O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Nerv tolalari bo’ylab qo’zg’alishni o’tishi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə13/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nerv tolalari bo’ylab qo’zg’alishni o’tishi.
Nerv tolalarida qo’zg’alishning tarqalishi. Nerv o’zani bir yoki bir necha nerv tolalaridan iborat, ular umumiy perinerval parda bilan qoplangan. Nerv tolalari nerv hujayralarining o’siqlari hisoblanadi. Ular mielinli va mielinsiz tolalarga bo’linadi. Mielinli tolalar somatik nerv tizimining, ya’ni sezgi a’zolari va skelet muskullariga boradigan sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarning tarkibiga kiradi. Mielinsiz tolalar umurtqali hayvonlarda, asosan, vegetativ nerv tizimida uchraydi. Mielinli nerv tolasi 7-rasmda ko’rsatilganidek, o’q tsilindrdan va shu tsilindrni qoplovchi mielinli hamda Shvan pardalaridan tashkil topgan. O’q tsilindr membrana va aksoplazmaga ega. Aksoplazmadan juda ingichka neyrofibrillalar o’tgan, shu neyrofibrillalar orasida esa bir talay mitoxondriyalar va mikrosomalar bor. Mielin qavat Shvan hujayra o’q tsilindrni ko’p marta aylanib o’rashidan hosil bo’ladi. U 80 % lipidlardan va 20 % oqsillardan tashkil topgan. Mielin pardasi har 1-2 mm da uziladi. O’q tsilindrning mielinsiz qismlari (ularning kengligi 0,1-0,2 mm) Ranve bo’g’imlarida bo’lmaydi. Ularning o’q tsilindri faqat SHvann pardasi bilan qoplangan.
Mielinli nerv tolalaridan qo’zg’alishlarning o’tishi mielinsiz nerv tolalaridan farq qiladi.
Nervlarda qo’zg’alashining o’tkazilishi qonunlari. Nerv tolalarida qo’zg’alishning o’tkazilishi o’rganilganda shu jarayonining kechishidagi bir necha qoida (qonun) aniqlangan.
Nervning anatomik va fiziologik uzuluksizligi qonuni. Nerv tolasidan qo’zg’alishning o’tkazilishi uchun o’q tsilindrning qo’zg’aluvchan membranasi anatomik va fiziologik jihatdan butun bo’lishi shart. Agar nerv tolasini qirqib, anatomik butunligi buzilsa, qo’zg’alishlarning o’tishi to’xtaydi. Nervni qirqib qo’yishgina emas, balki o’q tsilindr membranasini har qanday yo’l bilan ta’sirlab, shikastlash, masalan, nervni bog’lab qo’yish yoki nerv tolalarni xaddan tashqari taranglash natijasida qo’zg’alish o’tkazilmaydigan bo’lib qoladi. Bundan tashqari nerv impulsining generatsiyasiga xalal beruvchi ta’sirlarda ham nerv qo’zg’alishlarini o’tkaza olmay qoladi. Masalan: nervni xaddan tashqari sovutish yoki isitish, qon kelishini to’xtatish va x.k.
Shunday dalillarga asoslanib nerv tolalarining anatomik va fiziologik uzluksizligi bo’lgandagina qo’zg’alish o’tishi mumkin, degan qonun ta’riflab beriladi.
Ikki tomonlama o’tkazish qonuni. Nerv tolasiga ta’sir etilganda qo’zg’alish ikki tomonlama uzatiladi, ya’ni markazdan qochuvchi yo’nalishda ham, markazga intiluvchi yo’nalishda ham tarqaladi. Bu quyidagi tajribada isbot etiladi. Nerv tolasiga ikki juft A va B elektrod qo’yib, ular ikkita elektr o’lchov asbobiga ulanadi. Nerv tolasining shu ikkala elektrod oralig’idagi qismiga ta’sir etiladi. Qo’zg’alishlar ikki tomonlama o’tganligi natijasida ikkala asboblar ham qo’g’alishni qayd etadi. Nervning ikki tomonlama o’tkazilishi faqat laboratoriya fenomeni emas. Tabiiy sharoitlarda, harakat potentsiali hujayra tanasidan o’simta-akson boshlanish (boshlang’ich segment) joyida vujudga keladi va boshlang’ich segmentdan qo’zg’alishlar ikki tomonlama: aksondan nerv oxiriga tomon va hujayra tanasiga va uning dendritlari tomon o’tkaziladi.
Qo’zg’alishning nervdan ajratilib o’tkazilish qonuni. Har qanday periferik nerv o’zani bir talay harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ nerv tolalaridan iborat. Bu tolalar orqali bir vaqtning o’zida chastotasi bo’yicha farq qiladigan turli yo’nalishdagi impulslar o’tadi va bu tolalar bir-biridan juda uzoqda turgan bir talay periferik tuzilmalarni idora qiladi.
Agar impulslar nervning har bir tolasida alohida tarqalib, bir toladan ikkinchi tolaga o’tmasagina periferiyadagi barcha a’zo va to’qimalar normal ishlay oladi. Tolalarni qoplagan SHvann va mielin pardalar yuqori elektr qarshilikka ega bo’lganligi uchun tolalarni ajratib turadi.
Bu qonunni isbotlash uchun baqaning orqa miya ildizlari ajratiladi. Bu ildizlar qo’shilib, muskulni innervatsiyalovchi o’zan hosil qilinadi. Butun nerv o’zani elektr toki bilan ta’sirlansa, muskulning hamma qismi qiskaradi. Nerv o’zanini tashkil qiluvchi ildizlar alohida–alohida ta’sirlansa, faqat shu ildiz tarkibidagi tola innervatsiyalovchi muskulning qismigina qisqaradi.
Fiziologiya butun organizm va uning ayrim qismlari: hujayra, toʼqima, a’zo va funktsional sistemalarining hayotiy faoliyatlari haqidagi fan. Fiziologiya – odam organizmining hayot faoliyati protsesslarini oʼrganadi.Tirik organizm, undagi organlar toʼqimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funktsiyalarini, oʼzaro moʼnosabatlarini, organizmning turli holatlardagi oʼzgarishlarini oʼrganadi. Normal fiziologiya - asosan, normal, sogʼlom organizm hayotiy faoliyat qon oʼnlarini, uni muhit bilan moʼnosabatini, ularni oʼzaro ta’sirini, turli chegaradan chiquvchi faktorlar ta’siriga chidamliligini, funktsiyalarni moslashtirish-adaptatsiya mexanizmlarini oʼrganadi. Fiziologiya 2 soʼzdan iborat. Physis - tabiat, logos - bilim, ta’limot.
Fiziologiya boshqa fanlar bilan chambarchas bogʼlangan, masalan anatomiya, gistologiya bilan. Organlar toʼqimalar va hujayralarni tuzilishini bilmasdan ularni funktsiyalarni chuqur toʼshinish mumkin emas.
Fiziologiya soʼzi yunoncha “physis” – tabiat, “logos” – taʼlimot soʼzlaridan iborat boʼlib, u hayot jarayonida hujayra, toʼqima, aʼzo, tizim va butun organizmda boʼlib oʼtadigan funktsiyalar va jarayonlarni oʼrganuvchi fandir.
Odam fiziologiyasi – amaliy tibbiyotning nazariy asosi hisoblanadi, fiziologik jarayonlarning normal holatini bilgandagina kasallikni davolashda organizm faoliyatining dastlabki holatiga qaytara olishi mumkin
Fiziologiya bu – hamma tibbiyot fanlarini saqlab turadigan ilmiy negiz. Fiziologiya klinik fanlarni oʼrganishni nazariy asosi hisoblanadi. Fiziologiyaning asosini biladigan shifoqor aniq diagnoz qoʼyadi, adekvat davolashni belgilaydi, organizm va tizimlarning ishonchli ishlashini taʼminlaydi. Fiziologiya – odam bilimining asosiy sohasi boʼlib, butun organizm, fiziologik tizimlar, organlar, hujayralar va ayrim hujayra strukturalari faoliyati haqidagi fan. Bu fan organizmni Tashqi muhit bilan oʼzaro bogʼlanishini oʼrganadi.
Fiziologiyani oʼrganish uchun gistologiya va odam anatomiyasini yaxshi bilish kerak.
Organizm tizimlarini va har xil organlarni funktsiyalanish qon uniyatlarini va ularni boshqarish mexanizmlarini chuqur bilish boshqa fanlarni – patologik fiziologiyani, farmakologiyani, klinik fanlarni muvaffaqiyatli oʼzlashtirishni taʼminlaydi. Fiziologiya barcha tibbiyot fanlariga oʼzviy bogʼliq. Sogʼlom organizmda roʼy beruvchi fiziologik jarayonlarni bilib olingandagina turli kasalliklarda organizmdagi funktsiyalarning buzilganligini tushunish, kasalliklarni davolashning toʼgʼri yoʼllarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin
Normal fiziologiya fanining vazifalari.
Oʼquv jarayonida normal fiziologiya fanini vazifasi boʼlajak shifokorlarda har bir organning funktsiyalanish mexanizmlarini tushunish, funktsional fikrlashni oʼrgatish bu esa shifoqor tafakkurini fundamenti hisoblanadi, uning professional ijodi bazasini tashkil qiladi. Vazifasi – boʼlajak shifoqorni metodik tayyorlash. Fiziologiyani oʼrganib, u tirik organizmda birinchi manipulyatsiya kunikmalarini oʼrganib, alohida tizimlar va butun organizm holatlarini baholaydi, bu esa boʼlajak shifoqorda funktsional diagnostika kunikmalarini shakllanishining fundamenti hisoblanadi.
• Vazifasi sogʼlik darajasini toʼgʼri, savodli izohlash, har bir odamda uni mustahkamlash yoʼllari va usullarini aniqlashga imkon yaratish. Fiziologiya shifoqorni sogʼliqni baholashga va oʼzgaruvchan ekologik vaziyatga, faoliyat harakteriga moslashish adaptatsiyasini bilishga tayyorlaydi
Fiziologiya sohasidagi nobel mukofotining laureatlari
• I.P.Pavlov 1904y «hazm qilish fiziologiyasi»
• S.Ramon, I. Kaxal’ 1906y «Neyron nazariyasi»
• А. Gul’strang 1911y «Koʼz fiziologiyasi»
• R. Barani 1914y «Muvozanatni saqlash organining funktsiyasi»
• А. Krog 1920y «Kapillyarlarda qon aylanishi»
• А. Xill 1922y «Mushaklarda issiqlik hosil qilish»
• Banting, D. Makleod 1923y «Insulinning kashfiyoti»
• V. Eyntxoven 1924y «Yurakning elektr potentsiallari»
• K. Landshteyner 1930y «Qon fiziologiyasi»
• Ch. Sherrington 1932 g «Detserebratsion rigidlik»
• O. Levi, G. Deyl 1936 g «Nerv toʼqimasining toʼqimalari»
• K. Xeymans 1939 g «Qon miqdorini boshqarilishi»
• D. Erlanger, G. Gasser 1944g «Nerv tolalarining funktsiyalari»
• V. Gess 1949g «Oraliq miyaning funktsiyalari»
• G. Bekeshi 1961g «Tovushlar analizining nazariyasi»
• D. Ekkls, E. Xaksli, А. Xodjkin 1963g «Membrana potentsialining nazariyasi»
• R.А. Granit, X.K. Hartlaynen 1967g «Koʼrish fiziologiyasi»
• U. Eyler, D. Аksel’rod, B. Katts 1973g «Nerv impul’sining nazariyasi»
• D. X’yubel, T. Vizel 1981g «Miyada informatsiyani qaytadan ishlanishi»
Tirik organizmning asosiy xossalari:taʼsirchanlik, modda va energiya almashinuvi, oʼsish va rivojlanish, koʼpayish qobiliyati
Organizmning ichki muhiti
• Toʼqima suyuqligi
• Qon
• Limfa
• Likvor
• Sinovial suyuqlik
• Koʼz ichi suyuqligi
• Ichki quloq suyuqligi
Organizmning ichki muhiti haqidagi mavqeini birinchi marta 100 yil oldin fiziolog Klod Bernar ifodalagan 1929 y. Uolter Kennon gomeostaz terminini kiritgan.
Gomeostaz – organizmni erkin va mustaqil ishini taʼminlovchi ichki muhitning doimiyligi.
Gomeokinez – yashash sharoitlari oʼzgarganda ichki muhit parametrlarini yangi darajaga oʼzgarishi.
Funktsiya (functio - faoliyat) butun organizmni hayot faoliyatini taʼminlovchi hujayra, organ va tizimlarning spetsifik faoliyati
Fiziologik tizim – bu umumiy yoki baʼzan bir nechta funktsiyalarni bajaruvchi irsiy mustahkamlangan toʼqima va organlar majmuasi.
Funktsional tizim – P.K.Аnoxin boʼyicha organizm uchun foydali muvofiqlashtiruvchi natijagʼa erishish uchun alohida organlar va fiziologik tizimlarning dinamik majmui.
Tirik organizm bu atrof muhitda maqsadga intilgan holda faol harakatlanuvchi va moslanuvchi, sezish qobiliyatiga ega boʼlgan oʼzluksiz modda va energiya almashinuvi yordamida oʼz – oʼzini boshqaruvchi, oʼz – oʼzini tiklovchi va oʼz – oʼzini yaratuvchi ochiq makromolekulyar tizim.
Organ – spetsifik funktsiyani bajaruvchi alohida toʼqimalar kompleksi shaklidagi organizmning bir qismi.
Toʼqima - tuzilishi, funktsiyalari va kelib chiqishiga qarab umumlashgan hujayra va hujayradan tashqari strukturalar tizimi.
Toʼqimalarning turlari:
• Nerv toʼqimasi – oʼzaro bogʼlangan nerv hujayralari – nerv tizimining asosi
• Epitelial toʼqima – qoplovchi va bez epiteliysi – sekretor hujayralar
• Biriktiruvchi toʼqima – shaxsiy biriktiruvchi (boʼsh va zich tolali), yogʼli, suyakli, togʼay, gemopoetik toʼqima, qon
• Mushak toʼqimasi – skelet, yurak, silliq
Fiziologik tekshirish usullari
Olib tashlash, yoki ekstirpatsiya usuli
• Koʼchirib oʼtkazish, yoki transplantatsiya usuli
• Denervatsiya usuli
• Ligatura solish usuli
• Tomirlar anostomozi usuli
• Fistoʼla qoʼyish usuli
• Kateterizatsiya usuli
• Perfoʼziya usuli
• Elektrofiziologik usullar
Oʼtkir tajribalar (yoki vivisektsiya)
• Hayvonga narkoz berib yoki uni boshqa usulda harakatsiz qilib, aʼzolarning faoliyati oʼrganiladi.
Suroʼnkali tajribalarda
• Fiziologlar hayvonni har xil usulda operatsiya qilib, u tuzalgandan soʼng, tekshira boshlashadi. Bunday hayvonda oylab va yillab tajriba oʼtkazish mumkin.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin