O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə172/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

4. Tarbiya jarayonida jazolash ham katta ahamiyatga ega. Maktabda jazo choralari o‘qituvchilar va maktab ma’muriyatining og‘zaki tanbehi, sinf o‘quvchilarining o‘rtasida ogohlantirish, uy vazifasini bajartirish uchun darsdan keyin olib qolish choralari ko‘riladi.
Tarbiyachining, o‘qituvchining shaxsiy-namunasi o‘quvchilar shaxsini tarkib toptirishda muhim ahamiyatga ega.
Maqullash va qoralash, rag‘batlantirish hamda jazolash o‘quvchining hulq-atvorini boshqarish va tuzatishning haqiqiy vositasidir. Ma’qullash, rag‘batlantirish hatti-harakatlarning to‘g‘ri motivlari va formalarini mustahkamlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Qoralash, jazolash hatti-harakatlardagi salbiy qo‘zg‘alishlarni hamda noto‘g‘ri formalarni tormozlab turish vositasidir.
Aqliy tarbiya. Mustaqillik o‘quvchi shaxsining har tomonlama taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni vujudga keltiradi. O‘quvchilarni mustaqil Respublikamiz, Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash ishi dastlab fan asoslari bilan qurollantirish yo‘li bilan borishi lozim.
Estetik tarbiya. Estetik tarbiya dunyoni bilishga san’at asarlarini o‘rganish orqali olib boriladi. San’at asarlarida kishilik jamiyatining g‘oyaviy katta tajribasi aks ettirilgan. SHuning uchun eng yaxshi san’at asarlaridan foydalanib, bolalarni, obrazlar orqali, fikrlarsh yo‘li bilan voqelikni tushuniga o‘rgatish, ularning emotsiyasga ta’sir qilish, istiqlol g‘oyasi, mafkurasini amalga oshirish uchun bo‘layotgan aktiv kurashga ularni rag‘batlantirish zarur. estetik tarbiya bolalarni san’atning biror tarmog‘idagi turli ijodiy ishlarni boshqarishga jalb etib, ularning his-tuyg‘ularini boyitib, hayolini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Estetik tarbiya bolalarda tabiatdagi go‘zalliklardan lazzat ola bilish hamda mehnatni va kundalik maishiy turmushni, shu jumladan bo‘sh vaqtni yanada go‘zalroq o‘tkazish qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan.
Mehnat tarbiya. Mehnat kishining va kishilik jamiyatiningg eng zarur yashash shartidir. Mehnat va mehnat faoliyati bo‘lmaganda, odamning o‘zi ham bo‘lmagan bo‘lur edi, mehnat tarbiyasi vazifasiga kishini o‘z-o‘ziga xizmat qilishning birinchi ko‘nikmalari bolalikdan boshlanadi. Yuqorida qayd etilgan inson tarbiyasining tarkibiy qismlari darsda, darsdan tashqarii tadbirlarni amalga oshirish orqali bajariladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin