3) O‘z kasbiga xos xislatlari -milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;
-zamonaviy maktabda olib boriladigan o‘quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
-o‘qituvchining kuzatuvchanligi;
-o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi:
-pedagogik fantaziya (hayol) ning rivojlanishi;
-o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi;
-o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;
-pedagogik takt;
-nutqning emotsional ifodalanishi.
4) Shaxsiy-pedagogik uddaburonligi: -dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
-o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
- ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
-pedagogik vazifalarni shakllantirish va tabiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi:
-bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtirishni bilishi;
-o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
-o‘zining ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.
5) tashkilotchilik malakalari: -bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
-turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
-bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
-amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olishi.
6) kommunikativ malakalari: -bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;
-bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;
-bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o‘zaro munosabatlarni tartibga solishni bilishi;
-bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilishi.
7) Gnostik malakalar -bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
-o‘zining tajribasi va pedagogik natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
-boshqa o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;
-psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
-o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularning hulq-atvor sabbablarini tushuntirishni bilishi.