O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Buyum tizimi. Operatsion buyum tizimi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə24/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Buyum tizimi. Operatsion buyum tizimi. Ishlab chiqarish ta’limining operatsiya tizimi. Bizga ma’lumki hunarmadchilik mehnat o’rnini egallagan manfaatli ishlab chiqarish mehnat qurollarining tez rivojlanishi va takomillashtirilishi bilan xarakterlanadi.
Bu davrda kelib ishlab chiqarish jarayonining bir qancha alohida elementlari (operatsiyalarga) inson mehnatini esa alohida usullariga bo’lib, yuborib, va uning natijasida mehnat unumdorligi keskin o’sdi. Bu tizim ta’limning mazmuni shundan iborat shogird har qanday buyum tayyorlash jarayonida qo’l keladigan qator eng muhim operatsiyalarni o’zlashtirishni o’z ichiga oladi.
Afzalligi: operatsiya tizimi tufayli ishlab chiqarish texnologiyasini to’g’ri tushunishi uchun shart-sharoit yaratadi, ta’limni yangi izchil (oddiy operatsiyalardan –murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, bu esa mehnat ko’nikmalarini va moslamalari bo’lishiga, asosiy operatsiyalarni o’zlashtirib olishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. (ma’lum vaqt ichida ko’proq buyum ishlab chiqarishga erishiladi). Bu tizimning kamchiligi shundan iboratki o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladigan kam sonli operatsiyalar tayyorlanadigan buyumning ajralgan holda bajariladi.
Operatsion kompleks tizimi. Bu tizim 30 yillarda kam mexanizatsiyalashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida yaratildi. Uning avvalgi tizimidan farqi shundaki, u yoshlarni kasblar hajmida mehnatga tayyorlash tamoyili asosida ko’rilagan. Bunda ta’lim ikki bosqich: dastlabki 3-5 texnologik operatsiyani boshqarishni mashq qilishi yo’li bilan dastlabki ko’nikma va malakalarni hosil qiladi, ilgari o’rganiladigan operatsiyalarni biror mehnat obekti (ko’pincha foydali mehnat mahsuloti) ishlash bilan birlashtirishdan iborat bo’lar edi.
Ikkinchi ta’lim davrida o’quvchilar navbatdagi 3-5 texnologik operatsiyalarni ham huddi birinchi kabi o’zlashtiradilar va avvalgiga suyanadilar.
Motorli mashq tizimi. Fan- yutuqlarini professional tayyorgarlikka xizmat qildirish uchun bu ishlab chiqarish ta’limi tizimi ishlab chiqildi va o’quvchilarni amaliy tayyorlashni 4 davri belgilandi.
Maxsus mashq an’analaridan foydalanib amalga oshiriladigan mehnat harakatlarini va mehnat usullaridagi trenirovka mashqlari. Mehnat operatsiyalarini bajarishdagi mashqlari. Buyumni tayyorlashda ilgari o’zlashtirilgan mehnat operatsiyalarini uyg’unligini o’rganish.
o’quvchi buyumni tayyorlashga ketadigan mustaqil davri.
Barcha ta’lim davrining 4 bosqichiga bo’linishi mehnat jarayonlarini elementlarga sun’iy ravishda bo’linishiga olib keladi.
Bundan tashqari MMI qo’llagan mehnat usullarining maxsus apparaturalaridan mexanik ravishda trenirovka qilinishi qo’pol, nozik bo’lmagan malakalarning shakillanishaga olib keladi. Bu tizimning asosiy kamchiliklaridan bittasi shundan iboratki mehnat jarayonlarini ongli ijodiy tarzda o’zlashtirish bo’lmay, mexanik mashq birinchi o’rinda qo’yiladi. Shunga qaramay MMI tizimlarini ko’pgina va qiymatli jihatlar keyingi tizimlarda ishlab chiqarish ta’limini operatsion kompleks tizimida foydalaniladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin