O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti ter



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə178/219
tarix21.10.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#159303
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   219
Termiz davlat universiteti

Didaktik vositalar
Didaktik vositalar: texnik va badiiy model namunalari, texnologik jarayon kartalari, tarqatma materialla.

  1. Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska-Hitachi, LCD-monitor, elektron ko’rsatkich (ukazka).

  2. Video-audio uskunalar: video va audiomagnitafon, mikrofon, kolonkalar.

  3. Kompyuter va mul’timediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko’z (glazok).

Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlaridagi, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi hamda faolligi “5” baholik tizimda baholanib boriladi va nazorat turlarida inobatga olinadi.
Nazorat turi yozma(og’zaki) shaklda o’tkazilganda:
-talaba fan (mavzu) bo’yicha mustaqil qaror qabul qilsa, ijodiy fikrlasa, bilimini amalda qo’llay olsa va savol mohiyatini bilib, xulosa chiqarganligi uchun “5” (a’lo) baho;
-talaba fan (mavzu) bo’yicha qisman mustaqil qaror qabul qilsa va ijodiy fikrlasa hamda bilimini amalda qo’llay olsa, berilgan savolning mohiyati haqida tushunchaga ega bo’lsa “4” (yaxshi) baho;
-talaba fan (mavzu) bo’yicha bilimini amalda qisman qo’llay olsa, savol mohiyatini tasavvur qilsa “3” (qoniqarli) baho;
-talaba fan dasturi talablarini o’zlashtirmagan bo’lsa va fan hamda savollar mohiyati haqida tasavvurga ega emas deb topilganda “2” (qoniqarsiz) baholar bilan baholanadilar.
Yakuniy nazorat turi fakultet dekani, o’quv-uslubiy boshqarma bilan kelishilgan holda va o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangandan grafik asosida tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotini olib borgan o’qituvchi ishtirokisiz o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat shakli fan xususiyati va o’quv auditoriya soatidan kelib chiqib, kafedra tomonidan belgilanadi.
Oraliq nazorat
Test” shaklida o’tkazilsa variant 30 ta savoldan iborat bo’lsa, quyidagicha baholanadi:
26-30 “5” (a’lo)
21-25 “4” (yaxshi)
17-20 “3” (qoniqarli)
16 va undan kam bo’lsa “2” (qoniqarsiz)
Yozma” shaklda o’tkazilsa savollar tarkibi 3 tadan iborat bo’ladi va har bir savol “5” baholi tizimda baholanadi, amaliy, seminar va tajriba mashg’ulotlarining umumiy bahosining o’rtachasi olinib, ON bahosi bilan o’rtacha bahoni hisobga olishni tavsiya etamiz.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin