VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma materiallar bo’yicha ma`ruza qismini o’zlashtirish;
o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;
talabalarni ijodiy jarayonga yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar bajarish;
yangi texnika, jihozlar, keng ko’lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish.
Talabaga mustaqil ish mavzusio’quv yilining boshida reyting daftarchasi raqami bo’yicha tarqatib beriladi. Talaba mustaqil ish bo’yicha olgan mavzusini kunning ikkinchi yarmida mustaqil ravishda (yoki fan o’qituvchisi ko’magida) auditoriyada, oliygoh yoki markaziy kutubxonalar o’quv zallarida, axborot texnologiyalari markazida (ATM), axborot resurs markazida (ARM) o’quv-uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar, dissertatsiyalardan hamda internet saytlaridan foydalanib bajarishlari mumkin.
Mustaqil ish mavzulari referat shaklida tayyorlanadi va himoya qilinadi. Talaba mustaqil ish mavzusini o’quv yili davomida tayyorlaydi va o’qituvchiga himoya uchun mavzuni taqdim etadi. Mustaqil ish himoyasi o’qituvchi tomonidan belgilanadi kunning ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Mustaqil ish mavzusi hajmi qo’l yozmada 20-25 betdan kam bo’lmasligi lozim. Baholashda mustaqil ish mavzusining tayyorlanish sifatiga, talabaning xusni-xatiga, grafikaviy tayyorlanishiga qattiq e’tibor beriladi. Talabaning mustaqil ish mavzusi bo’yicha to’plagan bali jami ballar yig’indisiga qo’shib hisoblanadi.