Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1505), (Xuroson) "Futuvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati" asarida ustoz-shogird munosabatlariga keng to‘xtaladi. "Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi deb so‘rasalar, iroda ustiga deb javob bergin. Agar iroda nima deb so‘rasalar, samo va toatdir deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so‘rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qulog‘i bilan eshitish, chin ko‘ngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalga ado etishdir deb ayt.
U shogirlikning 8 ta odobini ko‘rsatadi: 1. Birinchi bo‘lib salom berish. 2. Ustozning oldida oz gapirish. 3. Boshni oldinga egib turish. 4. Ko‘zni har tomonga yugurtirmaslik. 5. Gap so‘ramoqchi bo‘lsa oldin ustozdan ijozat olish. b. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik. 7. Ustoz oldida boshqalarni g‘iybat qilmaslik. 8. O‘tirib turishda hurmat saqlash O‘qituvchining dars berish mahorati. Aqliy faoliyatni boshqarish. Mohir o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarni shakllantirish va doimo rivojlantirib borish uchun quyidagilarga amal qilishi muhimdir: 1. O‘quvchilarni bilishga intilishini, fanga umuman olganda aqliy mehnatga qiziqishlarini rivojlantirish o‘quv jarayonini shunday tashqil еtilishini ta’minlaydiki, unda o‘quvchi faol harakat qiladi, mustaqil izlanish va yangi omillarni "kashf etish"ga, muammoli vaziyatlarni o‘zi hal etishga intiladi.
2. O‘quv faoliyati boshqa faoliyatlar kabi faqat turlicha bo‘lgandagina, qiziqarli bo‘ladi. Bir xil usulda axborot berish va bir xil usuldagi harakatlar tez orada zerikishni vujudga keltiradi.
3. Fanga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda bu fanni va uning ayrim qismlarini o‘rganishning zarurligi, muhimligi va maqsadga muvofiqligini o‘quvchilarga anglatish juda zarurdir.
4. O‘tilayotgan material oldingi material bilan qanchalik ko‘proq bog‘lab tushuntirilsa, u o‘quvchilarga shunchalik qiziqarliroq tuyuladi. O‘quv materialini o‘quvchilarni qiziqtiradigan narsalar bilan bog‘lab tushuntirish ham, ularni darsga qiziqtirishda muhim rol o‘ynaydi.
5. O‘rtacha qiyinlikdagi o‘quv materiali ham o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otmaydi. O‘quv materiali bir oz qiyinroq, lekin o‘quvchilar kuchi etadigan bo‘lishi kerak.
6. O‘quvchilar bajargan ishlarni tez-tez tekshirish ham ularni fanga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi.
7. O‘quv materialining aniqligi, hissiyotga boyligi, o‘qituvchining zavqlanib gapirishi ham o‘quvchiga, uni fanga bo‘lgan qiziqishini ortishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.