O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə12/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Suhbat metodi - so’rashning bir turi bo’lgani holda o’qituvchining jiddiy tayyorgarlik ko’rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan o’quvchi bilan bevosita aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo’llaniladi.
Pedagogik so’rash metodi – o’qituvchining boshqa hamkasblaridan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. So’rash savollarning mantiqiy o’ylangan tizimi, ularning aniq ifodalanishi, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni ("ha","yo’q") ham taqozo etishi mumkin.
Test, so’rovnomalar - bu so’rovnoma, ya’ni anketa usuli qo’llanganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o’quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qizishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.
Test savollaridan ko’zlangan maqsad qisqa vaqt ichida o’quvchilarning bilimlarini, qiziqishlarini, kasblar haqidagi fikrlarini yoppasiga baholashdir.
o’quvchilarning bilimini va saviyasini aniqlash uslublaridan biri - bu test yordamidagi sinovdir.
Test sinovlar metodi - bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig’ib olish metodidir. Test sinovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga berilayotgan savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq bo’ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan ishlash imkon beradigan qilib tuziladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli - ushbu tajriba asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Agar kuzatishda o’qituvchi borliqni qanday bo’lsa, shundayligicha idrok qilib tekshirsa, eksperiment jarayoni bu borliqni o’zgartirib, uning ichki konuniyatlarini, unga ta’sir etishning samarador usullarini aniqlaydi.
Eksperimentning birinchi xususiyati shundan iboratki, unda o’qituvchining o’zi qatnashadi, ishni tashkil etadi, amalga oshiradi va natijani taxlil qiladi.
Ikkinchi xususiyati - o’quv-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatlarini aniqlash uchun jarayon sharoitlarini o’zgartirish imkoni tug’iladi.
Uchinchi xususiyati - o’quv-tarbiya jarayonini nazorat qilib, ularni anik o’lchash imkonidir.
To’rtinchi xususiyati - eksperimentga ilmiy tus berib, ishchi gipotezani aiiqlashtirishdir.
Demak, eksperement shunday ilmiy-tadqikot usulini, unda ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat knlish, o’lchash va ishchi gipotezani yanada oydinlashtirish imkoni tug’iladi.
Yuqorida ko’rsatilgan to’rt xususiyat bajarilsa eksperiment laboratoriya eksperimenti hisoblanadi,birinchisi bajarilmasa, bu tabiiy eksperiment deyiladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin