Mazkur o‘quv fan (modul) yakunida o‘quvchilar quyidagi malaka talabida ko‘rsatilgan umumiy va (yoki) kasbiy (UK2, UK4, UK6, UK10, KK-2.1, KK-2.2, KK-2.3, KK-2.4, KK-2.5, KK-2.6, KK-2.7, KK-2.8,) kompetensiyalarga ega bo‘ladi.
UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada ishlay olish;
UK-4. Jamoada va ma’lum vazifani bajarishga yo‘naltirilgan guruhda ishlash, hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala va samarali muloqot qilish;
UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lish, o‘z millatini va Vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
UK-10. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, shuningdek, olingan kasbiy bilimlardan foydalangan holda harbiy burchni bajarish (yigitlar uchun)