Mashhur olim Abu Rayxon Beruniy (973-1048) o‘qituvchiga o‘quvchini zeriktirmaslikni, o‘tiladigan mavzuni qiziqarli va ko‘rgazmali holda bo‘lishi lozimligini maslahat beradi. Beruniy Hindiston asarida esa olimlar ilm aqllarini hurmat qilishga chaqiradi. Bo‘larni kishilar ayniqsa, hUkumdorlar hurmat qilsa, ularga o‘z o‘rnida baho bersa, ilmlar ko‘payadi, demak jamiyat iqbolli bo‘ladi, gullab yashnaydi.
Buyuk alloma Ibn Sino (980-1037) talabaga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchi ekanligini ta’kidlaydi. U o‘qituvchining qanday bo‘lish kerakligi haqida fikr yuritar ekan, ularga shunday yo‘l -yo‘riqlar beradi:
bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo‘lish;
berilayoggan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bera olish;
bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berilishi;
har bir so‘zning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bo‘lishiga erishishi lozim.
XI asrda yashab o‘tgan allomalardan biri Yusuf Xos Xojib (XI asr) ham o‘z ijodida ilm ahllarini ya’ni ustozlarni ulug‘laydi. "Qutadg‘u bilig" asarida ilm ahli ulug‘lanadi.
Ularni hurmatlashga kishilarni chaqiradi.
Tag‘in bir toifa donishmand, dono
Ular ilmi elga mash’al doimo.
E’zozla ularni to bor imkoning,
Bilimlaring o‘rgan toki bor joning.
Bo‘lardan haqiqat tayanch tirgagi,
Bilimli diyonat asos o‘zagi
Olimlar yuk esa edi dunyoda ,
Emish ham kelarmu edi bu dunyoda
Ular ilmi bo‘ldi xaloyiqqa nur,
Yorisa bu nurdan kishi yo‘l topur.