Umumiy ma’lumotlar YUqori (YU.CH.),ultrayuqori (U.YU.CH) va o’ta yuqori ( O’.YU.CH) chastotali elektromagnit maydonlar fazoda yorug’lik tezligiga yaqin tezlik bilan tarqalishi bilan birga o’zi bilan energiyani ham eltadi.Elektromagnit chastotasi uni hosil qilgan tok chastotasiga teng chastota bilan o’zgaradi.Maydonning to’lqin uzunligi λ deb, ma’lum bir davr ichidagi bosib o’tgan masofasiga aytiladi
s
λ q ------
f
bu erda s – elektromagnit to’lqinlarning fazoda tarqalish tezligi (sq3Ѕ108 m|s) ,
f- tebranish chastotasi (Gs)
Elektromagnit maydonlarning inson organizmiga ta’siri nurlanish intensivligiga,chastotaga va ta’sir qilish davomiyligiga bog’liq.Elektromagnit maydon energiyasi ta’sirida organizm to’qimalariga qisman yutilish sodir bo’ladi va shuning uchun tana harorati ortadi.
Katta intensivlikdagi elektromagnit maydonlarning insonga uzoq vaqt ta’siri natijasida qattiq charchash,uyquning kelishi, bosh og’rig’i,bosh aylanish.(gipertoniya) va yurak atrofida og’riqlar paydo qilishiga olib keladi.
O’ta yuqori chastotadagi maydonlarning ta’siri qon tarkibining o’zgarishi va ko’z og’rig’iga olib kelishi mumkin.Elektromagnit to’lqinlardan quyidagi usullar bilan saqlanish mumkin:
a) bevosita manbaning o’zida nurlanishni kamaytirish;
b) ish o’rnini ekran bilan himoyalash,
v) yuqori chastotali tebranishlar uzatish liniyasi va uning elementlaridagi nurlanish manbasini ekran bilan himoyalash;
g) individual himoya vositalaridan foydalanish;
d) masofadan boshqarishni qo’llash.
Effektiv ekranlashtirish ekranning materialiga va konstruksiyasiga bog’liq bo’ladi.Effektiv ekranlashtirishni quyidagi formuladan hisoblaymiz: (%)
(mkVt |sm2)
Hisobot: YUqorida keltirilgan ishning bajarilish tartibi bo’yicha talaba belgilangan asboblarning ko’rsatkichlarini olib jadvalni to’ldiradi hamda elektromagnit maydon ta’siridan himoyalanish usullariga baho beradi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VА O’RTA MAXSUS