O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


Ta’lim jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni egallashlari lozim



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə168/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Ta’lim jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni egallashlari lozim:
1. Berilgan o‘quv topshirig‘ini echish uchun vositalar tanlash.
2. Topshiriqlani echish jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish.
3. O‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar sifatini baholash
4. O‘quv topshiriqlarini bajarilganligini tekshirish.
5. O‘z oldiga maqsad qo‘ya olish.
6. Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofiqligini ko‘ra olish.
O‘qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anaviy o‘qitish usuli-bunda o‘qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni Aniqlayd iva muammoni echib beradi. O‘quvchi esa masalani echish yo‘llarini eslab qoladi va uni echishni mashq qiladi. Bunda o‘quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.
Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qitishning muammoli usulida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi. O‘quvchi esa muammoni tushunadi.
Uni echish yo‘llarini qidiradi va uni echadi. Bunday hollarda o‘quvchi tafakkuining mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.
O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o‘qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1. O‘quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o‘quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni echish uchun sharoit izlashi kerak.
2. O‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma’lumotlarni berishdan qochish kerak.
3. O‘rganilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘lishi uchun ayni shu fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.
4. YAngi material qanchalar o‘quvchi tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u o‘quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi.
5. Haddan ziyod qiyin material o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar o‘quvchining kuchi etadigan darajada bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu yoki bilimning ahamiyatini ko‘rsatish. O‘quvchining o‘quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o‘yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo‘lavermaydi, shuning uchun o‘quvchilarda iroda, qat’iylik, mehnatsevarlik kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu xislatlar o‘quvchining kelgusida o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘z-o‘zini baholashga va mustaqil TA’LIM olishga asos bo‘lish kerak.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin