O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə180/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

8) Ijodiy xislatlari:
-pedagogik mahoratni takomillashtirishga intilishi;
-o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;
-o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
-avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
-o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelnig asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi;
-shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi;
-pedagogik mahorat va qobiliyati;
-xarakterining psixologik xususiyatlari;
-bilish faoliyati;
-o‘qituvchi shaxsinig bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog‘liq ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.
Pedagogik qobiliyatlar
Qobiliyat-bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni amalga oshirishidir.
Pedagogik qobiliyat-bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishinianiqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? quyida bu masalani ko‘rib chiqamiz.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar, murakkab va ko‘pqirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlarni (tarkibiy qismlar) ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Didaktik qobiliyatlar-bu bolalarga o‘quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib etkazib berish, bolalarga fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatlardir.
Didaktik qobiliyatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin o‘quv materialini osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq, tushunishi qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib o‘quvchilarga moslashtirib bera oladi. O‘qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o‘quvchilar odatda: «o‘qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq va tushunarli qilib berishida-da. Bunday o‘qituvchining qo‘lida mazza qilib o‘qiging keladi»; «Unisi esa hech narsaga yaramaydigan o‘qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «o‘quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o‘qituvchilarni yoqtirmaymiz»-deydilar.
Ko‘pchilik o‘qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o‘qituvchilarga, o‘quv materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.
Bunday o‘qituvchilar o‘quvchilarni emas, balki birinchi xolda o‘zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o‘quv materialini o‘ziga qarab tanlaydilar.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin