O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix14.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#143390
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
TALABANING MAJBURIYATLARI 
Ishlab chiqarish amaliyotni o‘tash davrida talaba tegishli moliya bo‘limida 
o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak. Mehnat muhofazasi, 
xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy 
rioya qilishi zarur. Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan 
barcha vazifalarni bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-
me’yoriy hujjatlar hamda ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. 
Amaliyot davomida talaba institut dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, 
unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim.
Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik 
daftariga o‘z imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi. 
Talaba amaliyot o`tash joyida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini 
umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach, hisobot tayyorlaydi (bo‘lim va 


20 
sho‘balarning tavsifi hamda ularga tegishli ilovalar). Hisobotning hajmi mundarija, 
xulosa va ilovalardan tashqari, kamida 30 betni tashkil etishi lozim. Tayyor 
bo‘lgan hisobot kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi. 
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 
kirish; 
har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan mavzular va savollar to‘liq 
ochib berilgan amaliyot natijalari; 
amaliy ma’lumotlar (jadval, chizmalar); 
amaliyot o`tash joyida foydalaniladigan hujjatlardan namunalar; 
xulosa; 
ilovalar. 
Talaba amaliyot obyektidan kundalikni (amaliyot joyiga kelganligi va 
amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan 
tasdiqlatishi) rasmiylashtirishi kerak. 
Talaba o‘z xulosalari, taklif va tavsiyalarini shakllantiradi va bayon qiladi, 
amaliyot davomida egallangan ko‘nikma va malakalarni sanab o‘tadi, amaliyot 
bo‘yicha hisobotni yakuniy loyihalash ustida ishlaydi, amaliyot o’talgan mavzular 
bo‘yicha barcha materiallarni tizimlashtiradi, amaliy materiallar va hujjatlar 
namunalari va nusxalarini ilovalarda taqdim etadi, belgilangan tartibda tahliliy 
jadvallar, rasm va diagrammalar tuzadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi, amaliyot 
kundaligini amaliyot joyidan xulosa, imzolar va muhrlar bilan rasmiuylashtiradi, 
bir papkaga (skorosshivatel) kundalikni, tavsiya etilgan mavzular ketma-ketligida 
yozilgan tahliliy xulosalrni, ilova qilinizi lozim bo’lgan amaliy materiallarni 
tizimlashtiradi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin