2.2. Moliya organi, Gaznachilik va uning xududiy bolinmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi Bosh hisobchi boshchilik qiladigan moliya organi, gaznachilik va uning xududiy bolinmalari buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bolinma hisoblanadi. Moliya organlari, gaznachilik va uning xududiy bolinmalarining bosh buxgalterlari oz ishlarida (faoliyatlarida) Ozbekiston Respublikasi davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar. Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya‘ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma‘lum bir soha biriktiriladi. Moliya organi, Gaznachilik va uning xududiy bolinmalari bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda moliya organi rahbarining buyrugiga muvofiq tuzilgan 33 komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini korsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish togrisidagi dalolatnoma tuziladi. Xududiy moliya organlari, gaznachilik bo‗linmalarida ishlarni topshirish va qabul qilish yuqori moliya organi, gaznachilikning bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.5 Moliya organi, g‗aznachilik va uning xududiy bo‗linmalari bosh buxgalterining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - buxgalteriya hisobini byudjet hisobiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; - buxgalteriya hujjatlarini oz vaqtida va togri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish; - buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tuzish masalalari yuzasidan korsatmalar berish hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish; - byudjet mablaglarini, shuningdek, jamgarmalar mablaglari, byudjetdan tashqari mablag‗larni xarajatlar smetasida kozda tutilgan muayyan maqsadlarga togri sarflanishi, shuningdek, pul mablaglari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish; - byudjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan byudjetlar ortasida ozaro hisoblashuvlar, byudjet ssudalari boyicha hisob-kitoblarni oz vaqtida amalga oshirish; - byudjet ijrosi jarayoniga oid moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish; - buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta‘minlash; - qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta‘minlash. Moliya organi bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega: - buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari togri tashkil etilishini ta‘minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar korishni rahbardan talab qilish; - barcha bolinmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma‘lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish; - qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. 34 Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi: - buxgalteriya hisobi notogri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va byudjet ijrosiga oid moliyaviy hisobotlar buzilganda (notogri tuzilganda); - byudjet ijrosi jarayoni yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar boyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda; - buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativhuquqiy hujjatlar talablari buzilganda. Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot boyicha togridan-togri vazifalarini bajarish bilan bog‗liq bolmagan (taalluqli bolmagan) topshiriqlarni berish mumkin emas (berilmaydi). Bosh buxgalterga pul mablaglari va moddiy qiymatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bogliq bolgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Agarda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki amaldagi qonunchilikka zid bolgan farmoyish olgan holatda, bu haqda bosh buxgalter yuqori moliya organining rahbariga ma‘lum qilishi shart. Bosh buxgalterga yuklatilgan vazifalarni (majburiyatlarni) amalga oshirish uchun unga buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bolgan barcha hujjatlar: Byudjetning daromadlari va xarajatlarining choraklar boyicha taqsimlangan yillik yoyilmasi yoki undan kochirma, moliyalashtirish rejalari, buyruqlar, farmoyishlar, moliyalashtirish hajmlarining ozgarganligi togrisidagi ma‘lumotnomabildirishnomalar va ma‘lumotnoma-xabarnomalar, mahalliy byudjet va Jamg‗arma byudjetining ijro etilishi bilan bogliq bolgan boshqa materiallar va hujjatlar oz vaqtida berib turilishi kerak. Bosh buxgalterning buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi boyicha beradigan farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.Byudjet hisobining ijrosi boyicha axborot tizimlari va ulardan foydalanish Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi №PQ-5349 sonli ―Ozbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish togrisida‖gi qarori ijrosini ta‘minlash bo‗yicha, O‗zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining bayonnomasi asosida 2013-2020 yillarga mo‗ljallangan ―Byudjet‖ axborot tizimi 35 majmui loyihasini tuzish va integrasiyalashuvini amalga oshirish bo‗yicha tegishli muddatlar belgilangan.
5Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41-sonli Ozbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida‖gi qarori ijrosini ta‘minlash boyicha, Ozbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Ozbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi‖ uchun Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi‖(«DMBAT»)dasturiy
server jihozlarini ornatilgan tartibda tender savdolarida qatnashib xarid qilish boyicha DMBAT dasturiy ta‘minoti ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma tuzilgan. «DMBAT» DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy siyosat va soliq-byudjet operasityalarini qollabquvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi va mas‘uliyatini kuchaytirish hamda xarajatlarning nazorati va monitoringini takomillashtirishdan iborat. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi oquv markazi tomonidan ―Byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi – ―UzASBO‖ dasturiy majmuasining oquv-simulyatsiya dasturi‖ yaratildi. 2015 yilning 24 noyabrida Ozbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan – elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan ―UzASBO – oquv-simulyatsiya dasturiy majmuasi‖ni rasmiy royxatdan o‗tkazilganligi togrisidagi DGU 03331-sonli guvohnoma topshirildi. Mazkur ―UzASBO‖ – oquv-simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan kozlangan asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini ozlashtirish xohish-istagini bildirgan oquvchilar uchun nazariy bilim bilan amaliy konikmalarni ozida mujassam etuvchi axborot dasturini yaratishdan iborat edi. Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi – ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining modullarida, ya‘ni byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni korish va tuzish bilan bogiq moliyaviy operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab korish imkoniyatlarining mavjudligidir. Byudjet tizimi funksiyalarini avtomatlashtirish bir necha bosqichni oz ichiga oladi. Ushbu bosqichlarni izchil amalga oshirish pul resurslari harakatini nazorat qilish imkoniyatini tugdiruvchi tizimni yaratish imkonini beradi. Ular ichidan quyidagilarni korib chiqamiz: 36 1- bosqich. Dolzarb ma‘lumotlar bilan ta‘minlanish. Byudjet tizimi funkstiyalarini avtomatlashtirishda ma‘lumotlar bazalarini yaratish va uni keyinchalik yangilab borishda yoki, boshqacha aytganda, xizmat korsatuvchi bank va mazkur bankdagi hisobraqamlar royxati haqidagi dolzarb ma‘lumotlarni ta‘minlashdan boshlash zarur. 2- bosqich. Pul mablagini hisobga olish hisobvaraqlarida qiymatlarni toplash. Ikkinchi qadam – tizimda operastiya kuni boshlanishi holatiga kora, pul mablaglarini hisobga olish hisobvaraqlari boyicha qiymatlarni toplashning tashkil etilishi. 3- bosqich. Operatsion moliyaviy rejalashtirish tizimini barpo etish. Tolov taqvimi, ya‘ni operatsion moliyaviy rejalashtirish tizimi pul mablaglari hisobvaraqlarida qiymatlarni toplash tashkiletilganidankeyin shakllanadi. 4- bosqich. Tashqi qarz haqidagi axborotni tizimlashtirish. Operatsiya davri uchun tolov taqvimi ma‘lumotlaridan kelib chiqib, tashqi qarzning holati va uning dinamikasi haqidagi tezkor axborot tizimlashtiriladi. 5- bosqich. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining yaratilishi. Byudjet tizimini avtomatlashtirish tizimi yordamida tavakkalchilikning uch asosiy turi: kredit, valyuta va foiz tavakkalchiliklarini boshqarish mumkin. 2.4. Davlat byudjeti ijrosi boyicha byudjet hisobini tashkil etishning xorij tajribasi Buyuk Britaniya davlati gaznachilik faoliyatini tort tarmoqqa ajratsa boladi: davlat xarajatlari; moliya; iqtisodiyot (xalq xojaligi); davlat va fuqarolik xizmati. Davlat xarajatlari. Buyuk Britaniya byudjet ijrosida gaznachiligining an‘anaviy vazifasi – bu davlat pul mablaglari, hukumat idoralari va xizmatlar xarajatlarni nazorat qilishdan iborat. Gaznachilik nafaqat hukumat xarajatlari uchun, balki (asosan davlat) davlat korporatsiyalari va mahalliy hokimiyat organlari, shu jumladan, butun davlat sektori uchun javobgar bo‗ladi. Moliya. Gaznachilik faoliyatining moliyaviy tomoni va moliyaviy bitimlar, bozorlar va institutlar (birgalikda daromadi va daromad bo‗limi bilan) hukumatning Byudjet siyosatiga bogliqdir.Gaznachilik faoliyati mablaglarni ta‘minlanishini (pul ta‘minoti), foiz stavkalari, valyuta kurslari, davlat qarzini boshqarishni oz ichiga oladi. 37 Iqtisodiyot. Iqtisodiy sektor (iqtisodiyot) qisqa va orta muddatli prognozlash va tahlil bilan shugullanadi. Bu faoliyat yaqindan Gaznachilik faoliyatining barcha jihatlari bilan bogliq. Davlat fuqarolik xizmati. Bunda gaznachilikni jamoat ishlari boyicha boshqarmasi mehnat resurslari, ish haqi va pensiya tolovlari sohasi uchun javobgar boladi.Hukumat jadvaliga amal qilishda har yili gaznachilik uchun tayinlangan markaziy vazifa - bu Byudjetni tuzishdir. Byudjetnituzish vaqtida barcha ijtimoiy xarajatlar va asosiy masalalar hal qilinadisongra chop etiladi. Gaznachilik butun yil uchun iqtisodiy prognozni hisoblaydi. Bahr, yoz va kuzda uch choraklik prognoz hisobotlari toliq yakunlanadi. Gaznachilik yil uchun ikkita prognoz ko‗rsatkichlarni e‘lon qilishi lozim; bittasi Byudjet bilan birga chop etilgan va boshqasi kuz hisobotining asosini tashkil etadi. Davlat g‗aznachiligini asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: -qayta ishlash , davlat byudjetini tuzish va ijrosi; - qayta ishlash va moliyaviy siyosatini amalga oshirish; - ichki soliqlar, bojxona va aksiz soliqlari ustidan nazorat; - moliyaviy va iqtisodiy prognozlash; Davlat xarajatlarini rejalashtirish va nazorat qilish, byudjet balansini qo‗llab-quvvatlash, byudjetni o‗z vaqtida va samarali muvofiqlashtirish, moliyaviy va byudjet hisobotlarni tuzish va jamoat xarajatlari deklaratsiyasini, kuzgi hisobot parlamenti tekshiruviga taqdim etish yuzasidan quyidagilar amalga oshiriladi: - Angliya banki tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatini ishlab chiqish; - Monitoring va pul-kredit tizimi tendentsiyalarini tahlil qilish; Buyuk Britaniya davlat g‗aznachiligi bir yilda uch marta iqtisodiyot (talab, ishlab chiqarish, daromad, xarajatlar, iste‘mol, investitsiya, import, eksport, inflyatsiya, ishhaqi, ishsizlik, foizstavkalari, savdobalansi, vaboshqalar), asosiy yo‗nalishlari nazoratini olib boradi va keyingi 18 oy ko‗rsatkichlarini prognozqiladi.Bu prognozlar(rejalar)asosida, valyuta operatsiyalari, valyuta kurslari, foiz stavkalari, har bir yilning birinchi uch oyida ko‗rib chiqiladi va bahorda yillik Byudjet bilan muvofiqlashtirib boriladi. Orta muddatli prognozlash natijasida 3-4 yil uchun rejalar ishlab chiqiladi. 14 14Understanding Government Budgets: A Practical Guide// R. Mark Musell (Author).- Routledge, 2008.- 108 pages 38 2.5. Byudjet nazoratini rejalashtirish va otkazishning xususiyatlari Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati nazorat rejasiga kora amalga oshiriladi va davlat moliyaviy nazorat organining qarori asosida otkaziladi. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs davlat moliyaviy nazorat organi qarorining kochirma nusxasiga va xizmat guvohnomasiga ega bolishi kerak. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslariga qoyiladigan talablar vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Davlat moliyaviy nazorat organlari maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni korib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etishga haqli. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati Byudjet kodeksining 170-moddasiga muvofiq tasdiqlangan moliyaviy nazorat obyektlarini nazorat qilish rejasiga kora yiliga kopi bilan bir marta amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati ottiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan tegishli davlat moliyaviy nazorat organining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirilishi mumkin. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratining natijalari davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxsi tomonidan: - tekshirish va taftish natijalari boyicha tuziladigan hujjat — dalolatnoma; - davlat moliyaviy nazorati natijalarini umumlashtiruvchi hujjat — jamlanma dalolatnoma; - organish va nazorat tartibida tekshirish natijalari boyicha tuziladigan hujjat — ma‘lumotnoma
Xulosa; Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazorati natijalari boyicha tuziladigan hujjat — hisobot tarzida rasmiylashtiriladi. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar quyidagilar korsatilgan holda rasmiylashtiriladi: -rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi; - tekshirish otkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana; - davlat moliyaviy nazoratini otkazish uchun asos; 39 - davlat moliyaviy nazoratining turi va uni tkazish davri; - davlat moliyaviy nazoratini otkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi; - moliyaviy nazorat obyektining toliq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr uchun mas‘ul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta krsatilgan holda; - moliyaviy nazorat obyektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari; - oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan ko‗rilgan choratadbirlar haqidagi ma‘lumotlar; - davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o‗tkazish uchun moliyaviy nazorat obyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi umumiy ma‘lumotlar; - taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari buzilgan qonun hujjatlari korsatilgan holda. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga davlat moliyaviy nazoratini otkazish uchun asos bolib xizmat qilgan hujjatlarning kchirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish tog‗risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni otkazish jarayonida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so‗roviga ko‗ra olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo‗shib qo‗yilishi lozim. Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonun hujjatlari bilan, hujjatlar bilan yoki moliyaviy nazorat obyekti faoliyatining davlat moliyaviy nazorati jarayonida amalga oshirilgan tartib-taomillar natijalari bilan tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov materiallaridan ma‘lumotlarni va moliyaviy nazorat obyekti mansabdor shaxslari tergov organlariga bergan korsatuvlarga havolalarni kiritishga yol qoyilmaydi. Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda moliyaviy nazorat obyektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho berilmasligi, shuningdek ularning qilmishlari, niyatlari va maqsadlari tavsiflanmasligi lozim. 40 Byudjet kodeksi 184-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma‘lumotlar ma‘lumotnoma (xulosa) rasmiylashtirilayotganda majburiy emas. Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy nazoratini otkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek moliyaviy nazorat obyektining mansabdor va mas‘ul shaxslari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy nazorat obyektining mansabdor va mas‘ul shaxslari davlat moliyaviy nazorati natijalariga rozi bolmagan taqdirda, hujjatni oz e‘tirozlari bilan imzolaydi hamda o‗n kunlik muddat ichida e‘tirozlarini davlat moliyaviy nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi. Moliyaviy nazorat obyekti tomonidan e‘tirozlar on kunlik muddatda yozma shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjat moliyaviy nazorat obyekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko‗riladi. Moliyaviy nazorat obyekti sudga murojaat etgan taqdirda, ozining sudga murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni on kunlik muddatda davlat moliyaviy nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan moliyaviy nazorat obyektining murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari boyicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi boyicha amalga oshirilishini toxtatib turadi. Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma‘lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va toliqligi davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta‘minlanadi. Moliyaviy nazorat obyektining mansabdor shaxslari: - davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi va davomiyligini bilishga; - davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani, shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga; - davlat moliyaviy nazoratini otkazish uchun asosga ega bo‗lmagan shaxslarni davlat moliyaviy nazoratiga qo‗ymaslikka; - davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir. 41 Moliyaviy nazorat obyektining mansabdor shaxslari: - davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy nazoratini o‗tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi; - davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga mone‘lik qilmasligi; - davlat moliyaviy nazoratini o‗tkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan hujjatlar va ma‘lumotlarni taqdim etishi hamda ularning ishonchliligi, xolisligi va to‗liqligi uchun shaxsan javobgar bo‗lishi; - byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda foydalanilgan mablag‗larning o‗rni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta‘minlashi shart. Moliyaviy nazorat obyektining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bolishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bolishi mumkin. Davlat moliyaviy nazoratini: - moliyaviy nazorat obyekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining (xotinining) qarindoshi bo‗lgan; - moliyaviy nazorat obyektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bolgan; - tekshiruv bilan qamradi.