O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t
Ko’rgazmalarni tashkil etish. o’quvchilar tomonidan tayyorlangan amaliy ishlarni bo’lim va sinflar kesimida ko’rgazmalar tayyorlanadi, mashg’ulot ishlanmalari, namunalari tuziladi. Dastlabki amaliy ko’rgazmalarni maktabning o’zida tashkil etiladi. So’ngra albatta bunday ko’rgazmalarni tumanlarda va shahar bosqichlarida madaniyat uylarida yoki maktablar qoshida ochilgan to’garaklarda o’tkazilsa, yaxshi natija beradi.
Bo’lajak to’garak rahbarlari ilg’or pedagogik texnologiya asosida tuzilgan mashg’ulotlarni kuzatishlari va tahlil yetib o’rganishlari zarur. Olgan tajriba natijalarini o’zlarining ish faoliyatlari davomida qo’llashlariga e’tibor berilishi zarur.
Mehnat ta’limi metodikasi fanini o’rganish natijasida talabalar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak:
— bichish-tikishni o’rgatish to’garagi rejasini tuza olishi;
— bichish-tikish to’garagini tashkil eta olishi;
— tikuvchilik materiallari bilan ishlay olishi;
— mashinalarni ishlata olishi;
— ayollar va bolalar kiyimlarini tika olishi;
—ayollar va bolalar tungi ko’ylagi, xalati, belli kiyimlarni, milliy kiyimlarni tika olishi;
— kiyimlarni ta’mirlay olishi.
Mehnat ta’limi metodikasi fanini o’rganish natijasida talabalar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:
— to’garak a’zolariga tikuvchilik buyumlari turlari va ularga qo’yiladigan talablar haqida ma’lumot berish;
— gazlamalarning tolaviy tarkibini va xususiyatlarini tikish jarayonida hisobga olish, o’ngi, teskarisi, bo’yi, arqoq ip yo’nalishlarini aniqlay olishni o’rgatish;
— tikuvchilik buyumlarini ta’mirlay olishni o’rgatish;
— qo’l ishlari uchun ish o’rnini tashkil etish va ularni bajarishni o’rgata olish;
—mashinada bajariladigan ish uchun ish o’rnini tashkil etish va mashinada ish tikishni o’rgatish;
— ayollar va bolalar kiyimlarida loyihalash va badiiy bezashni o’rgatish;
— chaqaloq bolalar kiyimlari to’plamlarini tikishni o’rgatish;
— ayollar va bolalar belgi kiyimlarini bosqichma-bosqich tikishni o’rgatish;
— bluzka, ovrupocha ko’ylak, xalat, reglan engli ko’ylak, milliy ko’ylak, milliy lozim, murakkab fasonli ayollar va bolalar ko’ylaklarini tayyorlashni o’rgata olishi kerak.