35 MAVZU: Pedagogik amaliyotga qo’yiladigan metodik talablar Reja: Pedagogik amaliyotning maqsadi va vazifalari.
Pedagogik amaliyot tiulari: passiv, aktiv, tanishuv va uzliksiz.
Pedagogik amaliyot jarayonida tayyorlanadigan hujjatlar.
Amaliyotchi talabaning shaxsiy ish rejasi.
Ko'rgazmali qurollar tayyorlash. Amaliyotni yakunlashga qo'yiladigan talablar.
Tayanch iboralar:pedagogik amaliyot, pedagogik-psixologik faoliyat, ishlab chiqarish asoslari, kasbga yo’naltirish, shaxsiy ish rejasi, pedagogik amaliyot kundaligi, darsning taxlili, kalendar mavzuli reja, tarbiyaviy ish rejasi, tarbiyaviy soatlar taxlili, to’garak ishlar rejasi, tarbiyaviy tadbir ssenariysi, psixologik-pedagogik tavsifnoma, dars rejasi va ishlanmasi, o’quv-ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallar. Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari. Mehnat ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim standard talablaridan kelib chiqqan xolda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:
talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarash- larni shakllantirish;
talabalarning pedagogik-psixologik fanlar xamda maxsus fanlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustaxkamlash va amalda qo’llash;
bo’lajak o’qituvchilarni amaliy ko’nikma va malakalar bilan, zaruriy xolatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo’llash malakalari bilan ta’minlash;
talabalarga sinf raxbari vazifalarini bajarishni, yoshlar ijtimoiy xarakati tashkilotlari bilan ishlashni o’rgatish;
talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o’t- kazilishi bilan tanishtirish;