O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə1/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKUL’TETI
TEXNOLOGIK TA’LIM” KAFEDRASI


TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISH METODIKASI
FANIDAN


O‘QUV USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo‘nalishi:


100 000 – gumanitar
110000 – pedagogika
5112100 – Texnologik ta’lim

TERMIZ - 2021


O‘MM MUNDARIJASI





BO‘LIMLAR

BETLAR

1

O‘MMning kelishilgan varag‘i

2

2

O‘MM ning mundarijasi

3

3

O‘quv materiallar

4-260

3.1.

Ma’ruza mashg‘ulotlar mazmuni

5-204

3.2

Amaliy mashg‘ulotlari mavzulari

205-260

3.3

Semenar mashg‘ulotlari mavzulari

261-278

4

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari

279-291

5

Kurs ishlari mavzulari

292-297

6

Glossariy

298-307

7

Ilovalar

308

7.1

Fan dasturi

309-321

7.2.

Ishchi fan dasturi 3-kurs uchun

322-339

7.3.

Ishchi fan dasturi 4-kurs uchun

340-461

7.4.

Testlar

362-375

7.5

Nazorat uchun savollari

376-382

7.6.

Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

383-386

7.7.

O‘MM ning elektron varianti




8

Foydalanilgan adabiyotlar

387



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKUL’TETI


TEXNOLOGIK TA’LIM KAFEDRASI

TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISH METODIKASI”


fanidan

3-kurs talabalari uchun 5-6-semestrga mo’ljallangan

TAYanCH MA’RUZALAR MATNI


Termiz 2021
1 - Mavzu: “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi”
fani va uning vazifasi
Reja:

  1. Texnologiya fanini o'qitish metodikasi fanining mazmuni va fanning oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalar.

  2. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi pedagogika sohasining tarmoqlaridan biri sifatida.

  3. O’rta Osiyoda mehnat tarbiyasining tarkib topishi.

  4. Buyuk mutafakkirlarning mehnat tarbiyasiga oid fikrlari

  5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari

Tayanch iboralar: Texnologiya, fan, o’qitish, pedagogika, tarbiya, buyuk mutafakkirlar, mamalakatlar, tarixiy taraqqiyot
Talabalarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uniamalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g’oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur xis yetib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdiriboladigan shaxs – mehnat ta’limi o’qituvchisi sifatida shakllantirishdir. Shu bilan birgalikda talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarining «Mehnat ta’limi» fanini DTS talablari asosida tashkil etish va o’qitish, pedagogika, psixologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirgan holda ta’lim–tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish yo’llarini bo’lajak mehnat ta’lim o’qituvchilarini mavzuga oid bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish va uni o’quvchilarga o’qita olishdan iborat.
Mehnat ta’limi metodikasi fanida talabalar o’qitish tamoyillari va mazmuni, shakl va metodlari, mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha dasturlar mazmuni, mehnat ta’limi darslari va darsdan tashqari ishlarda o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, o’quv va metodik adabiyotlarni o’rganish hamda tahlil qilish, darslarni rejalashtirish, meyoriy hujjatlarni yuritish, mehnat ta’limi o’quv xonalarining jixozlanishi, pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari va mazmuni, kurs ishlarini bajarish, o’quv–moddiy texnik baza tahlili, respublika ta’lim markazi, tashxis markazi faoliyati bilan tanishadilar.
«Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi» fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • pedagogik-psixologik bilimlarni o’quvchilarda umummehnat va umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish;

  • talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanining maqsad va vazifalari, o’quv rejasida tutgan o’rni bilan tanishtirish;

  • pedagogik–psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;

  • mehnat ta’limini o’qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o’rgatish;

  • mehnat ta’limida qo’llaniladigan didaktik tamoyillar, mehnat ta’limida o’qitish metodlari va shakllarini o’rgatish;

  • mehnat ta’limi darslarini tashkil qilishni, rejalashtiruvchi xujjatlarni ishlab chiqishni va tahlil qilishni o’rgatish.


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin