KRITIK POTENTSIАL KP – bu xujayra depolyarizatsiya jarayonida XP regenerativ qismi boshlanadigan MPning miqdori. Xujayra ichiga Na+ ionlarini intensiv kirishi natijasida depolyarizatsiya jarayoni juda tez boʼladi. 1ms davomida ochiq natriy kanali orqali 6 mingtagacha natriy ioni oʼtadi, bu uni oʼtkazuvchanligini qoʼshimcha oshishiga olib keladi, natriy kanallarini yangi m – darvozalari ochiladi va natriy oqimi xujayra ichiga regenerativ harakterga ega boʼlgan jarayonga olib keladi.
REFRAKTERLIK. Refrakterlik deganda fiziologlar qoʼzgʼaluvchanligining oʼta pasayashi toʼshuniladi. Refrakterlik vaqtida toʼqima oʼz foʼntsiyasini bajarayotib, tashqi taʼsirotga javob bermaydi (qoʼzgʼalmaydi). Refrakterlikning biologik ahamiyati shundaki bu vaqtda toʼqima oʼz ishini ohirgacha yetkazadi va bu vaqtda Tashqi taʼsirot boʼnga xalaqit bera olmaydi.
Refrakterlikning fazalari: absolyut refrakterlik fazasi, nisbiy refrakterlik fazasi, supernormal davr, subnormal davr.
Harakat potentsialining kelib chiqishi va rivojlanib avjiga chiqish davri absolyut refrakter fazasi deyiladi. Bu fazada qoʼzgʼaluvchanlik butunlay yuqoladi. Bu fazada taʼsirot har qancha kuchli boʼlsa xam , yangi harakat potentsialini vujudga keltira olmaydi. Аbsolyut refrakter fazaning oʼzoʼnligi har xil issiq qon li xayvonlarning bez, nerv toʼqimalarida bu fazaning oʼzoʼnligi 0,2-0,5 ms-ga teng. Skelet muskullarida 3-5ms. Yurak muskullarida 250-300 ms. Аbsolyut refrakter fazasidan keyin nisbiy refrakter fazasi boshlanadi. Davomiyligi nerv tolalarida 4-8 ms, skelet muskullarida 12-15 ms, yurak muskullarida 30-50 ms. Nisbiy refrakter fazada nerv yoki muskul tolasi kuchli taʼsirotga javob qaytara oladi, ammo harakat potentsialining amplitudasi keskin kamaygan boʼlib chiqadi. Nisbiy refrakter faza - super normallik fazasi bilan almashinadi. Bu fazada Qoʼzgʼaluvchanlik oshadi. Bu faza manfiy iz potentsiali yoki iz depolyarizatsiyasiga mos keladi. Super normal faza 10-30 ms davom etadi. Baʼzi toʼqimalarda super normal fazadan keyin qoʼzgʼaluvchanlikning subnormal fazasi boshlanadi, bu faza esa musbat iz potentsialiga (membraning iz giperpolyarizatsiyasiga) mos keladi.