O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti ter


VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə175/219
tarix21.10.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#159303
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   219
Termiz davlat universiteti

VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

  • tarqatma materiallar bo’yicha ma`ruza qismini o’zlashtirish;

  • o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;

  • fanning boblari va mavzulari ustida ishlash;

  • talabalarni ijodiy jarayonga yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar bajarish;

  • yangi texnika, jihozlar, keng ko’lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish.

Talabaga mustaqil ish mavzusi o’quv yilining boshida reyting daftarchasi raqami bo’yicha tarqatib beriladi. Talaba mustaqil ish bo’yicha olgan mavzusini kunning ikkinchi yarmida mustaqil ravishda (yoki fan o’qituvchisi ko’magida) auditoriyada, oliygoh yoki markaziy kutubxonalar o’quv zallarida, axborot texnologiyalari markazida (ATM), axborot resurs markazida (ARM) o’quv-uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar, dissertatsiyalardan hamda internet saytlaridan foydalanib bajarishlari mumkin.
Mustaqil ish mavzulari referat shaklida tayyorlanadi va himoya qilinadi. Talaba mustaqil ish mavzusini o’quv yili davomida tayyorlaydi va o’qituvchiga himoya uchun mavzuni taqdim etadi. Mustaqil ish himoyasi o’qituvchi tomonidan belgilanadi kunning ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Mustaqil ish mavzusi hajmi qo’l yozmada 20-25 betdan kam bo’lmasligi lozim. Baholashda mustaqil ish mavzusining tayyorlanish sifatiga, talabaning xusni-xatiga, grafikaviy tayyorlanishiga qattiq e’tibor beriladi. Talabaning mustaqil ish mavzusi bo’yicha to’plagan bali jami ballar yig’indisiga qo’shib hisoblanadi.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin