Ishontirish tarbiya metodi sifatida: O‘quvchilar ahloqini, duneqarashini shakllantirishda ishontirish asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Ishontirish asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Ishontirish orqali o‘qituvchi o‘quvchilarda har tomonlama kompleks tarbiyani amalga oshiradi. O‘qituvchi tomonidan, Prezidentimizning olib borayotgan tashqi va ichki siyosati-iqtisodiy rivojlanishining Respublikamizga xos tamoyillari, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yo‘llari tushuntirilganida o‘quvchilar, talabalar kelajakda respublikamiz hayotiga o‘zlarining shaxsiy ishtirokchiligini chuqur sezadilar va shunga yarasha bilim, ko‘nikmalarni egallashga harakat qiladilar.
Ijobiy shaxsiy namuna tarbiya metodi sifatida.Shaxsning rivojlanishida turli ta’sirlar, o‘quv jarayoni va boshqa vositalardan tashqarii tarbiyaning shaxsiy namunasi katta ahamiyatga ega. Bolalar balog‘at yoshiga еtib, mustaqil hayotni boshlagunlariga qadar ko‘pchilik sharoitlarda bilish, o‘rganish jarayonida asosan o‘quvchiga ota-ona, qo‘ni-qo‘shniga, doston, drama qahramonlariga taqlid qilishadi.
Mashq tarbiya metodi sifatida-yaxshi, ijobiy odatlarga o‘rgatishda ahloqiy ko‘nikmalarni hosil qilishda mashq metodining ahamiyati katta. Bunda o‘quvchi ma’lum bir faoliyat bo‘yicha biron-bir vaziyatda ayrim harakatlarni takroran bajaradi. Mashq harakatlarini takrorlash bo‘lib, ahloqiy ko‘nikma, malaka va odat hosil qilish maqsadida o‘quvchilarning maxsus uyushtirgan faoliyatida.
Rag‘batlantirish va jazolash tarbiya metodi sifatida.Intizomlilikni shakllantirishning klassik metodlaridan biri rag‘batlantirish va jazolash metodi hisoblanadi.
Tarbiyadagi rag‘batlantish va jazolash metodi o‘quvchilardagi ijobiy xislatlarini rivojlantirishdagi ularning ijobiy fazilatlarini takomillashtirishda vosita bo‘lmog‘i lozim. Rag‘batlantirishning yozma, og‘zaki yoki imo-ishoraviy shakllari qo‘llaniladi. Imo-ishoralar bilan boshni qimirlatib, tabassum va yuz-qo‘l harakatlari bilan ma’qullash, «barakalla», «ko‘p yasha», «rahmat», va hakozolar. Rag‘batlantirishning ya’na bir turi mukofotlashdilar.