerv impul’sini generatsiya qilish, qisqarish, sekretsiya qilish).
Taʼsirchanlik – har xil faktorlarni taʼsiriga struktura va funktsiyalarning oʼzgarishi bilan javob qaytarish.Qoʼzgʼaluvchanlik – taʼsirga ayrim toʼqimalarni (Nerv, mushak, bez) qoʼzgʼalish jarayonini generatsiya qilish qobiliyati, xususiyati. Qoʼzgʼalish – qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarni taʼsirotga spetsifik reaktsiya bilan javob qaytarishi (Nerv-impul’slar oʼtkazish, mushak- qisqarish, bez-sekret ajratish). Kuchiga qarab taʼsirlovchilar turi:boʼsagʼa, boʼsagʼa usti, boʼsagʼa osti Qoʼzgʼalishni yuzaga keltiradigan taʼsirlovchini minimal (eng kam) kuchiga boʼsagʼa kuchi deyiladi. Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarga taʼluqli: Nerv, mushak,bez
Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarga xos: qoʼzgʼaluvchanlik, oʼtkazuvchanlik, refrakterlik, labillik. Tirik organizmlarda quyidagi bioelektrik hodisalar ajratiladi: tinchlik potentsiali, Lokal javob, harakat potentsiali
Sinonimlar – qoʼzgʼalish, biotok, impul’s, harakat potentsiali.
Bioelektrik hodisalarni ochilishi
1. Gal’vani tajribalari
2. Matteuchi tajribalari
3. Chagovets, Bernshteyn, Xodjkin, Xaksli va Katts nazariyalari
Membrana
1. Qalinligi 6-12 nm
2. Lipid va oqsillardan tashkil topgan
3. Bisloy fosfolipidlarga ega
4. Yuzasiga globoʼlyar oqsillar qadalgan
5. Muqopolisaharidlari bor
Hujayra membranasining foʼntsiyalari: bar’er, himoya, tashqi va ichki muhitni oʼzgarishini qabul qilish, elektr zaryadni hosil qilish, biologik aktiv moddalarini ishlab chiqarish, transport funktsiyasini boshqarish.
Membrana oqsillarining roli: retseptor, fermentativ, ion kanallarini hosil qiladi, ionlar va molekulalarni oʼtkazuvchisi hisoblanadi, ion nasoslari hisoblanadi
Membrana kanallari: Na, K, Ca, Cl ionlari uchun, oʼlchami 0.5-0.7 nm, ionlarni erkin oʼtish kanallari bor – passiv transport, selektiv kanallari bor – transportning aktiv mexanizmi bilan oqsil – oʼtkazgichi ishtirokida.
Ion nasosi:
1. Energiya sarflab, ionlarni gradientga qarshi transportini taʼminlaydigan tizim
2. U xujayra ichi va sirtida ionlar tarkibi muvozanatini taʼminlaydi
3. Oʼtkazgich tizimi nasosning bir sikl ishida xujayradan 3 ta natriy ionini chiqazib, 2 ta kaliy ionini kirgizadi.
4. Membrana potentsialining paydo boʼlish va saqlab turish nazariyasini 1902 yilda Yu.Bernshteyn taklif etgan
5. 1949—1952 yilda А.Xodjkin, E.Xaksli, B.Kattslar zamonaviy membrana – ion nazariyasini kashf etishgan
Tinchlik potentsiali

  • Tinch holatdagi stabil potentsial

  • Membrana zaryadi 30 – 90 mv

  • Ichkarida membrana zaryadi manfiy, tashqarida musbat

  • Sababi – hujayra ichi va tashqarisida ionlarning kontsentratsiyasini har xilligi

  • Tinchlik potentsialini shakllantiruvchi asosiy ion kaliy – membrana tanlab oʼtkazadi

Hujayra ichida sirtiga nisbatan. Kaliy ionlari 30-50 baravar koʼp.
1. Natriy ionlari 8-10 baravar kam
2. Xlor ionlari 50 baravar kam
Membrana oʼtkazuvchanligi Tinch xolatda Qoʼzgʼalganda Kaliy ioni 20-100 Natriy ionlari 10
baravar koʼproq baravar koʼproq Natriyga nisbatan Kaliyga nisbatanQoʼzgʼaluvchan hodisalarni oʼrganish uchun tuzilmalar
Elektrodlar 0.5 mkm, 3M KCI eritmasi
Biopotentsiallarning kuchaytirgichi
Qayd qiluvchi ostsillograf
Stimulyator
Informatsiyani qayta ishlash tizimi
Tinchlik potentsiali (TP).
Tinchlik holatida xujayraning Tashqi yuzasi bilan protoplazmasi oʼrtasidagi potentsiallar ayirmasi tinchlik potentsiali, yoki membrana potentsiali deyiladi.Nerv tolalarida TP- 70-90 mV.Skelet mushaklarida – 30-90 mV. Silliq mushaklarda- 30-70 mV.Yurak mushaklarida-80-90 mV. Harakat potentsiali (XP) qoʼzgʼalgan vaqtida membrana potentsialining oʼzgarishi harakat potentsiali deyiladi. XP -80-130 mV teng. Davomiyligi Nerv tolalarida 0,5-1 ms. Skelet mushaklarida- 10 ms-gacha. Yurak mushaklarida – 300-400 ms-gacha
Harakat potentsiali – xujayra membranasini oʼtkazuvchanligi oʼzgarishi ionlarni xujayra ichiga va sirtiga diffuziyasi natijasida membrana potentsialining tez oʼzgarishi bilan ifodalanadigan elektrofiziologik jaraen.
HP xossalari: taʼsirot kuchiga bogʼlik emas, kuch qon uniga buysinmaydi, «bor va yoʼq» qon uniga buysoʼnadi, qoʼzgʼaluvchan lik pasayadi, qoʼzgʼalish toʼlqin shaklida tarqaladi.
Harakat potentsialining egri chizigʼini fazalari:
1. Lokal javob
2. tez depolyarizatsiya
3. zaryad reversiyasi
4. Harakat potentsialining choʼqqisi
5. tez repolyarizatsiya
6. manfiy iz potentsiali
7. musbat iz potentsiali
Lokal javob va uning xossalari:
Lokal javob - tarkalmaydigan maxalliy javob, boʼsagʼa osti kuch bilan taʼsir berganda sodir boʼladi. Summatsiyalanish qobiliyatiga ega.Tarqalmaydi. Kuchga bogʼliq.«Bor va yoʼq» qon oʼnga boʼysinmaydi. Qoʼzgʼaluvchanligi yuqori. Miqdori 10-40 mV ga teng.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin