O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi


Bob. Matetmatik ko`nikma va tasavvurlarini shakllantirish



Yüklə 143 Kb.
səhifə10/14
tarix03.04.2023
ölçüsü143 Kb.
#92648
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi R.Xurramov22222

2.Bob. Matetmatik ko`nikma va tasavvurlarini shakllantirish.
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga qo`shish va ayrish amallaridan chiqqan natijalarni qay tartibda aniqlashini bildirish.
Matematik masala deb, ikki yoki undan ortiq son ifoda ustida amal bajarib yangi bir sonni ifodani topishga aytiladi.Miqdoriy masalalar asosan sonlar, miqdorlar munosabatlar va ularga mos bo’lgan qisqa hayotiy voqeallarni, qamrab olib, ularni so’z bilan ifodalaydi.Arslar davomida bunday masalalarni yechish o’quvchilarni diqqatini jalb etib kelgan.Matematik olimlar masala va uning mohiyati haqida ajoyib fikrlarni aytib qoldirganlar.Masalani tushunishnigina yetarli deb bo’lmaydi, uni yechish uchun istak ham zarur.Kuchli istaksiz qiyin masalani yechib bo’lmaydi, u bo’lganda esa mumkin. Istak bo’lsa yo’li topiladi. Biz mana shu istakni avvalo boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirib borishimiz zarur.Miqdor o’lchoviga asoslangan masalalarni yechish bu masala shartiga berilgan sonlar va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlarini ochib beradi. Ana shu masaladagi noma‘lumni topish uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarida avvalo sodda masalalarni yechish malakasi hosil qilinadi. So’ngra o’quvchilar masalalarni quyidagicha yechia boshlaydilar. Tixeeva «bola bilimni hayotdan olishi kerak, hayotning o’zi har qadamda o`quvchini oldiga amaliy vazifalarni qo’yadi, ya‘ni o’lchash, sanash, ayirishlar. Har bir normal bola kattalarning yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi, deydi. Ayniqsa birinchi o’nlik sonlarni bilib olishga katta ahamiyat beradi. 21
Biz uchun yaratib berilgan va berilayotgan shart-sharoitlar dunyoning birorta davlatida uchramaydi. Biz yoshlar mana shu sharoitlardan foydalanib shunday kadrlarni tayyorlashimiz kerakki, kelajakda ular Elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan insonlar bo’lib yetishsin. Yoshlarning barkamolligi bizning kelajagimizdir.
Barkamol avlod Vatanning baxti. Shunday kashfiyotlarning ijodkori komil insondir. Inson komillikka bilim va tarbiya bilan erishadi. Ilm fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan paydo bo’ladi.22
(Abu Rayxon Beruniy)
Matematik g’oyalar barcha fanlarga kirib borib tadqiqot sohalarini shunchalik kengaytirib yuboradiki natijada bilimlarni yangi sohalariga asos soladi.
“Sof matematikaning obyekti boqiy dunyoning fazoviy belgilari va miqdoriy nisbatlari degan tamoyil materialdir”. (F.E‘ngliz).
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida o’tiladigan har bir mavzu bolaning yosh jismoniy ruhiyatiga va aqliy rivojiga ta‘sir ko’rsatishi lozim.
Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan o’rin olgan mavzulardan biri miqdor o’lchovlarini o’rganish usulidir. Bu mavzu juda katta mavzu hisoblanib boshlang’ich maktabning hamma sinflarida ya‘ni 1-2-3-4-sinflar matematika kursidan keng o’rin olgan. 1-sinfda miqdor o’lchovlarini oddiy elementlarini, 2-sinfda uzunlik o’lchovlariga oid dissemetr, santimetr, metr, vaqt o’lchovlariga oid soat, minut, sekund. Og’irlik o’lchovlariga oid gramm, kilogramm bilan tanishadilar.
3-sinflarda esa bular mustahkamlanadi: Kattaliklar usulida ishlashda o’quvchilarning olgan bilimlari rasmiy bo’lib qolmasligi kerak. Buning uchun o’quvchilarining mustaqil ishidan maksimal foydalanish kerak. Ularning hayotiy tajribalariga kuzatishlariga amaliyotda olgan bilimlariga tayanish kerak.
Boshlang’ich sinflarda uzunlik jismning massasi, hajmi, figuralarning yuzi o’rganiladi.
Jumladan o’lchamni o’rganish sohani o’rganish bilan boshlanadi. O’lchov birliklari, tegishli sanoq birliklari o’rganilgandan so’ngina o’rganiladi. Jismli sonlar ustidan arifmetik amallar bajariladi.
1. Qadimgi va hozirgi o’lchov birliklari orasidagi bog’liqlik.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, o’zbek tilida davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlarimiz tiklanayotgan biz ota-bobolarimiz hayotida foydalangan miqdor o’lchov birliklarini maktab boshlang’ich sinf matematika kursidan boshlab o’rganishni hozirgi zamon talabi deb bilamiz.
Masalan: O’rganilayotgan uzunlik birliklarini takrorlashda ular moddalarini qaytadan tayyorlash lozim kilometr bilan tanishtirishda shu masalani piyoda o’tish, masalalarni ko’z bilan chamalashni mashq qilib amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan ba‘zi buyumlarni uzunligini va masofa haqidagi ma‘lumotlarni. Ya‘ni o’z qadami uzunligini o’z bo’yini stol-stul balandligini, sinfxonaning bo’yi uzunligini eslab qolish shart.
Masalan, o’rganishda darslik rasmlarini o’rganish bilan bir qatorda narsalarini taroziga tortishga doir bir necha mashq o’tkazish kerak, sayohat paytida har xil tarozi turlari bilan tanishtirish kerak.23
Ba‘zi narsalarni (1 obi non) bir banka qatiq, bir chelak suv massasi, 5 kg olmadan nechta olma ketadi va hakozo).
Taroziga tortishda idishni og’irligini hisobga olish kerak. Vaqtga doir hodisalarning vaqti (oldin, keyin), ularning davomiyligi (qisqa, uzoq, yaqin) har xil vaqt birliklari haqida tasavvurga ega bo’lish uchun masalalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Bolalarni yil haqidagi, oy haqidagi tasavvurlarini aniqlashtiradi. Vaqtni 24 soat bilan hisoblash bolalar uchun yangilik hisoblanadi. Bolalar sutka davomida hodisalarni boshlanishi tugashiga doir masalalar yechganlarida shunday vaqt o’lchovlaridan foydalanadilar.
Bunday masalalar 3-sinfda qo’shish-ayirish amallarida yechishlari oy va yil haqidagi masalalar taqvimga doir yechiladi.
Sekund-vaqt o’lchovlarining eng kichik birligi. Asr eng yirik vaqt o’lchovi. Miqdor tushunchalari nafaqat boshlang’ich sinflarda qo’llanadi balki bu tushuncha matematikada keng o’rganilayotgan asosiy tushunchadir. Ana shuning uchun ham malakaviy ish mavzuni III-sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi dolzarb mavzu hisoblanadi.
Malakaviy ishda tuzilgan ilmiy faraz hozirgi va eski nomlar bilan yuritiladigan miqdor o’lchovlari orasidagi bog’lanish o’quvchilarga beriladigan matematik bilimlar sifati chuqurligi qay darajada ekanligini aniqlashda asos soladi.
U bolani sanashga o’rgatishda majbur qilmaslik kerak, fakat unga ko’rgazmali, didaktik material berish kerak deydi. Maxsus material bilan birgalikda tabiiy materiallar tashlandiq materiallar berish kerak, deydi. Tixeeva birinchi bo’lib matematik tasavvurlarga o’rgatish programmasini tuzishga urinib ko’radi. Son-sanoqqa o’rgatishda o’n ichida sanash, bir va ko’p tushunchasidan boshlab raqamlar bilan tanishtirishning soat bilan tanish masalalar yechish, kasrlar bilan tanishtirishni kattalik va shakllar bilan tanishtirish ko’zda tutadi.
Tixeeva sanamasdan sonlarni bir ko’rishda ilib olish metodini tavsiya etadi, ya‘ni monografik metod asosida. 1915 yilda Tixeeva “Bog’chada son-sanoq” kitobini yozadi. Uning qarashlari bir-biriga ziddir.24 Nazariyada bolalarning taraqqiyotiga aralashmaslik kerak desa, amalda esa tarbiyachining o’yin va mashqlarida rahbarlik rollarini qo’llab-quvvatlaydi. Son haqidagi tushuncha tug’ma deb, bolalarni maxsus mashg’ulotlarda sanashga o’rgatishga yo’l qo’ymaslik kerak, deydi. Shuning uchun son-sanoq metodikasini ishlab chiqmaydi, balki son-sanoqqa o’rgatish programmasini belgilab chiqadi. Sonlar hosil bо‘lishini («+», « - », «=» belgilaridan foydalanib) misol kо‘rinishida yoza olish, bunday misollarni о‘qishni ularni yecha olishni, о‘rganish.
Masalan: 2 ta doirachani qо‘ying. Doirachalar 3 ta bо‘lishi uchun nima qilish kerak? Yana 1 ta doiracha qо‘ying. Doirachalar nechta bо‘ldi? 3 ta doirachani qanday hosil qildingiz? 2 ta uchburchak qо‘ying. 1 ta uchburchak qolishi uchun nima qilish kerak? 1 ta uchburchakni qanday hosil qildik? Sutka shunday mashqlarni kiritish kerakki, bolalarda bajarilayotgan amallarni yozish uchun yangi belgilarga ehtiyoj paydo bо‘lsin.
Endi buni qanday yozish mumkin ekanini kо‘ramiz. Diqqat bilan tinglang va biz nima qilayotganimizni о‘ylab toping, belgilanmagan sо‘zlarni bir oz baland ovoz bilan aytamiz: «Ikki qо‘shuv bir barobar uch» 2+1=3.

Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin