2. Sanoat korxonalar tovar-moddiy zahiralar hisobini takomillashtirish Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi.
Amalda ular TMZlar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, TMZlar bir ishlab chiqarish jarayonida o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tannarxiga o’tkazadi.
Materiallarning har bir turi bo’yicha normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil belgilanadi. Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e’tibor beriladi.
Materiallar hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi Materiallar harakati bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarini o’z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish.
2. Materiallarni joylashda ularni to’g’ri saqlanish ustidan nazorat olib borish.
3. Moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi.
4. Materiallarning ishlab chiqarishga to’g’ri berilishi va ularni sarflash me’yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish.
5. Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan TMZlarni kalkulyatsiya ob’ektlarida to’g’ri taqsimlash.
6. Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan TMZlarni aniqlash va sotish.
Materiallar, yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga qarab ikkiga bo’linadi.
a) xom ashyo va asosiy TMZlar.
b) yordamchi TMZlar.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini asosiy TMZlar tashkil qiladi.
Masalan, mashinasozlikda – metall, mebel ishlab chiqarishda yog’och, gazlama ishlab chiqarishda –paxta va boshqalar. Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyo deb ataladi. Masalan, neft, ruda, paxta, qand lavlagi va boshqalar. Boshqa korxonalardan olinadigan mashina va agregatlarning to’g’ri detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi.
Tovar moddiy zahiralar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
1998 yil 27 avgust 44-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS-4) ga binoan olib boriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda
TMZlarni hisobga olish uchun 1000-«Materiallar» aktiv schyotidan foydalaniladi. Buschyot o’z navbatida bir necha schyotlarga bo’linadi.
- 1010 - Xom ashyo va TMZlar;
- 1020 - Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar;
- 1030 - yoqilg’i;
- 1040 - Ehtiyot qismlar.
- 1050 - Qurilish TMZlari.
- 1060 - Idish va idishbop TMZlar.
- 1070 - Qayta ishlashga berilgan TMZlar.
- 1080 - Inventar va xo’jalik jihozlari.
- 1090 - Boshqa TMZlar.
Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son)
standartiga ko’ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo’yicha baholanadi. Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig’imlarini, tovarni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlarni, soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Tovar moddiy zaxiralarning xususiyatlari quyidagilarda nomoyon bo’ladi:
- materiallarning mahsulot tarkibidagi ulushiga qarab;
- materiallar ishlab chiqarish jarayonida o’rniga qarab;
- ishlab chiqarishning uzluksiz vositasi sifatida taminlash;
- 4-sonli BHMS ga binoan, ombordagi va ombordan chiqib ketayotgan.
-materiallartning ombordagi hisobiga qarab;
-hujjatlarning rasmiylashtirilishi bo’yicha;
- mahsulot tan narxida aks etishiga qarab;
- materiallarning inventarizatsiyasi bo’yicha;
-hujjatlarda aks etishiga qarab;
Tovar moddiy zaxiralar korxona buxgalteriya balansiga sotib olingan va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar barcha xarajatlarni o’z ichiga olgan tannarx bo’yicha olinishi kerak.
Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
A) Bojxona bojlari va yeg’imlari;
B) Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan soliqlar va yig’imlar summasi
C) Vositachilarga to’lanadigan vosita haqi;
D) Tovar moddiy zaxiralarnisotib olish bilan bog’liq bo’lgan sertifikatlash xarajatlari;
E) Transport xarajatlari;
F) Tovar moddiy zaxiralarni sug’urta qilish xarajatlari;
G) Tovar moddiy zaxiralarni yuklash xarajatlari;
H) Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq boshqa xarajatlar;
Materiallarni qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichida joylashtirilishi va ombordan berilishi muomalalarini rasmiylashtirish uchun bir xillashtirilgan idoralararo dastlabki hujjatlar ko’zda tutiladi.
"Keladigan yuklarni ro’yxatga olish jurnali" M-1 haqli yuklarni temir yo’llar, suv pristanlari, transport ekspeditsiyasi idoralaridan olish va ularni xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga kirim qilish bilan bog’liq transport, tovarga oid va boshqa hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun qo’llaniladi. Jurnalga transport va yuk hujjatlari, kirim orderlari, TMZni qabul qilish dalolatnomalaridagi ma’lumotlar asosida yozib boriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga TMZlarni qabul kilishiga qarab jurnalga kirim orderlar (yoki qabul qilib olish aktlari)ning tartib raqamlari va kelib tushish sanalari yozib boriladi yoki schyoti to’langanligi haqida axtaruv summasi bilan bog’liq so’rovnomalar to’g’risida belgi qo’yiladi.
"Ishonchnoma" M-2 shakli lavozimdor shaxsning TMZlarni olish chog’ida xo’jalik yurituvchi sub’ektning huquqini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi ishonchnomani oluvchiga bir nusxada berib, undan tilxat oladi.
"Ishonchnoma" M-2a shaklini ishonchnoma bo’yicha TMZlar doimiy tusdam olinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlatadi. Bunday ishonchnomalarning berilish oldindan nomerlangan va tikib qo’yiladigan berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ro’yxatdan o’tkaziladi (M-3 shakl).
"Berilgan ishonchnomalarni ro’yxatga olish jurnali" M-3 shaklida beriladigan ishonchnomalar va ular olingani to’g’risidagi tilxatlar ro’yxatdan o’tkaziladi.
M-2 shakldagi ishonchnomadan foydalanishda olinganlik va berilganlik to’g’risidagi ma’lumotlar ishonchnoma koreshogida qayd qilinadi. Bu holda jurnalda berilga ishonchnomalar hisobga olib borilmaydi. "Kirim-orderi" M shaklida xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga mol etkazib beruvchilardan yoki qayta ishlovdan kelib tushgan TMZlar hisobi olib boriladi. TMZlaromborga kelib tushgan kuni moddiy javobgar shaxs bir nusxada kirim orderini tuzadi.
Kirim orderlarining blankalari moddiy javobgar shaxslarga oldindan nomerlangan holda topshiriladi.
"Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi" M-7 shakli shunday TMZlarni qabul qilish uchun rasmiylashtiriladiki, ularga doir ma’lumotlarda mol etkazib beruvchi ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan miqdor borasida tafovutlar mavjud bo’ladi, shuningdek, hujjatsiz kelib tushgan TMZlarni qabul qilishda ham tuziladi.
Qabul hay’ati moddiy javobgar shaxs va mol etkazib beruvchining vakilining ishtirokida ikki nusxada akt tuziladi va aktni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tasdiqlaydi. TMZlar qabul qilib olingan hujjatlar ilova qilingan aktlarning bittasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga moddiy qiymatlarni hisobiga olish uchun, boshqasi mahsulot etkazib beruvchiga topshiriladi.
TMZ buxgalteriya balansiga quyidagi holatlarda olinadi:
mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish;
ta'sischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;
ta'sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ta'sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
TMZ buxgalteriya balansiga quyidagi holatlarda olinadi:
bepul kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
ayirboshlash;
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;
ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish;
hisobot davri oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish.
Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil qilishda ularning tarkibi, holati, harakati, miqdori, xarid qilinishi, qayta baholash tartibi va hokazolarga e'tibor qaratish lozim.
Hisob ma'lumotlari mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini qidirib topish, moddiy qiymatliklardan tejamli foydalanish, xarajat me'yorlarini kamaytirish, ularni tegishli holatda saqlash va ularning butligini ta'minlash to‘g‘risidagi axborotlardan iborat bo‘lishi lozim
Ushbu bo‘limda quyidagi schyotlarning hisob tartibi yoritiladi:
1000 - Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar;
1100 - O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar;
1500 - Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar;
1600 - Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2000 - Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar;
2100 - O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2300 - Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar;
2500 - Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
2600 - Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2700 - Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar;
2800 - Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2900 - Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Korxonaga tegishli bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbop materiallar, inventarlar, xo‘jalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
1010 "Xom ashyo va materiallar";
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar";
1030 "Yoqilg‘ilar";
1040 "Ehtiyot qismlar";
1050 "Qurilish materiallari";
1060 "Idish va idishbop materiallar";
1070 "Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar";
1080 "Inventar' va xo‘jalik jihozlari";
1090 "Boshqa materiallar".
Materiallar hisobda ikkita bahoning eng pasti bo‘yicha materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda - haqiqiy tannarxi (sotib olish bahosi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor bahosi (sotishning sof qiymati) bo‘yicha hisobga olinadi.
Zarur hollarda (ishlatiladigan materiallarning nomenklaturasi katta bo‘lganda, korxona ichida materiallarning harakati intensiv bo‘lganda, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishida va boshqalarda) materiallar hisobi hisob bahosi bo‘yicha yuritilishi mumkin. Hisob bahosi sifatida reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari, ulgurji va boshqalar qabul qilinadi. Materiallarni hisob bahosi bo‘yicha hisobga olishda, har oy, haqiqiy tannarxi ko‘rsatilgan bahosining qiymatidan farqlanish summasi va foizlari hisoblab chiqiladi. Farqlar 1610 "Materiallar qiymatidagi farqlar" schyotida hisobga olinadi.
1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida quyidagilarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi:
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar;
b) mahsulot ishlab chiqarishda yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;
v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va h.k.;
g) yem-xashak va to‘shamalar. O‘zida ishlab chiqarilgan yem-xashak va to‘shamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga to‘g‘rilash bilan yil davomida reja tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida yig‘ishda va qayta ishlov berishda xarajat talab qiladigan ishlab chiqarilayotgan (qurilish) mahsulotni butlash uchun ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida xarid qilingan, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
1030 "Yoqilg‘ilar" schyotida neft' mahsulotlari, yoqilg‘i-moylash materiallari (YoMM) (neft', benzin, kerosin, dizel' yoqilg‘isi, yog‘ va hokazolar), qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va hokazolar) va gazsimon yoqilg‘i (gaz, gazolin), shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Yoqilg‘i-moylash materiallari (YoMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ularning hisobi 1030 "Yoqilg‘ilar" schyotida yuritiladi..
1040 "Ehtiyot qismlar" schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni ta'mirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun mo‘ljallangan asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zaxiradagi avtomobil' shinalari hisobga olinadi. Shu yerda ta'mirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida korxonaning ta'mirlash bo‘limlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, to‘liq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.
1050 "Qurilish materiallari" schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash, qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan, shuningdek boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va o‘zida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
1080 "Inventar' va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;
b) xizmat qilish muddatidan qat'i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar' va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.