O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


O‘qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə177/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

2. O‘qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:
-o‘qituvchining o‘z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevish, ularni inslnparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tili, o‘z halqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g‘oyasida yashashidan ibratdir;
-ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;
-olijanobligi, aqli, farosati, ma’anaviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;
-o‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
-shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomonidan tabiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatiga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
-keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
-yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur biilimlarga ega bo‘lishi;
-o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasi bo‘ycha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
-ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
-bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;
-pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
-o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga to‘la javob bera oladigan bo‘lishiga intilishi shart.
O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda hamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha halq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, halq ta’limi bulimlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirilishini talab qilsalar maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. SHu bilan birga halq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda e’tibor bermaydilar, aktab direktorii esa bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin