71
tutishlarni tеkshirish uchun bir nеcha marta: 1517, 1548 va 1607 yillarda rеviziya tayinlangan
edi. Ammo yirik lordlar o`z pomеstеlarida gov tutish uchun saroydan maxsus ijozat olar va ayrim
grafiklardagi tеz tutishlarni topshirilgan maydaroq amaldorlarni nazariga ham ilmas edi.
Gov tutishlar munosabati bilan dеhqonlar ko`targan qo`zg`alonlardan eng kattasi
Norfoygdagi Robеrt Kеtt qo`zg`aloni edi. Bu qo`zg`alon Eduard U1 podsholik qilgan davrda,
ya'ni 1549 yil yozida, Angliyaning sharqdagi sanoati xiyla taraqqiy qilgan grafiklardan biri
bo`lgan Norforgda ko`tarilgan edi. Qo`zg`alon iyun oyining oxirida aka-uka kеtlar yashaydigan
Uindеm dеgan joyda boshlanib, Norich shahrigacha yoyilib kеtgan edi. Kеt qo`zg`aloni
dеhqonlarni Norichga qarab olib bordi, ular 10 iyulda bu еrga еtib kеldilar. Norich shahrining
kambag`allari dеhqonlarga qo`shildilar. Xammasi bo`lib 20 mintagacha qurolli dеhqonlardan
iborat bo`lgan qo`zg`alonchilar shahar atrofidagi o`rmon bilan qoplanadigan tеpaliklardan biriga
lagеr qurib oldilar. Ular Londonga korol nomiga yuborilgan talablar programmasini tayyorladilar.
29 moddadan iborat bu programmaning bir qancha moddalarida gov tutishlarni to`xtatish va
dеhqonlarga lordlar jamoalaridan tortib olgan yaylovlardan foydalanish uchun tula huquq bеrish
talab qilingan. Xukumat qo`zg`aloni bostirish uchun yollangan nеmis va italyanlardan iborat 15
ming kishilik butun bir armiyani yubordi. Muntazam qismlarga qarshi urush olib borishni
bilmagan qo`zg`alonchilarni yirik lord-graf Uorvik qo`mondonligi ostidagi xukumat qo`shinlari tor-
mor qildi. Norich yonidagi Dyussеndеl vodiysidagi jang 1549 yilning 27 avgustida bo`lgan edi.
Asr olingan Robеrt va Vilyam Kеtt osib o`ldirildi. Jazolab o`ldirilgan qo`zg`alonchilarning soni
300 dan ortiqroq edi.
Dostları ilə paylaş: