O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə161/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Pazandalik san'ati - o'simlik va hayvon mahsulotlaridan inson organizmi uchun zarur bo’lgan onsonning mehnat qobiliyatini oshiradigan, sog'lom hayot kechirishini ta'minlaydigan turli hil

lazzatli, to'yimli va pokiza taomlar tayyorlash xamda did bilan bezab dasturxonga berishning muayyan usullari yig'indisidir


«Pazanda» deganda esa kishining bilimli, did- farosatli, o’quvli, mahoratli chaqqon bo'iishi,havas bilan taomlami tayyorlashni bilishi bilan birga oziq-ovqat mahsulotlaridan isrof qilmasdan,tejainkorIik,omilkorlik bilan foydalanadigan, oshxonani, asbob-anjomlami pokiza va sarishta tutadigan, mehmonlarni yaxshi kutib oladigan, xususiyallariga ega bo'lishi tushuniladi.
( 3-ilova )
III-guruh-PAZANDACHILIK TARIXI VA TARAQQIYOTI. OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINING OZUQAVIY QIYMATI, INSON ORGANIZMI UCHUN AHAMIYATI.
Ovqatlanish inson hayotining asosiy sharti hisoblanadi. Ovqat tayyorlash usullari va ularning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy hamda iqlim sharoitlari, shuningdek, jamaiyat tarixi va xalqning madaniy turmushi darajasi bilan belgilanadi.
O‘zbek milliy pazandaligi ham faoliyatning boshqa turlari kabi doimo o‘zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga kelib O‘zbekistonda ham pomidor, karam, kartoshka, lavlagi kabi sabzavotlar; malina, qulupnay kabi rezavorlar yetishtirila boshlandi. Taom turlari ko‘paydi. Sabzavot, meva, ko‘katlar turi ko‘pligi boks taoml arimiz xushbo‘yligi, mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va lazzatli bo‘lishini ta’minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi.
Kishining organizmi normal rivojlanishi uchun turli xil oziq moddalar - vitamin, oqsil, mineral tuzlar, yog‘, shirin moddalar bilan ta’minlanib turishi kerak.

Oqsil moddalar asosan go‘sht, baliq, sut mahsulotlarida bo‘lib, organizmda yangi hujayralarni hosil qiladi.


Yog‘lar o‘simliklar va hayvonlardan olinadi va organizmga energiya ajratib beradi. Eng yaxshi yog‘ sut mahsulotlaridan olinadi. O‘simlik yog‘lari ham har xil taomlar va salatlar tayyorlashda ishlatiladi.
Uglevod sabzavotning deyarli hamma turlarida, non, meva, rezavor mevalarda bo‘ladi.
Sut mahsulotlarida ham oqsil, yog‘, mineral moddalar, vitaminlar serob.
Sabzavotlarda uglevod, mineral moddalar, vitaminlar, hid beruvchi moddalar, zararli mikroblarni o‘ldiruvchi moddalar bor. Ular ayniqsa, sarimsoq va piyozda ko‘p.
Sabzavotlarning organizm uchun ahamiyati va mohiyati.
Sabzavot va mevalar organizm uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning tarkibida uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlar, organik kislotalar, rang va xid beruvchi moddalar bo‘ladi. Sabzavotlarda uglevod, mineral moddalar, vitaminlar, xid beruvchi moddalar, zaparli mikroblarni o‘ldiruvchi moddalar bor. Ular ayniqsa, sarimsoq va piyozda ko‘p. Sabzavot va mevalar oshqozonda shira ajralishda, ishtaxa ochishda, ichak faoliyatini yaxshilanishida juda katta ahamiyatga ega. Sabzavotlar o‘simlikning qaysi qismini ishlatishiga va kimyoviy tarkibiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Tuganak mevali sabzavotlar - kartoshka.

  2. Ildiz mevali sabzavotlar - sabzi, sholg‘om, trap, lavlagi, rediska.

  3. Bargli sabzavotlar - karam, oq o‘zakli karam, qizil o‘zakli karam, gul karam, rayxon, ukrop, petrushka.

  4. Mevali sabzavotlar - pomidor, bulg‘ar qalampiri, baqlajon.

  5. Piyozlar - bosh piyoz, sarimsoqpiyoz.

  6. Poliz ekinlar - qovoq, bodring, patisson, tarvuz, qovun.

  7. Donli sabzavotlar - makkajo‘xori, ko‘k no‘xot.

Guruh a’zolaridan biri taqdimot qiladi va tayyorlangan material albatta doskaga tagma-tag ilinadi. O’qituvchi o’quvchilar tomonidan tayyorlangan materiallarga izox beradi va quydagilarni qo’shimcha kiritadi.
Yakuniy bosqich: (20 daqiqa)

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin