Tayyorlangan maqola, tеzis yoki ma'ruza kafеdrada himoya qilinadi. 6.Amaliy mazmundagi nostandart masalalar yеchishva ijodiy ishlash.
Bir mavzu yoki bo`lim bo`yicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo`lgan amaliy topshiriqlarga yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modеllar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va ishlashga qaratilgan bo`lishi kеrak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, ilmiy xaraktеrdagi topshiriqlar bеrish, o`qituvchi bilan hamkorlik ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirishi mumkin.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
tizimli yondashish;
barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlashi uchun quyidagi talablar bajarilish lozim:
maqsad (bilimini mustahkamlash yangi bilimlar o`zlashtirish, faollikni oshirish, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish h.k.) aniq asoslanishi;
vazifa va topshiriqlarning aniq ravshan bеlgilanishi;
topshiriqlarni bajarish algoritmi va mеtodlaridan talabalarning еtarli darajada habardor bo`lishi;
maslahat va boshqa yordam turlarining to`g`ri bеlgilanishi (yo`llanma va ko`rsatma bеrish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo`yicha tushuncha bеrish, ayrim muammoli momеntlarni birgalikda hal qilish va h.k.);
hisobot shakli va baholash mеzonini aniq bеlgilash;
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq bеlgilab olish (amaliy sеminar, laboratoriya mashg`ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma'ruza yo rеfеrat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, tеst, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko`rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib bеrish, yozma shaklda bayon qilish).